R
ustamova Bibisora 2009-yilda Sirdaryo viloya-
ti Boyovut tumanida tavallud topgan. Hozirda
tumandagi 15-maktabning 8-sinf o‘quvchisi.
O‘ZBEKISTONIM
Mustaqil, totuv diyor,
Chiroylisan, go‘zalsan.
Har sohada sen ilg’or,
Barcha yurtdan o‘zarsan.
Yuragimdan joy olgan,
Asli sening o‘zingsan.
Ishonch bilan aytaman,
Sening baxtli qizingman.
TABIAT
Quvnatadi ko‘zimni,
Yashil, go‘zal tabiat.
Ilhom berar qalbimga,
Tug’ilar ezgu niyat.
Yuragim baxtga to‘lib,
Yoziladi bunda she’r.
Udir mening ilhomim,
Yozaver, to‘xtama der.
E
shonqulov Ilhom Baxtiyor oʻgʻli - 1988-yilda
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida taval-
lud topgan. Ayni paytda Guliston davlat universite-
tining oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil olish bilan
birga, Boyovut tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida
pedagogik faoliyatini olib bormoqda.
UMR YOʻLLARI
Umrim mening yoʻllarda oʻtar,
Shoshilaman qaygadir mudom.
Goh boraman ulovda tezkor,
Goh xotirjam tashlayman qadam.
Chorrahada svetofor sergak:
Qizil chiroq yonadi nogoh!
Navbat bilan beradi imkon,
Baʼzan xavfdan etadi ogoh.
Yoʻlga oʻxshar hayot oʻzi ham,
Faqat unda yoʻlchiroq yoʻqdir.
Hech kim ogoh etmas oldindan
Ne sinovga yoʻllaydi taqdir?!
Peshonamga nelar yozganin
Hech bir chiroq berolmas aytib:
Baxt keladi kuttirib uzoq,
Gʻam keladi kutmagan paytim...
52
53
A
vazbekova Rayhona Oybek qizi 2006-yilda
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tugʻil-
gan. Hozirda tumandagi 14-umumtaʼlim maktabining
10-sinfida tahsil olish bilan birga, ustozi Oʻzbekis-
Do'stlaringiz bilan baham: |