Nazariy o'quv mashg'ulotining o’qitish texnologiyasi
Avtomobilning kuzov, kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari
Download 265.17 Kb.
|
1-m Orif
Avtomobilning kuzov, kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari
Avtomobillarning kuzov, kabina va tayanchlarining asosiy nosozliklari: ularning qiyshayishi, pachoqlanishi, uzilishi, zanglashi, chirishi, boltli va parchinmixli birikmalarning bo‘shashib ketishidan iborat. Ta’mirlash vaqtida ularni zanglash mahsu- lotlaridan tozalash, payvandlash, tekislash va yuzalarni silliqlash, qo‘shimcha detallar qo‘yish, himoya qatlamlarini yangilash yo‘llari bilan tiklanadi. Zanglash mahsulotlari metall cho‘tka yoki erituvchi modda yordamida tozalanadi. Payvandlash ishlarini bajarishda ko‘pincha gazli payvandlash turidan foydalaniladi. Payvandlash qo‘l bilan yoki avtomatik ravishda bajariladi. Yoriqlar payvandlanib, yirtilib ketgan katta teshiklarga esa, qo‘shimcha qoplama qo‘yiladi, o‘z navbatida, bu qoplama yirtilgan yerdan 20-24 mm chiqib turishi zarur. Pachoqlangan yerlar va qiyshayishlar sovuq yoki qizdirilgan (600—650° C gaz gorelkasi yordamida) holda to‘g‘rilanadi. Qizdirib to‘g‘rilash metall qavat-qavat bo‘lib qolganda yoki sovuq holda to‘g‘rilab bo‘lmay qolganda bajariladi. Pachoq ikki harakatda to‘g‘rilanadi. Avvalambor, pachoq bo‘lgan joy urib chiqariladi. Chiqarilgan qismning ustiga maxsus ushlagich (/) qo‘yib markazdan sirtga qarab maxsus bolg‘acha (2) yordamida to‘g‘ri!anadi, so‘ngra yog‘och yoki rezina bolg‘acha yordamida tekis- lanadi. 0‘tkir qirrasi va egilishi boimagan chuqur pachoq- larni chiqarish oitasidan boshlanadi va asta-sekin bol- g‘acha yoki rezina bolg‘acha bilan tckislash tashqi to- monga qarab davom ettiriladi. 0‘tkir qirrali burchaklari boigan pachoqlarni oikir qirradan yoki taxlanib qol- gan ycridan boshlab urib chiqariladi. Bitta chuqurlik boisa, metallning tortilishi hisobiga markazdan tashqi tomonga bolg‘acha bilan urib bartaraf etiladi Chuqurlik chegarasiga yaqinlashishda bolg‘acha bilan urish kuchi kamaytiriladi. Qancha ko‘p aylana bo‘ylab harakat qilinsa, tekislash shunchalik sifatli bajariladi. Agarda, bir-biriga yaqin bir necha chuqurliklar bo‘lsa (3.61-rasm), avval ularning orasiga ishlov beriladi va bitta chuqurlikka keltiriladi, so‘ngra chuqurlikning shakliga qarab keyingi silliqlash ishlari bajariladi. Download 265.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling