Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


ton Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Shuhrat Hakimdan


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
sherlar

ton Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Shuhrat Hakimdan 
sheʼriyat sirlarini oʻrganib kelmoqda. Ijod namunalari 
tuman va viloyat matbuotida chop etilgan.
BAHOR
Bahorning nafasi qalbimda bugun:
Yerlarda yam­yashil maysalar oʻsar.
Saharda yoʻl olsam adirlar tomon,
Alvon qizgʻaldoqlar yoʻlimni toʻsar.
Erta tong chogʻida mayin shabada
Yugurar goʻyoki maqtangan kabi.
Hatto ariqdagi zilol suvlar ham
Oqar toʻlqin­toʻlqin saflangan kabi.
Yaproqlar ustida oppoq shudringlar
Yaltirar marvarid munchoqday boʻlib.
Osmonni bulutlar qoplagan mahal
Yomgʻirlar quyilar jilgʻaga toʻlib.
Men bilan joʻr boʻlib kuylaydi qushlar:
Kelaqol, oʻn sakkiz bahorim mening!
Ufqda charaqlab chiqqanda quyosh,
Dilga quvonch solgan nahorim mening!

N
abiyeva Nigina 2009-yilda Sirdaryo viloyati 
Boyovut tumanida tavallud topgan. Hozirda tu-
mandagi 15-maktabning 8-sinf o‘quvchisi.
BAYROQ
O‘zbekiston bayrog‘i,
El­yurtning sharaf­shoni.
Faxrlanib hamisha,
Maqtagayman iqbolin.
Unda bordir to‘rt xil rang,
Ko‘rganda ko‘z quvnaydi.
Hilpirasa jahonda,
Bahr­u diling yayraydi.
HARBIYLAR
Vatan uchun borini,
Hatto aziz jonini.
Berishga ham tayyorlar,
Bular axir harbiylar.
Kunni kun demaydilar,
Tunni tun demaydilar.
Vatanimizni xuddi,
Onadek asraydilar.
Aziz Vatan tuprog’in
Aylar ko‘zga to‘tiyo.
Shuning uchun ularga.
Xavasda butun dunyo.


54
55
Q
urbonbekov Rustambek 2010- yilda Sirdaryo 
viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. 
Hozirda tumandagi 53-sonli maktabning 6-sinf o‘quv-
chisi.
QISHLOQ
Bir bor ekan bir yo‘q ekan. Qadim­qadim zamon-
da bir shaharda yashaydigan Shahnoza ismli qizaloq 
bo‘lgan ekan. U yozgi ta’til kunlari qishloqqa borishni 
yaxshi ko‘rar ekan. Mana nihoyat yozgi ta’til kuni kelib, 
Shahnoza qishloqqa bobosi va buvisinikiga boribdi. Bo-
bosi va buvisi Shahnozani ko‘rib juda xursand bo‘libdi. 
Shahnoza ertalab turib buvisi bilan gullarga suv quyar,-
bobosi bilan esa pishgan mevalarni terar ekan. Keyin bu-
visi bilan ikki soat dars ham qilar,bobosi bilan o‘qishni 
o‘rganar edi. Shahnoza qishloqdan ketkisi kelmas ekan. 
Shahnoza qishloqda zerikmas ekan. Yozgi ta’til ham tu-
gab, Shahnoza bobosi va buvisi bilan xayrlashib shahar 
tomon yo‘lga otlanibdi. U har doim yana yozgi ta’tilni in-
tizorlik bilan kutardi.
TELEFON
Sardor boboning o‘g’li Anvar chiroyli, aqilli, bilimli 
yig’it bo‘lib o‘sibti. U juda ham o‘qishga qiziqar ekan. Bir 
kuni Sardor amaki o‘g’liga telefon sovg’a qildi. Anvarning 
o‘rtog’i Omonboy buni ko‘rgach ota­onasiga telefon olib 
berishini aytibdi. Omonboyning ham ota­onasi telefon 
olib beribdi. Omonboy dars qilish o‘rniga telefon o‘ynar 
edi. Bora­bora ko‘zi xiralashibdi. Omonboyning ota­ona-
si uni shifoxonaga olib boribdi. Shifokor unga ko‘p tele-
fon o‘ynagani uchun ko‘zi xiralashganini va ko‘zoynak 
taqishini tavsiya qilibdi. Omonboy dars qilmay vaqtini 
telefon bilan o‘tkazganidan afsuslanibdi. Endi Omonboy 
hech qachon telefon o‘ynamas edi.

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling