Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim oluvchi
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
30-MAVZU: Yuklarni ilish organlarini tanlash. Reja: 1. Yuklarni ilish organlarini tanlash. 2. Tortqi turlari. Yuk osish organlari - stroplar, traversalar, qisqichlarni ishlash davrida texnik ko'rikdan o'tkazib turish lozim: traversa har 6 oyda; qisqichlar har 2 oyda; stroplar har 10 kunda. Kuzatish natijalari tashkilot jurnaliga qayd qilinadi. Kranlar Davlat texnika nazorati qoidalariga muvofiq yuk ilgaklarini tutashtiruvchi saqlash moslamasi bilan ta'minlanadi. Bu moslama yuk osish organlarini ilgak og'zidan chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Yuk iluvchi ilgak og'zining loyihada ko'rsatilgan kesim balandligida 10% dan ortiq yeyilmasligini kuzatib borish lozim. Ilgak yorilmagan, uzilmagan, qiyshaymagan, sinmagan bo'lishi zarur, aks holda baxtsiz hodisa ro'y berishi murnkin. Ilgakda uning yuk ko'taruvchanligini bildiradigan Davlat raqami, tayyorlovchi zavodning nomi va tayyorlangan yili ko'rsatilgan bo'lishi shart. Takelaj moslamalar yashikda va polkalarda berk binoda saqlanadi. Kamida haftada bir marta takelaj moslamasi arqonlari changdan qurib qolgan moylarda tozalanadi, kerosin bilan artiladi va argon moyi bilan moylanadi. Stroplarni temir cho'tka yoki o'tkir metall predmetlar bilan tozalamaslik kerak. Bloklar va boshqa aylanuvchi qismlarni vaqti-vaqti bilan moylab turish lozim. Har bir yuk osish organlariga xizmatchi tomonidan birka osib qo'yilishi, birkada quyidagilar ko'rsatilishi kerak: tayyorlovchi tashkilotning tovar belgisi yoki nomlanishi, sinalgan kuni, oyi, yili; tayyorlovchi tashkilot raqami bo'yicha yuk osish organlari tartib raqamlari; yuk osish organlarining shartli belgisi; yuk osish organlarining har birida markirovka uchun joy ajratilgan bo'lib, unda: yuk osish organlarining shartli belgisi; sinalgan yili (oxirgi ikki raqami) yozib qo'yiladi. O'lchami va yuk ko'taruvchanligi bir xil bo'lgan simli arqonlar umumiy buxta qilib 10 tadan perimetr bo'yicha kamida uch joyidan bog'lanadi. Uzunligi 3,5 m, diametri 11,5 m bo'lgan arqonlarni bir pachka qilib joylash mumkin. Uning massasi 100 kg dan oshmasligi kerak. Zanjirli stroplar DAST 2991-69 yoki DAST 10198-71 bo'yicha taxtadan yasalgan yashik idishga joylashtiriladi. DAST 14191-71 bo'yicha yuk joylari markirovkalanadi. Strop saqlash shartli guruh OJ3 DAST 15159-69 bo'yicha barcha turdagi transportlarda tashiladi. Stroplarni saqlash sharti 014 DAST 15150-69 bo'yicha bajariladi. Tayyorlovchi, yuk osish organlarini tayyorlashda standartda ko'rsatilgan, standart talablariga javob beradigan, ularni saqlash va tashish shartlarini kafolatlashi kerak. lshlatilish kunidan boshlab arqon stroplar uchun kafolat muddati 3 oy; zanjirli stroplar uchun 24 oy belgilanadi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling