Fanni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
“Pedagogik kompetentlik va kreativlik” fani nazariy va amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi.
Nazariy mashg’ulotlarda pedagog faoliyatiga kreativ yondashuv, zamonaviy pedagog imidji haqida ma’lumotlar beriladi.
Amaliy mashg’ulotlarda pedagogning vazifalari, ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishning nazariy va amaliy asoslari, oliy ta’lim muassasalarida mashg’ulotlarni tashkil etish yo’llari, o’yinli texnologiyalar va ularning roli, ta’lim tizimida innovastion texnologiyalar, pedagog faoliyatiga kreativ yondashuv, zamonaviy imidjining ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati ilg’or ta’lim texnologiyalaridan pedagogik jarayonda foydalanishga doir jahon tajribasi o’rgatiladi.
Mashg’ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so’rovlar, test so’rovlari, amaliy mashg’ulotlar, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interaktiv ta’lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Fanning o’quv rejadagi boshqa bloklar va fanlar bilan
bog’liqligi va uzviyligi
Fanning mazmuni o’quv rejadagi “Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning me’yoriy asoslari”, “Umumkasbiy tayyorgarlik”, “Mutaxassislik bo’yicha tayyorgarlik” o’quv bloklari fanlari bilan uzviy bog’langan holda pedagogning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Mazkur fan “Mutaxassislik bo’yicha tayyorgarlik” blokidan keyin o’rganiladi. Unda yuqoridagi blokda o’rganilgan mazmun yo’nalishlari va uslubiy jihatlarini o’qitiladigan faniga tatbiq etish imkoniyatlari ochib beriladi.
Fanning ta’limdagi o’rni
Talabalarga “Pedagogning kasbiy kompetentligi” fanini o’qitishda pedagog imidji, kasbiy mahorati va kompetentligi haqida bilimlarni rivojlantirish hamda amalda qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashdan iborat.
2. Ma’ruza mashg’ulotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |