Nazariy asoslari
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq133-134 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-24, Issue-3, December - 2022 134 uyg’unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullari; zamonaviy dizayn talablari bilan uyg’unlashtirilgan xalq hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash ish usullariga oid bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Elektrotexnika ishlari: o’quvchilar elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil qilish; elektr o’tkazish simlarining turlari; elektr o’tkazgichlarni montaj qilish izolyasiyalash ishlari; elektr asboblari; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog’ligiga ta’siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o’rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash hamda shu sohaga oid kasb-hunarlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Amaliy malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish - amaliy mashg‘ulot turlarini o‘rgatish ham demakdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bajarishi kerak bo‘ladigan amaliy ish turlari xilma- xildir, biroq texnologiya malaka va ko‘nikmalarini egallamasdanoq amaliy ish jarayonidagi materiallarni o‘lchab olish va belgilash, ularni qirqib, ishlov berish, qismlarni yelimlash, tikish, o‘rash va bog‘lash kabi yo‘llar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig‘ish va buyumni mantaj qilish va buyumni bezash ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi. O‘quvchilardagi texnologiyaga bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida aniqlash va ularga texnologiya malakalarini sevgan mashg‘ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir. Bunda o‘quvchilarning e’tiboriga eng oddiy buyum o‘yinchoqlarni, o‘yinlarni, o‘quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applikatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarda texnologiyaga qiziqishni uyg‘otish, texnologiya darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo‘llar” to‘garaklarida, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yo’naltirishni yanada kuchaytirish, ularni badiiy mehnat yo’nalishlari, uy-ro’zg’or buyumlarini ta’mirlash, zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, metall va metalmas hamda gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro’zg’orshunoslik, elektrotexnika ishlar, kasb-hunarga yo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni egallash ko’zda tutilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Z.D.Rasulova, Sh.H.Quliyeva, A.R.Jo‘rayev. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi. T-2020. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling