Nazariy ma’lumotlar


Download 0.86 Mb.
Sana13.12.2022
Hajmi0.86 Mb.
#1000568
Bog'liq
2-Laboratoriya ishi


Elektrotexnika fakulteti ETEA yoʻnalishi 2-kurs K 96 21 gurix talabasi Ismoilov Ilhomjonning Energiya oʻlchov asboblari va boshqarish tizimi fanidan Labaratoriyai ishi

Nazariy ma’lumotlar:

  • Nazariy ma’lumotlar:
  • Bosim texnologik jarayonlarning asosiy parametrlaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonlarining to‘g‘ri olib borilishi, ko‘pincha bosim kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
  • Tekis sirtga normal ta’sir ko‘rsatuvchi tekis taqsimlangan kuch bosim deb ataladi:
  • bu yerda: S - tekislik yuzi; F - shu tekislik yuziga tik ta’sir qiladigan bosim kuchi.
  • Bosim xalqaro birliklar tizimida paskal (Pa) bilan o‘lchanadi. 1 Pa qiymati jihatidan kuchga perpendikular bo‘lgan 1 m2 yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuch hosil qilgan bosimga teng (N/m2). Karrali kPa va MPa birliklar keng qo‘llaniladi, kgk/sm2, bar, kgk/m2 (mm suv ust.), mm sim. ust. kabi birliklardan ham foydalanish mumkin.

2.1-jadvalda ko‘p uchraydigan bosim birliklarining nisbati keltirilgan.

  • 2.1-jadvalda ko‘p uchraydigan bosim birliklarining nisbati keltirilgan.
  • Bosimning turli o‘lchov birliklari orasidagi nisbati

O‘lchashda mutlaq, ortiqcha, atmosfera va vakuum bosimlar mavjud. Pmut - mutlaq bosim - modda holatining (suyuqlik, gaz, bug‘) parametri bo‘lib, Patm - atmosfera va Port - ortiqcha bosimlar yig‘indisidan iborat:Pmut = Patm + Port (2.2)

  • O‘lchashda mutlaq, ortiqcha, atmosfera va vakuum bosimlar mavjud. Pmut - mutlaq bosim - modda holatining (suyuqlik, gaz, bug‘) parametri bo‘lib, Patm - atmosfera va Port - ortiqcha bosimlar yig‘indisidan iborat:Pmut = Patm + Port (2.2)
  • Ortiqcha bosim mutlaq va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:Port = Pmut - Patm (2.3)
  • Atmosfera bosimi - yer atmosferasidagi havo ustunining bosimi; uning qiymati barometrlar bilan o‘lchanadi, shuning uchun bu bosim ko‘pincha barometrik bosim deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa, vakuum (siyraklanish) sodir bo‘ladi. Pv=Patm-Pmut (2.4)

Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.

  • Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
  • Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk - porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo‘linadi.
  • O‘lchanayotgan bosim kattaligining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari quyidagi turlarga bo‘linadi:
  • 1) manometr - mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
  • 2) barometr - atmosfera bosimini o‘lchaydi;
  • 3) vakuummetr - berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o‘lchaydi;
  • 4) manovakuummetr - ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;
  • 5) naporomer - kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
  • 6) tyagomer - kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi;

xulosa

Biz bu laboratoriya ishida Bosim o‘uslchash qurilmalarini ishlash prinsiplari va turlari bilan tanishib Bosm haqida tajriba qildik.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling