Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi


Download 1.51 Mb.
bet40/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-Bosqich O‘quv
mashg‘ulotiga
kirish
(10-daq)

Tashkiliy qism:
1.Salomlashish va guruh davomatini tekshirish, o‘quvchilarni mashg‘ulotga tayorgarligi (sog‘lig‘i, formasi, o‘quv qurollarini mavjudligini) tekshirish.
2.O‘quv fan nomi va o‘qituvchi ismi sharifi bilan tanishtirish(1-ilova).

Mashg‘ulotga tayyorlanadilar, tinglaydilar

2-bosqich.
Asosiy
(65-daq)

Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad
va o‘qitish natijalar bilan tanishtirish.
2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar
bilan tanishtiraman va ularga namoyish etish.
3.O‘quv mag‘shulotida o‘quv ishlarni
baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan
tanishtirish (2-ilova).
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish;
4. Tezkor-so‘rov orqali bilimlarini
faollashtirish (3-ilova).
5. Faning maqsadi va vazifalari bilan
tanishtirish.
6.Kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik
guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi (4-
ilova) va xar bir guruhga topshiriq beradi (5-
ilova).
Yangi o‘quv material bayoni:
7.Nazariy mashg‘ulotning rejasi va
tuzilishiga muvofiq, asosiy nazariy holatlarni
bayon qilish (6-ilova).
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash:
8. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
uchun ommaviy savollar berish (7-ilova),
berilgan javoblarni to‘ldiraman va qisqacha
xulosalar qilish.
9. Savollarga javob bergan o‘quvchilarni
baholashni o‘tkazish.
10. Mavzuning har bir rejasi bo‘yicha
o‘quvchilar qanday o‘zlashtirganliklari
to‘g‘risida xulosalar qilish.
11. Eng asosiylariga e’tibor qaratish, va
berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd
etishlarini eslatish.
12.Mavzuni kasbiy faoliyatidagi
ahamiyati va qo‘llanishi bilan bo‘g‘lab
mavzuni yakunlash.

Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Diqqat qiladilar.
Yozib oladilar
Diqqat qiladilar.
Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.

Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.



3-bosqich Yakuniy
(5-daq)

Mashg‘ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholash.
Uyga vazifani berilishi:
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan tushuncha berish, kerakli adabiyotlar ro‘yxatini va bajarish uchun tavsiyalar berish (8-ilova).

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.

29-MAVZU: Yuklarni ko’tarish, tushirish va uzatishni tashkil etish.


Reja:
1. Yuklarni turlari.
2. Yuklarni ko’tarish-tushirishni tashkil etish.

Stroplarda yuklami ko'tarish, tashish va tushirish ishlarini umumiy qoidalari quyidagilardan iborat. Qismlarni ravon, siltamay, chayqaltirmay va aylantirmay ko'tarish kerak. Tuzilma o'matilish loyiha holatiga yaqin holda ilinishi zarur. Yuk aylanib ketmasligi, zarur joyga yo'naltirilishi va chayqalmasligi uchun unga kanop yoki ingichka po'lat simli arqon tortqi mahkamlanadi. Montajchilar shu tortqidan foydalanib, yuklami zarur vaziyatda tutib turishadi. Ustunlarni montaj qilishda bitta tortqi, gorizontal elementlar (fermalar, to'sinlar)ni montaj qilishda ikkita tortqi qo'llaniladi. Tortqining uchi qo'lda, og'ir tuzilmalami montaj qilishda esa chig'ir yordamida tutib turiladi.


Yuklar yerdan bir necha santimetr ko'tarilib, ulaming to'g'ri ilinganligi yana bir marta tekshiriladi. Agar yukning massasi yo'l qo'yilganiga yaqin bo'lsa, montaj kranlarining tayanch moslamalari va yakorlarning holati tekshiriladi. Og'ir yuklar 20 sm gacha ko'tarib ko'rilgandan keyingina ko'tarishga buyruq beriladi. Tuzilmalarni kranlar yordamida montaj qilganda yukni ilmoq bilan tortish taqiqlanadi, chunki bunda kranga tushadigan ag'daruvchi moment kattalashadi, natijada kran ag'darilib ketishi mumkin. Yukni ko'tarishdan oldin, shuningdek, ko'tarish paytida montaj kranining arqonlari vertikal va tarang turganligiga e'tibor berish kerak. Ayniqsa, kassetalar, konduktorlar va stendlarga o'matilgan elementlarni ehtiyot bo'lib ko'tarish lozim. Bu holda yukning vertikal yo'nalishdan biroz bo'lsa-da og'ishi natijasida moslamalar buzilishi, elementlar shikastlanishi mumkin.
Elementlarni ko'tarish ishiga bir kishi - brigadir yoki zveno boshlig'i rahbarlik qiladi.
Yuk iluvchi organlari yuklarning massasidan, yuklarning turidan va tashiladigan yuklarni o'lchamlari bo'yicha qabul qilib olinadi (13- jadval).


13-jadval

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling