Nazariy asoslari


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1445442
1   2
Bog'liq
133-134 (2)

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-24, Issue-3, December - 2022
 
134 
uyg’unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullari; zamonaviy dizayn talablari bilan 
uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash ish usullariga oid 
bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Elektrotexnika ishlari: o’quvchilar 
elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish; elektr o’tkazish simlarining turlari; 
elektr o’tkazgichlarni montaj qilish izolyasiyalash ishlari; elektr asboblari; maishiy 
elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog’ligiga 
ta’siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj 
ishlarini bajarish ish o’rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar 
turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish 
usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan 
ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron 
uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish, asboblarni elektr 
montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash hamda shu sohaga oid kasb-hunarlar 
bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Amaliy malaka va 
ko‘nikmalar bilan qurollantirish - amaliy mashg‘ulot turlarini o‘rgatish ham demakdir. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bajarishi kerak bo‘ladigan amaliy ish turlari xilma-
xildir, biroq texnologiya malaka va ko‘nikmalarini egallamasdanoq amaliy ish 
jarayonidagi materiallarni o‘lchab olish va belgilash, ularni qirqib, ishlov berish, 
qismlarni yelimlash, tikish, o‘rash va bog‘lash kabi yo‘llar bilan birlashtirish va 
mustahkamlash, detallarni yig‘ish va buyumni mantaj qilish va buyumni bezash 
ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi. O‘quvchilardagi texnologiyaga 
bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida aniqlash va ularga texnologiya malakalarini sevgan 
mashg‘ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir. Bunda 
o‘quvchilarning e’tiboriga eng oddiy buyum o‘yinchoqlarni, o‘yinlarni, o‘quv 
qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applikatsiya ishlari havola 
etiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarda texnologiyaga qiziqishni uyg‘otish, texnologiya 
darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko‘nikma va 
malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo‘llar” to‘garaklarida, sinfdan tashqari 
ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni mehnatga tayyorlash 
jarayonida kasb-hunarga yo’naltirishni yanada kuchaytirish, ularni badiiy mehnat 
yo’nalishlari, uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash, zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, 
metall va metalmas hamda gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik, xalq 
hunarmandchiligi asoslari, ro’zg’orshunoslik, elektrotexnika ishlar, kasb-hunarga
yo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash ko’zda tutilgan. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Z.D.Rasulova, Sh.H.Quliyeva, A.R.Jo‘rayev. Texnologiya fanini o‘qitish 
metodikasi. T-2020. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling