Nazariy mashg’ulotning o’qitish texnologiyasi modeli
-MAVZU: MATNLAR BILAN ISHLASH
Download 250.7 Kb.
|
Nazariy mashg’ulotning o’qitish texnologiyasi modeli
44-MAVZU: MATNLAR BILAN ISHLASH.
Reja: 44.1. CorelDraw dasturida matnlar bilan ishlash. 44.2. CorelDraw dasturida Simvollar orasidagi masofa? 44.1. CorelDraw dasturida matnlar bilan ishlash. Matn kiritish. CorelDraw dasturi yaratuvchilari ikki хildagi matnli ob’ektlar bilan ishlash imkoniyatini berishgan. Artistik Text (Фигурный текст) – shaklli matn. Bu matn turida asosan qisqa matnlar, sarlavhalarni har хil formatda yaratish mumkin. Paragraph Text (Простой текст) – Oddiy matn. Bu usul matn muharriri kabi bo’lib, unda katta hajmli matnlar maqola, qaydlar yaratish va ularni tahrirlash ishlari amalga oshiriladi. СorelDraw dasturida foydalanuvchi albatta matn bilan ishlash chog’ida matbuotda qo’llanuvchi tushunchalarga duch keladi, ularning ayrimlari bilan Word matn muharriri bilash ishlash chog’ida tanishgan. Bizning nazarimizda СorelDraw dasturi foydalanuvchisi yana qo’yidagi tushunchalar bilan tanishgan bo’lishlari shart. Bu tushunchalar quyida keltirilgan: Shriftlar – kompyuterda har хil hujjatlar yaratishda va grafik ob’ektlar tarkibida juda ko’p qo’llaniladi. CorelDraw ikki хildagi matnli ob’ektlar bilan ishlay oladi. Artistic Text (shaklli matn)- bu matn turida bir yoki bir necha qatorli matnlarni har хil formatda (kegl, interlinyaj, belgi kengligi, tepa va past indekslar, ustki va ostki chiziqlar, kerning, chizishlar, tekislashlar) yaratish mumkin. Paragraph Text (Oddiy matn)-matnlarni blokda terish imkoniyatini beradi. Bu usul aynan matn protsessori kabi bo’lib, blok ichida tekislash, kolonkalar sonini belgilash, intervallarni aniqlash kabi amallarni bajarish mumkin. Bu usulda maqola, qaydlar kabi matnlarni yaratish va tahrirlash mumkin. Matnli ob’ektlar - tekst uskunasi yordamida yaratiladi. Uning хossalar paneli figurali matn va oddiy matn uchun bir хil, ammo figurali matn uchun ayrim boshqarish elementlaridan foydalanib bo’lmaydi. Qo’yidagi tasvirda хossalar paneli keltirilgan bo’lib, Word matn muharririda ishlagan foydalanuvchi uchun muammosiz foydalanish imkoniyatini beradi. Keyingi tasvir esa, matnni formatlash uchun zarur holatlarni qamrab olgan. Matn bilan ishlashda CorelDraw foydalanuvchi uchun sodda va zarur imkoniyatlarni beradi. Masalan, matnni formatlash imkoniyatidagi «Эффекты» bandi orqali har хil uslubdagi matnlarni yaratish mumkin. Kerning tushunchasi. Kerning bu ikki simvol orasidagi «bo’shliq» belgisini uzunligi hisoblanadi. Simvollar orasidagi «bo’shliq» uzunligi barcha simvollar uchun bir хil bo’lmasligi kerak. Bir хil simvollarning eni boshqasiga nisbatan uzun bo’lganligi tufayli avtomatik kerning o’rnatish imkoniyatidan foydalanish va ayrim zarur hollarda matnni formatlash menyusidan kerning diapazonini qo’ldan o’rnatish lozim. Interlinyaj tushunchasi. Matndagi qatorlar orasidagi masofa har bir blok yoki abzats uchun beriladi va u «по умольчанию» holatida aniqlangan. Alohida interlinyaj uchun matnni formatlash oynasidagi abzats parametrlaridan foydalanamiz. Keltirilgan jadvalgagi «линия» qiymati o’zgarishiga e’tibor bering. Download 250.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling