Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanop arqonli stroplar.
Har xii egiluvchan organlardan tayyorlangan stroplarning konstruktiv xususiyatlari. Stroplarni tayyorlashda har xii egiluvchan organlardan, ya'ni kanop, ip-gazlama, po'lat simli, kapron, perlon va payvandli zanjirlar ishlatiladi. Bulardan ip gazlamali va kanop arqonlar mustahkamligi pastligi tufayli chek langan holda takelaj ishlarida qo'llaniladi. Ular, asosan, stroplarda yengil yuklarni qo'lda ko'tarishda va tortqilar sifatida ishlatiladi. Kapron va perlon arqonlar ancha mustahkam bo'ladi, chirimaydi va suvni shimmaydi. Uzilishga mustahkamligining yuqoriligi bilan farq qiladi. Po'lat simli arqonlar va zanjirlarning mustahkamligi, egiluvchanligi hamda uzuvchi kuchi yuqori bo'lganligi uchun stroplar yuklarni ko'tarib-tushirishda keng foydalanilmoqda.
Stroplarni tanlashda ularning konstruktiv xususiyatlarini hisobga olishdan tashqari yukni ko'tarish vaqtida tarmoqda hosil bo'ladigan kuchni ham hisoblash kerak. Stroplar DAST 3079-80 va DAST 2688-80 bo'yicha po'lat simli arqonlar, DAST 483-75 bo'yicha kanop arqonlar, shuningdek, DAST 2319-81 bo'yicha kolibralangan zanjirlardan tayyorlanadi. Takelaj vositalarining egiluvchan vositalari quyilagi formula orqali hisoblanadi: ' Suz =S max ·n-N. bunda: Suz - egiluvchi vositalarning uzuvchi kuchi, N, n - uzuvchi kuchga nisbatan mustahkamlik ehtiyot koeffitsiyenti. (Po'lat simli arqonlar uchun n = 6, kanop arqonlar uchun n =8; payvand zanjirlar uchun n = 5). Kanop arqonli stroplar. Mahkamlab to'qilgan may singdirilmagan kapron arqonlar yuklarni kran ilgagiga ilish uchun keng ko'lamda ishlatilmoqda. Ularning mustahkamligi boshqa arqonlarga nisbatan yuqori egiluvchan, uni bog'lash va tugun qilish oson. Kanop arqonlar qirrali yuklami tashilganda titilib ketmasligi uchun yukning qirrasi yukli qoplamlar yoki maxsus saqlovchi uchburchaklar bilan berkitiladi. Yuk ko'tarish kanop arqonlami mahkamlash usullari (94- rasm)da ko'rsatilgan. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling