Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
Download 0.72 Mb.
|
20 - mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multimedia mahsulotlari
- Prezentatsiya
Virtual stendlar
– 1) real obʼekt, predmet, jarayon, voqea va hodisalarning elektron modeli; 2) matn, rasm, sxema, jadval, diagramma va b. shakldagi axborot, jarayon hamda virtual muhitlarni yaratish, saqlash, ishlov berish, raqamlashtirish va tizimli ravishda amalga oshirishni ifodalovchi kompyuterli vosita Imitatsion virtual trenajyor (ingl. “train” – “tarbiyalamoq”, oʼqitmoq”, “mashq qildirmoq”) – elektron shakldagi oʼquv-mashqlantiruvchi qurilma boʼlib, u yordamida mehnat faoliyatining real sharoiti odellashtiriladi, muayyan faoliyat (m: mashina (mexanizm)ni boshqarish, murakkab stanokda ish bajarish yoki harbiy texnika sirlarini oʼzlashtirish) koʼnikmalari shakllantiriladi, koʼnikmalar malakalarga aylantiriladi hamda hosil boʼlgan malakalar takomillashtiriladi Аxborot texnologiyalarining imkoniyati va pedagoglarning kasbiy faoliyatlariga ijodiy yondashishlari natijasida yaratilgan multimedia mahsulotlari, audio va video materiallar, xususan, video animatsiyalar ham taʼlim jarayonida faol qoʼllaniladi. Multimedia mahsulotlari – oʼzida АKTning dasturiy va texnik imkoniyatlari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida oʼquv materialini tinglovchilarga yetkazib berilishini mujassamlashtirgan ishlanma (mahsulot)lar Аudio va video vizual materiallar – oʼquv axborotlarini kompyuter texnologiyasi yordamida ovozli va vizual shaklda qabul qilinishini taʼminlovchi materallar Video animatsiyalar – chizilgan (rasmli) yoki kichik hajmli obraz (hajmiy, qoʼgʼirchoq yoki oʼyinchoqli obʼekt)larni harakatga keltirish va bu harakatning har bir bosqichini ketma-ket suratga olinganligini ifodalovchi elektron tasvirlar Prezentatsiya (taqdimot; lot. “praesentatio” – taqdim etish) – muayyan mavzu yoki muammo boʼyicha oʼquv (ilmiy, amaliy) xarakterdagi materiallarning ish qogʼozlari (oddiy yoki vatman qogʼozlar) hamda axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter, proektor, protsesor va b. qurilmalar) yordamida taqdim etilishi Mohiyatiga koʼra axborot texnologiyalari yordamida tayyorlangan va taʼlimiy maqsadlarda foydalaniladigan ijod mahsulotlar talabaning bilish faoliyatini faollashtirishi, uning oʼquv materialani oʼzlashtirish maqsadlari bilan qurollantirish, oʼquv materialini tushunishi va oʼzlashtirishini kuchaytirish, fanlararo aloqani chuqurlashtirish imkoniyatiga ega boʼlishi lozim. Buning uchun elektron shakldagi ijod mahsulotlari turli jarayon va hodisalarni tushunishni osonlashtirishga, tajribalarni bajarish usullari bilan tanishtirishga, laboratoriya jihozlarida ishlashni yengillashtirishga yoʼnaltirilgan boʼlishi zarur. 7. Talabalarning kreativ fikrlash koʼnikmalariga egaliklarini baholash. Kreativlik oʼqituvchining yondashuvi oʼquvchilarning qiziqishlari va koʼrsatgan natijalari asosida baholanishi mumkin. Аgar oʼquvchilarga biror bir adabiy asar yoki hikoyaning oxirini oʼzgartirish vazifasi berilgan boʼlsa, ular asar yoki hikoyaning mazmunini saqlab qolgan holda, qancha va qanday (original) gʼoya (variant)lar oʼylab topganiga qarab baholanadilar. Kreativ ravonlikni baholash uchun ishlab chiqilgan sxemadir. Oʼquvchilarga berilgan vazifa berilgan, asosiy mazmunini saqlab qolgan holda, asar yakunini oʼzgartirishdan iborat edi. Vazifa iki qismdan iborat boʼlib, birinchisi, “aqliy hujum” strategiyasi yordamida asar yakuni, yaʼni turli variantlarni oʼylab topish, ikkinchisi esa, asarni kichik esse shaklida oʼqib eshittirish. Mazvur vazifada asosiy urgʼu ravonlikka berilsada, moslashuvchanlik koʼnikmasi elementlari (yangi gʼoyalar oʼylab topish), oʼziga xoslik koʼnikmasining (original gʼoyalarni berish) elementlari ham mavjud. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling