Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 1.51 Mb.
bet24/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

114- rasm. Ikki(a) va to'rt (b) tarmoqli stroplardagi
yuklamalarni aniqlash sxemalari.
Stroplashda yuklarda hisobga olinmagan qo'shimcha zo'riqish hosil bo'lishining oldini olish lozim. Masalan, domna pechi to'kish apparatining katta shtangasi bilan bir nuqtada <> qilib yuk ilinsa, juda uzun bo'lgan bu shtangada qo'shimcha zo'riqish vujudga keladi va u deformatsiyalanadi. Katta qoldiq deformatsiya natijasida shtanga ishdan chiqadi. Bunday shtangani stroplar bilan uchta teng qismga bo'lib, ikkita nuqtasidan stroplash kerak.
Stroplami mahkamlash uchun chiqiqlar, panjalar, rimboltlar va boshqa qismlardan foydalanish lozim. Masalan, ko'p­ chilik elektromotorlaming ustki qismida rim deb ataladigan bitta yoki ikkita halqa bo'ladi. Rim-bolt strop mahkamlash uchun mo'ljallangan. Reduktorlar qopqog'ida strop mahkamlash uchun chiqiqlar nazarda tutilgan. Og'ir vallarning yon qismiga rezbali teshik tayyorlanadi. Valni ko'tarish uchun bu teshikka rim burab kiritiladi.
Og'ir yuklarni ko'tarishda stropni joylash muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Strop tolalari (3) (115- rasm) qistirmalar (4) va (5) da, inventar qistirmalarda yonma-yon qilib joylanishi, yukda yoki ilmoq (1) da bir-biri bilan kesishib o'tmasligi kerak. Ilmoqda joy yetarli bo'lmasligi tufayli ularni piramida (2) qilib joylash lozim. Stroplashda arqonlar bir-biri bilan kesishmasdan iloji yo'q, lekin arqonlar ilmoq va yukka tegmaydigan hamda ko'ndalang yuklamalar ta'sir qilmaydigan joyda kesishishi kerak.
Stroplash usullarini ikki turga bo'lish mumkin. Birinchi turga yuklarni arqonlar, stroplar yoki zanjirlar bilan bog'lash, ikkinchi turga chiqiqlar, rimlar va boshqa maxsus moslamalardan stroplash kiradi. Ko'tariladigan yuklarni stroplar bilan bog'lash (115- rasmga qarang) ko'pchilik hollarda po'lat tuzilmalar, shu jumladan, ko'prik kranlar tuzilmasi hamda boshqa montaj ishlarida qo'llaniladi.
Uskunalar ko'pincha chiqiqlar, rimlar va boshqa maxsus moslamalardan stroplanadi. Yuk qanday usulda rnahkamlanishidan qat'yi nazar arqonning mustahkamlik zaxirasi koeffitsiyenti 6 ga teng qilib qabul qilinadi.
Yuklar: kalta stroplar bilan; shtutserga ulab; traversalar yor­ damida; universal stroplar bilan; yarim avtomat stroplar bilan stroplanadi.
Kalta strop bilan yuk ikki holatda ko'tariladi; ya'ni tebranishi o'rinsiz bo'Jgan og'ir yuklarni ko'tarishda va montaj mexaniz­ mining yuqori chetki holatga ko'tarilgan harakatlanuvchan bloki bilan yuk o'matiladiganjoy orasidagi masofa kam bo'lganda. Kalta strop bilan stroplash 116- rasmda ko'rsatilgan.




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling