Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirtmoqlar.
80- rasm. Yukli ilgaklar:
a - bir shoxli; b - ikki shoxli. Yuk iluvchi ilgak og'zining loyihada ko'rsatilgan kesim balandligidan 10 % dan ortiq yoyilmasligini kuzatib borishi lozim. llgak yorilmagan, uzilmagan, qiyshaymagan, sinmagan bo'lishi zarur, aks holda baxtsiz hodisa ro'y berishi mumkin. Ilgakda uning yuk ko'taruvchanligini bildiradigan DAST raqami, tayyorlagan zavodning nomi va tayyorlangan yil ko'rsatilgan bo'lishi shart. llgaklar kerakli yuk ko'taruvchanlik bo'yicha DAST dan tanlab olinadi. llgak osmasi (OS 24.191.08 – Подвески крюковые, Типи и основные размеры - bo'yicha) ikki turga bo'linadi: normal (81- a rasm) va qisqartirilgan (81- b rasm). Normal ilgak osmasi oboyma (3), tirgak (2), ilgak (]) va o'q ( 4) ga sharikli podshipnik lar o'matilgan blok (5) dan tuzilgan. llgak quyrug'i tirgakka podshipnik yordamida o'matilib, gayka bilan mahkamlanadi, vint bilan gayka yon tomonidan stoporlab qo'yilgan bo'ladi. Oboyma cho'michlari bir-biriga ikkita shpilka bilan mahkamlangan. Qisqartirilgan ilgak osmasining ilgagi qo'zg'aluvchan bloklar orasida joylashib, uning o'qi tirgak o'rnida bo'ladi. Sirtmoqlar. Yuk ortish-tushirish ishlarida universal yuk osish organlari sifatida ilgaklardan tashqari yaxlit bolg'alangan va tarkibiy qismlardan tuzilgan sirtmoqlar ham ishlatiladi (83- rasm). Ularning shakli va o'lchamlari standartlashtirilmagan va shuning uchun albatta mustahkamlikka hisoblanishi kerak. Bu holda yaxlit bolg'alangan sirtmoq xuddi bikr rama (statik aniqmas sistema) kabi hisoblanadi, tarkibli sirtmoq xuddi sharnir sistemali tortqi kabi cho'zilishga, ko'ndalang to'sin kabi egilishga va egri chiziqli ikki tayanchli to'sin kabi ezilishga tekshiriladi. Teshikning ichki yuzasi diametri yo'nalishida ezilishga Lyame formulasi bo'yicha tekshiriladi, bunda ruxsat etilgan kuchlanish 100 MPa dan oshmasligi kerak. Kam uglerodli St 3,20 markali po'latdan tayyorlangan sirtmoq ko'ndalang to'sinning egilishiga ruxsat etilgan kuchlanishi [ϭeg] = 80...100 MPa chegarasida bo'lishi kerak. Bir xil yuk ko'taruvchanlikka mo'ljallangan sirtmoqlaming o'lchamlari va og'irliklari ilgak og'irligidan kichik bo'ladi, chunki sirtmoqqa ta'sir etuvchi momentlar nisbatan kichikdir. Sochiluvchan materiallar uchun yuk osish organlari sifatida cho'michlar va greyferlar ishlatiladi. Ular yordamida yuklar porsiyalanib tashiladi. Cho'michlar va yuklar maxsus moslamalar yordamida yuklanadi, uni bo'shatish esa to'ntarish yoki tubini ochib tashlash yo'li bilan bajariladi. a) b) Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling