Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
Download 0.72 Mb.
|
20 - mavzu
5-MASHG’ULOT: Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish yo’llari. Shaxs kreativligini rivojlantirishning ustuvor tamoyillari
Innovastion hamda kreativ yondashuv asosida mashg’ulotlarni tashkil etish. Pedagog bilan tarbiyalanuvchilarnining munosabati bo’limida pedagog katta rol o’ynaydi.Chunki u etakchi rolini bajaradi. Munosabat-pedagogik faoliyatinining eng asosiy professional kurolidir. Pedagogik munosabat esa - bu pedagogning tarbiyalanuvchi bilan mashg’ulotda, mashg’ulotdan tashkarida bo’lgan professional munosabat. Bu munosabat ijobiy psixologik muxit yaratish uchun karatilgan. Noto’g’ri pedagogik munosabat tarbiyalanuvchining ikkilanishiga, xotirasi, diqqatining bo’linishiga, mustakil fikr yurita bilish, xohishni keskin pasaytirib yuboradi. Natijada fakat pedagogga emas, balki uning mashg’uloti xam tarbiyalanuvchi tomonidan negativ karash paydo bo’ladi. Pedagogik (faoliyat) munosabat, sostial-psixologik prostess singari kuyidagi funkstiyalari bilan xarakterlanadi; shaxsni anglash, informastiya almashish, faoliyatning tashkil etilishi, rollar almashuvi, hamdardlik va o’zini ishontirish. Munosabatning axborot funkstiyasi, ma’naviy boyliklarni va materiallar almashuvini ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy motivizastiya uchun sharoit yaratadi. Pedagog uchun bolani tushuna bilish, ularning etiyojlarini bilish muhim. Tarbiyalanuvchini mashg’ulotga qiziqtirish va rag’batlantirib turish kerak. Bog’chaning muhiti maktabdan ancha farq qiladi. Bog’chada pedagog- pedagog bolaga ta’lim-tarbiyani asosan o’yin faoliyat orqali beradi. O’yin faoliyatidan tashqari mashg’ulot jarayonida, mehnat faoliyati orqali bolani har tomonlama rivojlantirib, unda bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga harakat qiladi. Pedagog qanday faoliyatda bo’lmasin bola bilan bevosita munosabatda bo’lib, u etakchi rolni o’ynaydi. Pedagog bola tarbiyalashdan avval uni psixologik jihatdan o’rganib chiqishi kerak. Bolaga baqirmaslik, jerkmaslik va uning shaxsini do’stlari oldida pastga urmasligi kerak. Pedagog bolani ko’llab-quvvatlashi, to’g’ri munosabatda bo’lishi shart. U bolada o’ziga nisbatan ishonch xosil kilishi kerak. Bolaga ta’lim-tarbiya berib bo’lmaydi. Chunki o’zini erkin his kilmagan bola hech kachon normal rivojlanmaydi. Bu qo’rquv bolada pedagogga nisbatan, bog’chaga nisbatan nafrat uyg’otadi. Qo’rquvni his kilgan bola hech kachon pedagog tomonidan berilgan informastiyani qabul qilmaydi. Chunki bolaning diqqati bo’lingan bo’ladi, unda ikkilanish, passivlik paydo bo’ladi. Bunday vaziyat tuzilmasligi uchun pedagogning nutqi aniq ravon ifodali bo’lishi kerak. Agar mashg’ulotda passiv qatnashsa, uni aktiv bo’lishga jalb qilish; bola noto’g’ri javob bersa - unga baqirmasdan xatosini tushuntirish, bolani rag’batlantirish, uni ko’ngliga yo’l topish har bir pedagogning vazifasidir. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling