Nazariy dars rejasi №1
Download 320.68 Kb.
|
2-kurs 1-mavzu
Xalqaro ahvolning
Qayta keskinlashuvi Tabiiyki, bunday sharoitda xalqaro keskinlikning yumshashi bundan keyin xam davom etishi mumkin emas edi. Ikkinchidan SSSR 70 yillarda o’z tashqi siyosatida katta muaffaqiyatlarga erishdi. Ularning eng asosiysi SSSRning SHarqiy Yevropadagi mavqeyini G’arbga tan oldirish bo’ldi. Bu xol, shubxasiz, SSSRning o’ziga bo’lgan ishonchini yana mustaxkamladi. endi SSSR xalqaro miqiyosida, Xelsinki Yakuniy akti talablari ruxiga zid ravishda xarakat qila boshladi. CHunonchi, 70 yillarning ikkinchi yarmida o’z ittifoqchilari bo’lgan SHarqiy Yevropani ba’zi davlatlari xududida o’rtacha olislikka uchadigan yangi tipdagi (SS-20) raketalarini joylashtirdi. (Bu raketalarning xar biri bir vaqtda yadro bombasini mo’ljalga yetkazish imkoniga ega bo’lgan.) Bundan maqsad-G’arbiy Yevropa davlatlariga tazyiq o’tkazish edi. SSSRning bu qadamini G’arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSH keskin qoraladi. 1979 yilning dekabr oyida NATO bu davlatlardan raketalarini olib chiqib ketishni SSSRdan talab qildi. Ayni paytda, Bu talab bajarilmasa, 1983 yilda G’arbiy Yevropaning 5 davlati (Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya, Gollandiya va Italiya) xududiga AQSHning o’rtacha olislikka uchadigan raketalari joylashtirilishini xam ma’lum qildi. SHu tariqa o’rtacha olislikka uchadigan raketalar xususida keskin kurash boshlandi. Bu oxir oqibatda Yevropada keskinlikning yumshashi jaryonini barbod qildi 1979 yilning dekabr oyida Afg’onistonga SSSR armiyasining kiritilishi xalqaro keskinlikni yanada kuchaytirib yubordi. SSSR armiyasi kiritilgach, Afg’onistonda fuqarolar urushi yangi pallaga kirdi. BMT Bosh Assambleyasi SSSRdan Afg’onistondagi armiyasini olib chiqib ketishini talab qildi. 1980 yilgi Moskva yozgi Olimpiada o’yinlarini ko’p davlatlar boykot qildilar. AQSH Senati SQCH-2 shartnomasini tasdiqlashni rad etdi. SSSRga g’alla sotishni to’xtatdi. AQSH keskinlikni yumshatish siyosatidan voz kechdi va qayta qurollanishni avj oldirdi. 1983 yilda AQSH prezidenti R. Reygan «Strategik mudofaa tashabbusi» rejasini ma’lum qildi. Bu reja raketaga qarshi qurolni qisman kosmosga joylashtirishni nazarda tutar edi. Bu reja amalga oshsa, raketadan mudofaaning mavjud tizimi butunlay yaroqsiz xolatga kelar edi. Bundan tashqari, 1983 yildan boshlab AQSH Yevropa davlatlari xududiga o’z raketalarini joylashtirishni boshladi. Bu xol SSSRning strategik axvolini nixoyatda murakkablashtirdi. CHunki AQSHning bu raketalari SSSR xududini nishonga olar edi. SSSRning SHarqiy Yevropa davlatlari xududiga joylashtirgan raketalari esa AQSH xududiga yetib bora olmas edi. SSSRning xalqaro obro’siga katta putur yetdi. 1979 yildan boshlab Yaqin SHarqda tashabbusni AQSH o’z qo’liga oldi. endi Yaqin SHarq muammosini SSSRning ishtirokisiz xal etishga kirishildi.
Download 320.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling