Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi f an: Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi


Download 1.82 Mb.
bet12/21
Sana23.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1112925
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Gine-repro nazariy 5, 9 mavzu

Parenteral yo'l. Qon va qon o‘rnini bosuvchi vositalarni qon tomiri ichiga quyilganda. Narkomanlar tomonidan ishlatilgan ignalar bilan takror ineksiya qilinganda. Stomatologiya, jarrohlik amaliyotida tibbiy xodimlarining bexosdan jarohatlanishi oqibatida kasallik yuqadi.
Perinatal yo‘l. Homila ona qornida paytida yoki tug‘ruq paytida hamda tug‘ilgandan keyin emizish davrida kasallikni yuqtirishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallangan onalardan bolalariga kasallikning yuqishi yuqori darajada bo‘lishi aniqlangan. O‘smirlarda, asosan, jinsiy aloqa yo‘li va parenteral yo‘l bilan yuqadi. OIV ni qonda, so‘lakda, snepmada, qin chiqindisida, siydikda va najasda bakteriologik tekshirishlar natijasida ajratib olishga muvaffaq bo‘lindi. Asosan OIV qondagi limfosit, monositlarda, sperma va qin chiqindilarida jon saqlashi ma’lum.
Profilaktikasi. Hozirgi davrda OIV yuqtirishdan saqlanish OITS epidemiyasining oldini olishning yagona yo‘li hisoblanadi.
OITS ga qarshi kurashning asosiy hal kiluvchi jihatlaridan biri – bu xavfsiz jinsiy aloqa vositalarini targ‘ibot qilish va JIOYuK ning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik. Bunga keng jamoatchilikni jalb qilgan holda maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari, litsey-kollej o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari barcha pedagogik va tibbiyot xodimlarining kuchi bilan keng jamoatchilik orasida kasallikning oldini olish chora-tadbirlari haqida tushuntirish ishlarini olib borish, o‘quvchio‘smirlar bilan o‘quv maskanlarida maxsus darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar ma’lum bo‘lganda, ya’ni kasallik xavfi bo‘lgan bilan jinsiy aloqada bo‘lmaslik, prezervativlardan foydalanish, narkomaniyaga qarshi kurash, turli xil ineksiyalardan o‘zini tiyish ham kasallik profilaktikasining asosiy ustunlari hisoblanadi.
Klinik ko‘rinishi. OIV bilan zararlangan insonlarda virus tashuvchanlik (tarqatish) xususiyati umrining oxiragacha davom etadi. Aksariyat hollarda kasallik ma’lum bir belgilarsiz boshlanadi. Bu holat uzoq yillar davom etishi mumkin. Infeksiya odam organizmiga qanchalik uzoq ta’sir etsa, shunchalik immun tizimni ko‘proq zararlaydi. Kasallik belgilarining rivojlanib borishini quyidagicha to‘rt toifaga ajratish mumkin:
1. Iinfeksiyaning boshlang‘ich bosqichi. Aksariyat hollarda kasallikni yuqtirgan mijozlar hech narsadan shikoyat qilishmaydi. Ondasonda bemorlar isitmasining oshishi, darmonsizlik, charchoq va muskullarda og‘riqdan shikoyat qilishlari mumkin. Odatda zararlanish-dan 12-14 hafta o‘tgandan keyin qonda o‘zgarishlar - antitelalar paydo bo‘la boshlaydi. Ba’zan esa 6 oylar o‘tgandan keyin ham maxsus antitelalar topilmasligi mumkin.
2. OIV ni klinik belgilarsiz tarqalish bosqichi. OIV ni yuqtirgan kishilarda kasallik belgilari namoyon bo‘lmasa ham ular kasallik tarqatuvchi bo‘lib yuradilar. Bu bosqichda organizm immun tizimi zararlanganligini aniqlash imqoniyati bo‘ladi.
3. OITS bilan bog‘liq bo‘lgan belgilarning rivojlanish bosqichi. Bu bosqichda keng tarqalgan limfa bezlarining kattalashuvi kuzatiladi. Bunda ba’zan isitma ko‘tariladi, ba’zan tana harorati oshmasligi mumkin. Lekin kechqurunlar terlash, ich ketish, ozish, horg‘inlik, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida, qinda kandidozga xos o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu holat bir yil va undan ko‘proq cho‘zilishi mumkin.
4. OITS rivojlanish bosqichi. Ular quyidagilardan iborat:
a) odam organizmida immun tizimi tekshirilganda immun tanqisligi aniqlanishi:
b) immun tanqislik holatining organizmdagi boshqa o‘zgarishlar bilan bog‘liq emasligi (ya’ni, dori vositalarini qo‘llash, xavfli o‘smalar borligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar);
v) limfa tizimining OIV infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xavfli kasalliklar aniq ko‘zga tashlanishi. Unga qo‘shimcha tarzda meningit, markaziy nerv tizimining toksoplazmozi, pnevmoniya, tuberkulyoz, gerpes, kandidoz kabi kasalliklar avj olishi;
g) ensefalopatiya sindromi yuzaga chiqishi;
d) organizmdan OIV ning ajralib chiqishi;
e) kasallikning laboratoriya tekshirish yo‘li bilan tasdiqlanishi.
Diagnostikasi. Organizmda OIV ga antitela borligini aniqlash maqsadida laboratoriya tahlili o‘tkaziladi. Kasallikning I-II bosqichlari, diagnostikasi uchun laboratoriya tekshirish yagona usul hisoblanadi. Kasal kishi bilan kontaktda bo‘lgandan keyin organizmda o‘rtacha 12 haftalardan keyin OIV ga qarshi antitela ishlab chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida OITS ga qarshi kurashish markazlari faoliyat ko‘rsatadi va ular qoshida maxsus laboratoriyalar mavjud bo‘lib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va OITS ni laboratoriya usulida aniqlash imkoniyatiga ega. OITS ni klinik manzarasiga qarab uning Sh-1U bosqichlarida faqatgina yuqumli kasalliklar mutaxassislari aniqlashi mumkin, agarda mijozda quyidagi belgilar aniq ko‘zga tashlansa: a) tana vaznining 10% dan ko‘proq miqdorda ozishi;
b) bir oydan uzoqroq muddatda surunkali ich ketishi;
v) bir oydan ko‘proq davom etayotgan doimiy ravishdagi isitma;
g) doimiy davom etib kelayotgan va bir oydan ortiq cho‘zilgan yo‘tal;
d) terida toshmalar keng tarqalgan;
y) og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati yoki qinda kandidoz;
j) limfa bezlari faoliyati buzilishining keng tarqalishi. Yuqorida qayd etilgan klinik belgilar paydo bo‘lishiga qarab malakali mutaxassislar OITS ning Sh-1U bosqichini aniqlashlari mumkin. Eng ishonchli diagnostik usul sifatida albatta OIV ni laboratoriya tekshirish yo‘li bilan aniqlash kasallik to‘g‘risida ishonchli ma’lumotberadi.
Davolash. Bugungi kunga qadar OITS ni davolashning ya’ni, OIV ga kurashi antivirus preparatlarini qo‘llashning aniq bir usuli ma’lum emas, lekin hozirga qadar bu mudhish kasallikni davolashning samarali usullari hamda immun tizimini qo‘llab-quvvatlovchi dorivor vositalar ustida doimiy ravishda izlanishlar davom etmoqda. Shuning uchun ham kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olish ancha osonroqdir. Shu maqsadda quyidagi tavsiyalarga amal qilinsa maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1. OIV bilan zararlangan yoki uning xavfi bo‘lgan kishilar bilan jinsiy aloqadan o‘zini tiyish.
2. Hayotda faqat bitta jinsiy juft bilan yashash.
3. Tartibsiz jinsiy hayotda bo‘lgan mijozdan o‘zini chetga olish.
4. Jinsiy aloqa paytida prezervativlardan foydalanish.

Mabodo OIV bilan zararlangan kishilar bo‘lsa, infeksiyani boshqalarga yuqtirmaslik maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:


1. Turli xil kasalliklardan o‘zini asrash. Chunki har turli yuqumli kasalliklar immun tizimini ishdan chiqarishi, organizmni toliqtirishin unutmang.
2. Mabodo biror bir juft bilan jinsiy aloqada bo‘lishni rejalashtirsangiz, o‘zingizda OIV borligi haqida juftingizni ogohlantiring.
3. Donorlik qoni, spermasi va transplantatsiya uchun organ va to‘qimalarni berishdan o‘zingizni saqlang.
4. Meditsina yordami uchun albatta murojaat eting.
OITS ni davolashning o‘ta murakkabligini inobatga olgan holda barcha tibbiy xodimlar, maktab-maorif tizimi, keng jamoatchilik birgalikda kasallikning oldini olish. JYOYuK ning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘smirlar, yosh yigit-qizlar orasida keng qamrovli sanitariya-maorif va profilaktika ishlarini olib borish, alkogolizm va narkomaniyaga qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish asr vabosiga aylanayotgan mudhish kasalliklarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling