Nazariy materiallar 1-mavzu: pedagogik kreativlik mohiyati, mazmuni reja
Download 0.72 Mb.
|
20 - mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Har tomonlama fikrlash
Ijodiy faoliyatda mahorat
Pedagogning ijodkorligi ,asosan, bolalar bilan o’tkaziladigan biror bir tadbirlarni uyushtirishda namoyon bo’ladi. Bu tadbirlarni uyushtirishda maqsad asosan bolalarni akliy rivojlanishiga qaratilgan. Bolalarni to’g’ri tahlil qilishga, to’g’ri fikrlashga va tushunishga qaratilgan bo’lishi kerak. Masalan: Navro’z bayrami, kunning II yarim kuni ko’ngil ochar soatlar, tug’ilgan kunlar va boshkalar. Bu tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad bolalarni jamoaga to’plab va jamoa bo’lib, ijod kilishga karatilgan. Endi jamoa bo’lib bajariladigan ishni kanday tashkil kilishni boskichlarga bo’lib chiqamiz. (Jamoa bo’lib bajriladigan ish) Birinchi bosqich-jamoaning dastlabki ishi. Ikkinchi bosqich-ishni jamoa bo’lib rejalashtirish ishi. Uchinchi bosqich-jamoa bo’lib bajarish ishiga tayyorgarlik. To’rtinchi bosqich-jamoa bo’lib bajarish ishini o’tkazish. Beshinchi bosqich-jamoa bo’lib bajrish ishini yakunlash. Oltinchi bosqich-jamoa bo’lib bajarish ishining natijasi. Bosqichda tarbiyasiz bolalar bilan suhbat uyushtirib, ularni jamoa bo’lib bajarish qanday ish bajarmoqchi ekanliklarini aniqlaydi. Masalan, biz kim va nima uchun ishlamoqchimiz? Qachon? Qaerda? Kim bilan, kim boshchilik qiladi? Bosqichda pedagog bolalar bilan bajariladigan ishni rejasini tuzib oladi. Buning uchun kichik-kichik guruhlar tuzib, ularda sizlar nima qilmoqchisizlar? Kim uchun bajarmoqchisiz? deb bolalarni qiziqishi va bajaradigan ishga munosabatini aniqlaydi. Bosqichda pedagog tadbirni o’tkazish tashkilotchi rahbarini aniqlaydi. Ularga konsultastiyalar beradi. Barcha masalalarni birgalikda hal qilish kerakligi, tadbirga tayyorgarlikni va o’tkazishini nazorat kilish bir- birlari bilan tajriba almashtirishni maslahat beradi. Bosqichda jamoa bo’lib bajarish ishini o’tkazish jamoa rejalashtirgan ishini amalga oshirish bu davrda pedagog barcha egallangan bilimlarni ishga soladi va shuni yaxshi chikishi uchun harakat qiladi. Masalan, «ota-onalar burchagiga har xil foto, stend, devoriy gazetalar». Bosqichda jamoa bo’lib bajarish ish yakunini kay darajada ekanini? Nimani bajara olding? Nima uchun? kabi savollarga javob izlanadi. Masalan, pedagog har bir tarbiyalanuvchidan mana shu savolga javoblarni fikrlashga, aniqlashga qaratadi. Ish natijalarini birgalikda muhokama qiladi va uni ish tajribasi sifatida boshqa guruhlarga almashtiriladi. Metodik ko’llanma qilib ishlab chiqiladi. Masalan, ta’lim muassasasida pedagoglarning ish tajribalari. Ko’pgina pedagoglar o’zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, Ayni o’rinda shuni alohida qayd etib o’tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo’sh, pedagoglar o’zlarida kreativlik qobiliyati mavjuDligini qanDay namoen eta olishlari mumkin. Bu o’rinDa Patti Drapeau shunDay maslahat beraDi: —Garchi o’zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. AsliDa, gap sizning ijoDkor va kreativ bo’lganingiz eki bo’lmaganingizda emas, balki mashg’ulotlarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g’oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash ta’lim oluvchilardan o’quv topshirig’i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to’g’ri g’oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko’p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo’lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani echishda ta’lim oluvchi echimning bir necha variantini izlaydi (ko’p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to’g’ri echimda to’xtaladi (bir tomonlama fikrlash). Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda «kreativlik» tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling