Nazariy dars rejasi №1


Download 320.68 Kb.
bet18/22
Sana05.01.2022
Hajmi320.68 Kb.
#230348
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2-kurs 1-mavzu

O`zbekiston xalqaro

munosabatlarda

O’zbekiston tez orada jaxondagi 105 davlat a’zo bo’lgan Qo’shilmaslik xarakatiga qabul qilindi. I. A. Karimov 1995 yilda BMTning 50 yillishi munosabati bilan uning yubiley sessiyasida ishtirok etdi va nutq so’zladi. Prezident o’z nutqida davlat arboblari va siyosatchilari diqqatini milliy xavfsizlik masalasini xozirgi kun talab va extiyojlari nuqtayi nazaridan qayta ko’rib chiqishga da’vat etdi. O’z fikrini BMT Xavfsizlik Kengashi 187 davlatning tashvishlarini, muammolari va taqdirini xal etishga qodir bo’lma­yotgani, uning dunyo barcha muammolarini qamrab ololmayotgani faktlari bilan asosladi. SHuning uchun xam Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari sonini va uning faoliyat maydonini kengaytirish lozimligini, shuningdek, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy saloxiyati va xalqaro obro’-e’tibori yuqori bo’lgan Yaponiya va GFR ni BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zoligiga qabul qilishni taklif etdi.

Ayni paytda I. A. Karimov BMT Bosh kotibining vakolatlarini kengay­tirish masalasini xam ko’tarib chiqdi. Ma’lumki, BMT qanchalik nufuzli tashkilot bo’lmasin, u yer yuzi axolisi butun tashvishini nazorat qila olmaydi. SHuni nazarda tutgan xolda I. A. Karimov dunyodagi qator mamlakatlararo va mintaqalararo xalqaro tashkilotlar xam BMT doi­rasiga kiritishni taklif etdi. SHunday qilinsa, xalqaro tashkilotlar yangi tizimi vujudga kelgan va ular yordamida xalqaro muammolar samaraliroq xal etilishiga yo’l ochil­gan bo’lar edi.

1993 yil yanvarda Toshkentda besh davlat ishtirokida «Markaziy Osiyo Xamdo’stligi» tashkil etildi. Mart oyida esa bu davlatlar «Orol muammosi bo’yicha» birgalikdagi xarakat bitimini imzoladilar. 1996­ yilning 21 iyunida Florentsiya (Italiya) shaxrida Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston o’rtasida sheriklik va xamkorlik xaqida bitim imzo­landi.

O’zbekiston mintaqaviy iqtiso­diy tashkilot-EKO a’zoligiga qabul qilindi. Bundan tashqari, mamlakatimiz Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog’laydigan «Evropa-Kavkaz-Osiyo» transport yo’li-TRASEKA loyixasida ishtirok etmoqda.

Ayni paytda O’zbekiston NATO ning «Tinchlik yo’lida xamkorlik» dasturida faol ishtirok etib kelmoqda.

O’zbekiston NATOga a’zo bo’lib kirmaydi biroq u bilan amkorlik qiladi. Buning sababi davlatimizning xavfsizligi va tinchligini taminlash mintaqda barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-sharoitlarni mumkin qadar kengaytirish va mustaxkamlashdan iboratdir.

SHuning uchun O’zbekiston dunyodagi barcha davlatlar bilan tinch­ totuv yashash, do’stlik, birodarlik, iqtisodiy va madaniy aloqalani rivojlantirish, ekstremizm va terrorchilikka qarshi birgalikda kurash g’oyasini ilgari surmoqda.

1999 yilning 18-19 noyabr kunlari Turkiyaning Istambul shaxrida Yevropada xavfsizlik va xamkorlik tashkilotining oliy darajadagi sammiti bo’lib o’tdi. Sammit Yevropada Xavfsizlik Partiyasini muxokama qildi.


Download 320.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling