Nazariy o'quv mashg'ulotining o’qitish texnologiyasi


Yangi o’quv materialini mustahkamlash


Download 1.09 Mb.
bet3/4
Sana20.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1216189
1   2   3   4
Bog'liq
27 m Orif

Yangi o’quv materialini mustahkamlash:
8. Mustahkamlash uchun “Blits so’rov” o’tkazish. (6- ilova) Berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlardagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifasini taqdim etadilar.

Savollarga javob beradilar.


Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.

Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.


Yozib oladilar. Diqqat qiladilar.


Savollarga javob beradilar.


Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar. Diqqat qiladilar



3-bosqich
Yakuniy bosqich
(10 min)

Mashg’ulot yakuni.
1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarni izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.


Uyga vazifani berilishi:
2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yoriqnoma beradi (7- ilova)

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.

Maxsus fan o’qituvchisi: O.Xandalov
27-Mavzu: Kardan uzatmasini texnik holatini baholash
.Reja



  1. Kardan uzatmasini vazifasi va tuzilishi.

  2. Kardan uzatmasining asosiy nosozliklari

4. Kardan uzatmasini texnik holatini baholash


Avtomobilning yetakchi koprigi uzatmalar qutisi yoki taqsim- lash qutisiga nisbatan pastroqda joylashgan. Shuning uchun kuch uzatuvchi kardanli uzatmaning vali uzatmalar qutisi yoki taqsimlash qutisi valiga nisbatan «burchak» ostida joylashadi. Yetakchi ko‘prik ramaga elastik osmalar yordamida mahkamlanishi sababli avtomobilning harakatida u vertikal tebranib turadi. Bu esa, o‘z navbatida, a burchakning, shuningdek, kardanli valning uzunligi o‘zgarib turishiga olib keladi.
Kardanli uzatmaning vazifasi o‘qlari bir chiziqda yotmagan va o‘zaro joylashuvi o‘zgarib turadigan vallar orasida burovchi mo- mentni uzatib berishdan iborat.
Umumiy holda kardanli uzatma kardan sharnirlari (2, 6, 7), kardanli vallar (3 va 7), oraliq tayanch (4) va kompensatsiyalovchi teleskopik shlisali birikma (5)dan tashkil topadi.
Kompensatsiyalovchi birikma kardanli uzatma bilan bog‘langan mexanizmlarning holati bir-biriga nisbatan harakat vaqtida o‘zgarganda, masalan, yetakchi ko‘prikning uzatmalar qutisiga nisbatan, kardanli val uzunligining o‘zgarishini ta’minlaydi.
Kardan sharnirlari burchak tezliklari teng bo‘lmagan va burchak tezliklari teng bo‘lgan sharnirlarga ajratiladi. Burchak tezliklari teng bo‘lmagan sharnirlar bikr va yumshoq sharnirlarga ajratiladi.
Burchak tezliklari teng bo‘lmagan kardan sharniri burovchi (1.156-rasm, b) momentning bir valdan ikkinchisiga harakat- lanuvchi bikr detallar orqali uzatadi. Sharnir krestovina (4) yordamida bir-biri bilan ulangan vilkalar (3 va 5)dan tashkil topadi. Vilkalar vallar (1 va 2)ga mahkamlangan. Vallar aylanganda krestovinaning C va D uchlari val (1)ning o‘qiga perpendikular bo‘lgan tekislikda tebranib turadi. Val (1) a burchagiga burilsa, val (2) o‘z o‘qi atrofida p burchagiga buriladi va vallarning burilish burchaklari quyidagiga teng bo‘ladi: iga=/gpcosy. Bu tenglamaga binoan val (2)ning burilish burchagi val (1)ning burilish burchagidan gohida katta, gohida kichik bo‘ladi. a va p burchaklar har 90° ga bir-biriga teng bo‘ladi. Demak, val (1) o‘zgarmas burchak tezligi bilan aylansa, val (2)ning burchak tezligi o‘zgaruvchan bo‘ladi va sinusoidal qonun bo‘yicha o‘zgarib turadi. Val (2)ning notekis aylanishi vallar orasidagi y burchagiga bog‘liq bo‘ladi va u ortishi bilan valning notekis aylanishi ortadi. Val (2)ning notekis aylanishi yetakchi g‘ildiraklarning o‘zgaruvchan burchak tezligi



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling