Nazariy dars rejasi №1


Download 320.68 Kb.
bet17/22
Sana05.01.2022
Hajmi320.68 Kb.
#230348
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2-kurs 1-mavzu

Afg`oniston muammosi

Pokiston va Saudiya Arabistoni tolibonlar xokimiyatini tan oldilar va unga keng ko’lamli yordam ko’rsatdilar.

Afg’onistondagi xolat nafaqat bu davlat, balki uning qo’shnilari, qolaversa, jaxon xamjamiyatining muammosiga aylandi. Afg’oniston xududi ayni paytda narkotik moddalar va qurol-yarog’ kontrabandasi, diniy ekstre­mizm va fanatizm, terrorchilik o’lkasi bo’lib qoldi. Binobarin, Afg’oniston muammosi yalpi xavfsizlikka xam jiddiy taxdid solayotgan muammoga aylandi.

O’zbekiston Respublikasi Afg’oniston muammosini xal etishga doir qator takliflarni ilgari surdi. O’zekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov 1993 yildayoq BMT e’tiborini Afg’oniston muammosiga qaratar edi, birinchi navbatda, muxolif kuchlarga qurol sotilishini taqiqlab qo’yishni taklif etgandi.

SHuningdek, muxolifat kuchlari buyuk davlatlar va chegaradosh davlat­lar ishtirokida Afg’oniston muammosini xal etishga qaratilgan xalqaro uchrashuv o’tkazishni taklif etdi. Bunday uchrashuv 1998 yilda Toshkentda o’tkazildi. U tarixga «6+2» guruxi uchrashuvi (Eron, Pokiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston, shuningdek, AQSH va Rossiya) nomi bilan kirdi. Uchrashuvda Afg’oniston muxolifat kuchlari vakillari xam ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Afg’oniston muammosi bo’yicha Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu xujjat «6+2» guruxiga a’zo davlatlar xamda Afg’onistonda nizolashayotgan ichki kuchlar uchun tinchlikka eltuvchi xartiya vazifasini o’tashi mumkin edi. Biroq ichki muxolifat o’rtasidagi nixoyatda keskin ziddiyat Toshkent Deklaratsiyasini amalga oshirishga imkon bermadi. 2001 yil 11 sentabrda AQSHda bo’lib o’tgan terrorchilik xarakatidan keyin Afg’onistonga AQSH boshchiligida xujum boshlandi va tolibonlar ag’darib tashlanib, Muxammad Karzay bosh­chiligida yangi dunyoviy xukumat tuzildi.

To’g’ri, Afg’oniston muammosi tezda xal etiladiganlardan emas. CHunki bu 20 yildan ortiq davr mobaynida to’plangan muammodir.

O’zbekiston 1992 yilning fevral oyida dunyoda tinchlikni mustaxkamlashni xamda inson xuquqlarini ximoya qilinishiga katta xissa qo’shayotgan nufuzli Xalqaro tashkilot-Evropada Xavfsizlik va Xamkorlik tashkiloti (EXXT) ga, 1992 yilning 2 martida esa BMT a’zoligiga qabul qilindi. Bu tarixiy voqea O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida xalqaro xamjamiyatdan munosib o’rin olishida katta axamiyatga ega bo’ldi. 1993 yilning sentyabr oyida bo’lib o’tgan BMTning 48-sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Prezi­denti I. A. Karimov birinchi bor ishtirok etdi. U o’z ma’ruzasi bilan O’zbekistonni yana bir bor dunyoga tanitdi.


Download 320.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling