61. Bir hakimdan: Qaysi taom eng xushbo‘y va lazzatli? deb so‘rabdilar


Download 27.52 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi27.52 Kb.
#1489372
Bog'liq
ona tili 61-90


61.Bir hakimdan:
– Qaysi taom eng xushbo‘y va lazzatli? – deb so‘rabdilar.
Qorin och paytda yeyilgan taom, – debdi hakim.
Ajratib ko’rsatilgan gap (hakim nutqi) haqida to’g’ri hukmni aniqlang.
A) Ushbu to’liqsiz gap tarkibidagi sifatlovchi aniqlovchi tushirib qoldirilgan.
B) Ushbu to’liqsiz gap tarkibidagi kesim tushirib qoldirilgan.
C) Ushbu gap to’liq gap sanaladi, chunki mazmun matnga to’la mos kelgan.
D) Ushbu to’liqsiz gap tarkibidagi ega va kesim ifodalanmagan.

62. Qaysi gapda qo’shimcha qo’llanishi bilan bog’liq xatolik mavjud?


A) Agar ularning orasida bu tillarni biladigan odam bo‘lganda, bir so‘z bilan nizoga chek qo‘yishi mumkin edi.
B) Shu tariqa to‘rt yo‘lovchi bir-birini tushunmay, janjallashib qoladilar.
C) Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarining qanday ko‘rishni istasa, avvalo, uning o‘zi o‘shanday bo‘lmog‘i lozim.
D) Bir odam tovusning tumshug‘i bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni yulayotganini ko‘rib qoldi.

63. Shamollarga bitib sho‘x kuy


Taklif etdim bog‘imga.
Chamanlardan ular xushbo‘y
Sepishdi dimog‘imga.
Berilgan she’riy parcha muallifiga mansub doston nomini ko’rsating.
A) «Orzu vа qаsos»
B) «Yangroq hayot»
C) «Yashil qishloq»
D) «Mardlik cho’qqisi

64. Zamondoshlarining eslashlaricha, qo’shiqni o’rniga qo’yin kuylagan, ko’plab milliy va Ovro’pa musiqa asboblarini mahorat bilan chala olgan, o’zi yozgan qator pyessalarga rejessorlik qilgan, ularga asosiy rollarni o’ynagan ijodkor kim?


A) Avloniy B) Nihon
C) Behbudiy D) Fitrat

65. Saida Zunnunovaning oila va muhabbat mavzusida yozilgan nasriy asarlari sirasiga kirmaydigan qatorni aniqlang.


A) «Gullar vodiysi», «Sodiq va Anor»
B) «Ko‘chalar charog‘on», «Gulbahor»
C) «Bo‘ylaringdan o‘rgulay», «Do‘stlik»
D) «Povest va hikoyalar», «Gulxan»

66. Hayotda shunday ajoyib odamlar bo‘ladiki, mansabga yoki shon-shuhratga ishtiyoq hech qachon ularga g‘ov bo‘la olmaydi.


Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo’laklari haqidagi qaysi ma’lumot to’g’ri?
A) olmoshlar bir xil gap bo’lagi vazifasida kelgan
B) to’ldiruvchilar faqat kesimga tobelangan
C) yasama so’z bilan ifodalangan kesim qatnashgan
D) juft so’z kesimga vazifasidagi so’z bilan boshqaruvli so’z birikma hosil qilgan

67. Qaysi javobda otlashgan so’z bilan ifodalangan uyushiq bo’lak ishtirok etgan?


A) Olimning barcha bayon etayotgan fikrlari ehtimollar nazariyasiga asoslangan edi.
B) Yashash uchun kurashadiganlarni emas, balki iymon uchun kurashadiganlarni do‘st tut.
C) Endi biroz to‘xtab dam olaylik, chamasi, yana ikki kun yuramiz, suv va oziq-ovqat ham oz qoldi.
D) Haligi kishining sovuq qarashlaridan, norozi aftidan, keskin gapirishidan shubhada ekanligi sezilib turardi.

68. Shuni bilginki, ustozingdan eshitmagan o‘gitlarni kitobdan bilib olishing mumkin.


Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) Ushbu gapda fe’lli so‘z birikmasi mavjud.
B) Ushbu gapda otli so‘z birikmasi mavjud.
C) Ushbu gapda uchta so’z birikmasida kesim hokim qism vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapda uchta so’z ham hokim, ham tobe so’z vazifasini bajara olgan.

69. Qaysi javobda qaralmishning qaralmishga tobelanishi kuzatiladi?


A) So‘zdan qudratliroq narsa yo‘q. U insonlarning dunyoqarashini o‘zgartira oladi.
B) Kitoblar keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni paytda yoshlikning eng aziz rahnamosidir.
C) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir.
D) So‘z − inson qudratining qo‘mondoni, u− hayotning buyuk quroli.

70. Haqiqat tikanli gulga o'xshaydi, u hidlashni bilmaganlarning burniga sanchiladi. Joning azoblanishini xohlamasang, haqiqatni tan olishni o’rgan.


Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Ushbu parchada qatnashgan tub fe’llar ikki xil nisbat shaklida qo‘llangan.
B) Ushbu parchada harakat nomi shaklida kelgan tub fe’l qatnashgan.
C) Ushbu parchada birgalik nisbatdagi tub fe’l qatnashgan.
D) Ushbu parchada qatnashgan tub fe’llar bir xil bo‘lak vazifasini bajargan.

71. Quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan chaqmoq so‘zi haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping.


1. Yaxshi emas danakni tishda chaqmoq.
2. Gap chaqmoq- eng og’ir gunoh.
3. Bu gapning mag’zini chaqmoq uchun hali yoshlik qilasiz.
4. Birovni gap bilan chaqmoq - uning eng sevimli ishi edi.
A) 1-, 2- va 3-gaplardagi chaqmoq so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli so‘zlar sanaladi va ushbu so‘z gapdagi chaqmoq so‘ziga nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi.
B) Ushbu gaplarda qatnashgan chaqmoq so‘zlarining barchasi o‘zaro shakldosh so‘zlar sanaladi.
C) Har to’rtala gapdagi chaqmoq so‘zi bir so‘zning turli ma’nolarda qo‘llanilishidir.
D) 1- va 3-gapdagi chaqmoq so‘zlari o‘zaro ko‘p ma’noli so‘zlar sanaladi va ushbu so‘zlar 2- va 4-gapdagi chaqmoq so‘ziga nisbatan shakldoshlik hosil qila oladi.

72. Qaysi gapdagi aniqlovchining asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladi?


A) Kaftday kichkina hovlining bir chekkasidan o‘tgan anhor bo‘yidagi tolzor uning sevimli maskani edi.
B) Bog‘bon yosh nihollarni avaylab parvarish qilar va ularning rivojlanishini sinchiklab kuzatar edi.
C) Yozgi ta’tilda men badiiy kitoblar o‘qishni rejalashtirganman.
D) Birov suv topolmaydi ichgani, birov kechik topolmaydi kechgani.

73. Qaysi gaplar juftligida berilgan –siz qo’shimchasi bir o’rinda ismning va bir o’rinda fe’lning munosabat shakli sifatida qo’llangan?


A) Hozir mana bu rasmni chizasiz, o‘g‘lim, keyin ikkovlashib kamchiligini to‘ldiramiz. “Siz ham menga juda yoqasiz”, − dedi unga.
B) Ikkingiz turmush qurasiz, keyin shu yerda yashaysiz. Hali boshqa odamlar bilan ham do‘stlashasiz, aziz bolalar.
C) Siz bu bolaga yetti yot begonasiz, ammo u sizni o‘z otasiday ko‘rar ekan. "Endi menga ruxsat
berasiz, hali ishlarim ko‘p", − dedi auditoriyaga qarab.
D) Kech bo‘lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar,endi ketasiz. Hamma yig‘ilsin, biz bilan birga jo‘naysiz.

74. Qaysi gapda aniq nisbatdagi va o‘zlik nisbatdagi fe’llar qatnashgan?


A) Hovliga suvlar sepilgan, xontaxta atrofiga duxoba ko‘rpachalar to‘shalgan.
B) Ular yana besh qadam bosishgach, o‘ra labiga kelishdi.
C) Qor qalin yog‘ayotgani uchun atrof zo‘rg‘a ko‘rinar edi.
D) Ular yashikdagi shaftolining ezilganlarini ajratib bolalarga berishdi.

75. Qaysi gapda vositali to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan vositasiz to‘ldiruvchi qatnashgan?


A) Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi.
B) Yaxshi insonni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
C) Ey farzand, hamisha fozillar bilan hamsuhbat bo‘lishni o‘zingga odat qil.
D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir.

76. Qaysi gapda uyushiq bo’laklarni bog’lagan ayiruv bog‘lovchisi voqealarning galma-gal sodir bo’lganini ifodalash uchun xizmat qilgan?


A) Ba’zan qurbaqalarning qurullashi quloqqa chalinadi, ba’zan itlarning vovullashi eshitiladi.
B) Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo o‘zini bilmaganlikka soladi.
C) Men kuyladim goh dilda kadar,Goh sevinib she’r to‘qiyman men.
D) Dasturxon ustida dam o‘zbek laparlari, dam hind qo‘shiqlari ijro qilinardi.

77. O‘g‘lim, ko‘ngil buyurgan ishdan zaruri bo‘lmaydi, ko‘ngilga quloq tuting.


Ushbu gapdagi buyurgan so‘zi qaysi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan shakldoshlik hosil qila
olmaydi?
1. Men hazrati oliylari buyurgan madrasa tarhini chizish bilan bandmen.
2. Dangasa odam buyurgan nasibasidan ham quruq qoladi.
3. Ba’zan yugurganing befoyda, buyurgan bo‘lsa, erishasan.
4. Tortinmang, olavering, shularning hammasi sizga buyurgan ekan.
A) 1, 3 B) 1, 4 C) faqat 1 D) 2, 3, 4

78. Qaysi javobda faqat bir o’rinda hol qatnashgan?


A) Har qanday tuhmat, albatta, qachondir fosh bo‘ladi, ammo u fosh bo‘lgunicha bir nechta insonning yostig‘ini quritishi mumkin.
B) Bola bekorchiligi tufayli bemaza ishlarga o‘rganib qolishi mumkin, farzandingizning tarbiyasiga e’tiborli bo‘ling, uning bo‘sh vaqtini nazorat qiling.
C) Qishloqda azonlab ko‘chaga chiqsang, dala tomon shoshayotgan yoki allaqachon ishini boshlab yuborgan odamlarni ko‘rasan.
D) Ba’zan odamlarning nojo‘ya qilmishi uchun xafa bo‘lasiz, ammo sizdan ham xuddi shunday xafa bo‘lib yashayotganlar borligini unutmang

79. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” tragediyasidan olingan qaysi parchada asarning bosh g‘oyasi, muallifning asosiy badiiy maqsadi, aytmoqchi bo‘lgan fikri ifoda etilgan?


A) “Hamma zamonlardayam inson aql-zakovatining mahsuli – buyuk kashfiyotlar − sizga o‘xshagan johillar tufayli barbod bo‘lgan! Siz taraqqiyotning dushmanisiz!”
B) “Siz, Qo‘chqor aka, olimlarni ja yerga uravermang. Biz ham bir nimalar qilib yurgandirmiz. Mana, men yetti yil umrimni ana shu robotga bag‘ishladim. Yetti yil-a!, Nihoyat, Qo‘chqor aka, birinchi tajriba nusxasi tayyor bo‘ldi”.
C) “Tavba. . . Alomatni men o‘ldirgan emishman, . . .Xo‘sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q,. . . Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini qildi, xolos. . . ”
D) “Asosiy maqsad nima? Ana shu maqsaddan kelib chiqish kerak. Mashina qanaqa shaklda bo‘ladi – buning ahamiyati yo‘q. Muhimi, yaxshi tersin”.

80. Muhammad Rizo Ogahiy qalamiga mansub ushbu parcha haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.


A) Ikkinchi baytda yor timsoli orqali shohlarga xos xususiyatlar aks ettirilgan bo‘lib, shohning adolati quyosh nuriga qiyoslangan.
B) Birinchi baytda oshiqning Farhod singari Besutun tog‘iga borish istagida ekanligi ifodalangan.
C) Ikkinchi baytda "Inson yaxshi bo‘lsa, ishqqa mubtalo bo‘ladi, yomon bo‘lsa, ishq unga ravo ko‘rilmaydi" degan kr ifodalangan.
D) Birinchi baytda “Boshimga g‘am tushmasin desang, Farhod kabi Besutun tog‘iga borgin” degan mazmun ifodalangan.

81. Odil Yoqubov qalamiga mansub “Ulug‘bek xazinasi” romanida shahzoda Abdulatifning farmoniga muvofiq Ali Qushchining zindonga tashlanganligi bayon qilingan. Mavlono Ali Qushchining zindonga tashlanishi sababi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.


A) Ali Qushchi amaldorlar bilan til biriktirib, fitna uyushtirganlikda ayblanib zindonga tashlanadi.
B) Mavlono Ali Qushchi ustozi Ulug‘bek singari yulduzlarga qarab rom ochish gunohida ayblanib zindonga tashlanadi.
C) Ali Qushchi Mirzo Ulug‘bek unga ishonib qoldirgan nodir kitoblar, oltin-u javohirlarni
topib berish talabi bilan zindonga tashlanadi.
D) Ali Qushchi Nizomiddin Xomush bilan bo‘lgan suhbatda qilgan odobsizligi sabab zindonga
tashlanadi.

82. Uilyam Shekspir qalamiga mansub “Hamlet” fojiasi voqealari qaysi javobda xato berilgan?


A) Gertruda o‘g‘li Hamletni otasining ayanchli o‘limi uchun xiyonatkor amakisi Klavdiydan qasos
olishga da’vat etadi.
B) Hamlet onasining xonasida gilam ortida bekinib turgan Poloniyni o‘ldirib qo‘yadi.
C) Poloniyning o‘g‘li Laert Hamletni duelga chaqiradi va sal yaralansa ham, o‘lishi uchun qilichini zaharlab qo‘yadi.
D) Klavdiy tug‘ishgan akasi −qonuniy qirolni xiyonatkorlarcha o‘ldiradi va mamlakat taxtini egallaydi.

83. "...uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag‘ir ko‘zlik, chuvoq soqol, o‘ttuz besh yoshlarda bo‘lg‘an ko‘rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshig‘ina davlatmand bo‘lsa ham, lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo‘lmay, «... xotinboz» deb shuhratlangan, kishilar (uning) orqasidan


so‘zlashkanda uning otig‘a taqilg‘an laqabni qo‘shib aytmasalar..." U Ziyo shohichining qaynisi, Rahmatning tog‘asi edi.
Ushbu parchada "O‘tkan kunlar" romanidagi qaysi qahramon ta’riflangan?
A) Homidboy B) Usta Alim
C) Akram Xoji D) Mirzakarim qutidor

84. “Ravshan” dostoni haqida berilgan ma’lumotni aniqlang.


A) Ushbu doston qahramoni o‘lib ketgan olti o‘g‘li o‘tida kuyib yurgan kampirga o‘g‘il tutinadi.
B) Ushbu dostonda Qosim ismli yosh, insofli, diyonatli yigit ishtirok etadi. U bosh qahramonning omon qolishi uchun astoydil harakat qiladi.
C) Ushbu dostonda tasvirlanishicha, ota va o‘g‘il bir kuni saxiylik va baxillik haqida suhbatlashadi.
D) Dostonda Buvraxon degan podshoh va uning ikki vaziri qatnashadi. Vazirlarining biri Shoir vazir, ikkinchisi Tohir vazir edi

85. Turob To‘laning fashizmga nafrat, tinch va osoyishta hayotni qo‘msash, urushga ketgan farzandlarini sog‘inish hislari badiiy ifoda etilgan to‘plamlarini toping.


A) «Oftob nayzada», «Qanotlan, qo‘shiqlarim»
B) «Oftob nayzada», «Oromijon»
C) «Shodligim», «Qanotlan, qo‘shiqlarim»
D) «Shodligim», «Tabassum»

86. «Saddi Iskandariy» dostonida «Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»gi hikoyatda «xoh qish va xoh bahorda bo‘lsin, bir lahza umrini maysiz, musiqasiz» o‘tkazmaydigan yigitga maslahat bergan dili pok inson unga kim bo‘lar edi?


A) amakisi B) otasi C) akasi D) qo‘shnisi

SHARAFLI BURCH


Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog‘ sayridan qaytib kelayotgan edi Yo‘l qabriston oralab o‘tar ekan. Qabristonga yuz qadamlar qolganda mavlono otdan tushib, boshini quyi solib yo‘lida davom etibdi. Mulozimlari ham otlaridan tushib, uning ortidan
ergashibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib,
yo‘lda davom etishibdi. Biroz yurishgandan so‘ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini so‘rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday
deb javob beribdi: – Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki shuni ham bilmasalaring? Buni bilmaslik – tiriklikdagi o‘liklik. Ota-bobolarimiz xokini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir. Mulozimlar otasi oldida ayb ish qilib qo‘ygan boladek to Hirotning qorasi ko‘ringuncha tillarini tishlab, aqlini peshlab boribdilar. (Qudrat Hikmat)

87. Matndan olingan qaysi gap tarkibida uyushish munosabati mavjud emas?


A) Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi.
B) Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar
C) Bular yonidan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki shuni ham bilmasalaring?
D) Ota-bobolarimiz xokini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir.

88. Quyidagi gap matn mazmuniga mos davom ettirilgan qatorni aniqlang.


Alisher Navoiy qabriston yonidan...
A) mulozimlarini sinab ko’rish uchun otidan tushib o’tdi
B) yo’l buzuqligi sababli otidan tushib o’tdi
C) insonlik sha’niga isnod keltirgan mulozimlarga tanbeh berish uchun otidan tushib o’tdi
D) qabrda yotgan kishilar hurmati uchun otidan tushib o’tdi

89. Mo‘ysafidlar «to‘rt muchang butun bo‘lsin», deb duo qilurlar. … har biringiz


oilamizning aziz bir muchasidirsiz. Istaymenki, bu mushkul vaziyatda hamma muchalarimiz butun bo‘lsin, bir-birlariga mehru shafqat ko‘rsatsin. Ilik (qo’l) o‘z o‘rnida aziz. Ko‘z o‘z o‘rnida mo‘tabar. Agar ko‘z bilan ilik bir-biriga nizo qilsa, bundan har ikkisi jabr ko’rur.
Mazkur jumla qaysi asardan keltirilgan?
A) «Ulug’bek xazinasi»
B) «O’tkan kunlar»
C) «Sohibqiron»
D) «Yulduzli tunlar»

90. Kemasi daryoda g’arq bo’lib, yakka o’zi omon qolgan va odat bo’yicha qirg’oqdagi bir shaharga podshoh bo’lib, bir yildan so’ng surgun qilinadigan orolini


obod qilgan musofir hikoyati ijodkoriga tegishli bo’lgan ma’lumotni toping.
A) U tarjima bilan shug‘ullanadi. Xoja Ahrorning «Volidiya» asarini she’riy yo‘l bilan o‘zbekchaga
o‘giradi.
B) Asarlaridan birida obid kishining nasihatini ilmagan, yoshligini behuda may-u o’yin kulgiga
sarflab yuborib, so’ngra pushaymon bo’lgan yigit hikoyatini keltiradi.
C) “Kechadur” radifli g’azalini Zahiriddin Muhammad Boburga yuborgan va uning
maqtoviga erishgan ijodkor.
D) Asarlaridan birida dindan gapirib turib, tahoratning farz-vojibini bilmaydigan, o’zini
Ibrohim alayhissalom, Nuh alayhissalom va Yassaviy as’hoblaridan deya yolg’on to’qiydigan
po’stindo’z obrazi bor.
Download 27.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling