Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
17-MAVZU: Yuklarni ko’tarib turish va tashishda xavfsizlik qoidalari. Yuklarni stropovka qilish (ilish) tushirish. Yuklarni stropovka qilish(ilish) tushirishda xavfsizlik texnikasi.
Reja: 1. Yuklarni ko’tarib turish va tashishda xavfsizlik qoidalari. 2. Yuklarni stropovka qilish (ilish) tushirish. 3. Yuklarni stropovka qilish(ilish) tushirishda xavfsizlik texnikasi. Stroplarda yuklami ko'tarish, tashish va tushirish ishlarini umumiy qoidalari quyidagilardan iborat. Qismlarni ravon, siltamay, chayqaltirmay va aylantirmay ko'tarish kerak. Tuzilma o'matilish loyiha holatiga yaqin holda ilinishi zarur. Yuk aylanib ketmasligi, zarur joyga yo'naltirilishi va chayqalmasligi uchun unga kanop yoki ingichka po'lat simli arqon tortqi mahkamlanadi. Montajchilar shu tortqidan foydalanib, yuklami zarur vaziyatda tutib turishadi. Ustunlarni montaj qilishda bitta tortqi, gorizontal elementlar (fermalar, to'sinlar)ni montaj qilishda ikkita tortqi qo'llaniladi. Tortqining uchi qo'lda, og'ir tuzilmalami montaj qilishda esa chig'ir yordamida tutib turiladi. Yuklar yerdan bir necha santimetr ko'tarilib, ulaming to'g'ri ilinganligi yana bir marta tekshiriladi. Agar yukning massasi yo'l qo'yilganiga yaqin bo'lsa, montaj kranlarining tayanch moslamalari va yakorlarning holati tekshiriladi. Og'ir yuklar 20 sm gacha ko'tarib ko'rilgandan keyingina ko'tarishga buyruq beriladi. Tuzilmalarni kranlar yordamida montaj qilganda yukni ilmoq bilan tortish taqiqlanadi, chunki bunda kranga tushadigan ag'daruvchi moment kattalashadi, natijada kran ag'darilib ketishi mumkin. Yukni ko'tarishdan oldin, shuningdek, ko'tarish paytida montaj kranining arqonlari vertikal va tarang turganligiga e'tibor berish kerak. Ayniqsa, kassetalar, konduktorlar va stendlarga o'matilgan elementlarni ehtiyot bo'lib ko'tarish lozim. Bu holda yukning vertikal yo'nalishdan biroz bo'lsa-da og'ishi natijasida moslamalar buzilishi, elementlar shikastlanishi mumkin. Elementlarni ko'tarish ishiga bir kishi - brigadir yoki zveno boshlig'i rahbarlik qiladi. Yuk iluvchi organlari yuklarning massasidan, yuklarning turidan va tashiladigan yuklarni o'lchamlari bo'yicha qabul qilib olinadi (13- jadval). 13-jadval Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling