Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temirbeton konstruksiyalar
10-MAVZU: Yig’ma temir-beton konstruksiyalarini montaj qilishda zarur jihozlar. Yig’ma temir-beton tuzilmalarini montaj qilishda zarur bo’ladigan moslamalar va jihozlar .
Reja: 1. Temirbeton konstruksiyalari xaqida ma’lumot. 2. Yig’ma temirbeton konstruksiyalarini montaj qilish. 3. Zarur jihozlar. Temirbeton konstruksiyalar — temirbetonlai tayyorlangan elementlar va ularning birikmalari. Tayyorlanish usuliga koʻra, monolit (yaxlit), yigʻma va yigʻmakuyma xillari boʻladi. Temirbeton konstruksiyalar k. yangi paydo boʻlgan davrlarda (19-asr oxiri, 20-asr boshlari) monolit varianti kengtarkaldi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ham paydo boʻla boshladi. Endilikda qurilishni yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. siz tasavvur etib boʻlmaydi. Monolit Temirbeton konstruksiyalar k. poydevorlar, gidrotexnika va melioratsiya inshootlari, rezervuarlar, suv bosimi minoralari, bunker va silos minoralari qurishda ishlatiladi. Ayniqsa, zilzilabardosh imoratlarni qurishda juda qoʻl keladi, chunki poydevor, ustun, toʻsin va yopmalarning yaxlit holda ishlanishi binoning zilzila bardoshligini taʼminlaydi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ixtisoslashgan zdlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi. Metall va yogʻoch konstruksiyalarga nisbatan yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. chidamliligi, olovbardoshligi hamda zanglashga chidamliligi bilan farqlanadi. Sanoat, uyjoy va fuqaro qurilishi uchun temirbeton qoziqlar, poydevor bloklari, ustunlar, toʻsinlar, ferma elementlari, tom, orayopma va devor panellari, kranosti toʻsinlari, zinapoya marshlari va maydonchalari, balkon va karniz plitalari, deraza va eshik oʻrni panellari, sarbasta (tepadon), deraza osti plitalari va boshqa ishlab chiqariladi. Sanoat binolarining 85% ini yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. tashkil etadi. Yoʻltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar, koʻpriklarning yigʻma elementlari, yoʻlovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv quvurlari va ariqlari, avtomobil yoʻllariga toʻshaladigan yigʻma plitalar va boshqa ishlab chiqariladi. Gidrotexnika inshootlari uchun qobiq plitalar; qishloq xoʻjaligi qurilishi uchun ustunlar, toʻsinlar, turli xil plitalar, molxonalar hamda issiqxonalar, yem saqlanadigan transheyalar uchun kerakli detallar, quduqlar uchun xalkalar va boshqa ishlab chiqariladi. Bulardan tashqari bosim ostida yoki bosimsiz ishlaydigan temirbeton quvurlar, elektr va aloqa simlari uchun temirbeton ustunlar ham tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarning aksariyati standart oʻlchamlarda bajariladi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. uchun betonning mustahkamligi yuqori boʻlgan turlari (V20— V40)dan foydalaniladi. Temirbeton elementlarning choʻziladigan zonalariga qoʻyiladigan armaturalar oldindan zoʻriqtirilsa (tortib taranglashtirilsa), Temirbeton konstruksiyalar k. ning yoriqlar hosil boʻlishiga qarshiligi ortadi. Choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻladigan konstruksiyalar (egiluvchan elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va boshqalar) da oldindan zoʻriqtirilgan armaturali temirbetondan foydalanish yaxshi samara beradi. Krlipga quyilgan beton qorishmasi mexanizatsiyalashgan usulda zichlashtiriladi. Koʻpincha (ayniqsa, oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda) armaturaning oʻta mustahkam xillaridan, tez qotuvchan sementlardan foydalaniladi; betonning qotishini tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bugʻlantiriladi. Yigʻmaquyma (monolit) Temirbeton konstruksiyalar k. yigʻma elementlarning kuyma beton bilan mustahkam birikmasi. Bunda barcha tarkibiy qismlar birgalikda ishlaydi, konstruksiyaga qoʻyiladigan yuk barcha elementlarga tekis taqsimlanadi; Temirbeton konstruksiyalar k. ning yaxlitligi taʼminlanadi. Temirbeton konstruksiyalar k. ning yuk koʻtarish imkoniyati boʻyicha hisoblash nazariyasi oʻzining rivojlanish jarayonida 3 asosiy davrni bosib oʻtdi. Birinchi — dastlabki davrda Temirbeton konstruksiyalar k. ni hisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishlar nazariyasidan foydalanilgan. Bu nazariya materiallar qarshiligi fanining formulalariga asoslangan edi. Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning ilmiy ishlaridan boshlandi (1931). Bu ishlar asosida yaratilgan buzilish bosqichi nazariyasi 1938—55 yillarda qurilish meʼyorlarida asosiy qisoblash nazariyasi boʻlib keldi. Shu davr mobaynida Temirbeton konstruksiyalarining mustahkamligi shu nazariya asosida hisoblanib kelindi. Rivojlanishning uchinchi davrida (1955-yildan) yangi usul — chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblash usuli yaratildi. Bu usul hozirgi kunda ham qoʻllaniladi va davr talabiga moye ravishda yil sayin takomillashib boradi. Zamonaviy qurilish texnologiyasining muhim vazifalaridan biri temirbeton, shu jumladan, yengil Temirbeton konstruksiyalar k. yaratish va amalda joriy etishdan iborat. Temirbetonning afzalliklari: oʻta mustahkamligi; koʻpga chidamliligi; olovbardoshligi; zilzilabardoshligi; mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl berish mumkinligi va h.k. Vazni ogʻirligi, issiqlik va tovushni oson oʻtkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi kabi omillar uning nuqsonlaridir. Betonda yoriq paydo boʻlishining oldini olish uchun armatura oldindan zoʻriqtiriladi. Ilgari betonning mustahkamlik darajalari markalar (M) orqali farklanar edi. Xalqaro standartlarning yangi tizimi boʻyicha beton mustahkamligi sinflar (V) orqali belgilanadi. Mas., beton va Temirbeton uchun ogʻir betonning siqilish mustahkamligi boʻyicha quyidagi sinflar mavjud: V3,5; V5; V7,5; V10; V12:5; V15; V20; V25; VZO; V35; V40; V45; V50; V55; V60. Ogʻir betondan ishlanadigan Temirbeton konstruksiyalarda mustahkamlik sinfi V7,5 dan kam boʻlgan betonlarni qoʻllash mumkin emas. Takroriy yuklar taʼsir etadigan konstruksiyalarda sinfi V15 dan yuqori boʻlgan betonlar qoʻllaniladi. Siqiluvchi Temirbeton elementlari V15 dan kam boʻlmagan, katta yuk ostida boʻladigan konstruksiyalarda esa (mas., koʻp qavatli binolarning quyi qavat ustunlarida) sinfi V25 dan kam boʻlmagan betonlar qoʻllash tavsiya etiladi. Zoʻriqtirilgan beton uchun V20… V60 boʻlgan beton sinflari qabul qilinadi. Temirbeton konstruksiyalarida qoʻllaniladigan armaturalar, sterjenli va simli armaturalarga boʻlinadi. Sirtining shakliga qarab tekis va davriy profilli armaturalar boʻladi. Davriy profilli armatura tekis armaturaga Karaganda beton bilan mustahkamroq bogʻlanadi. Temirbeton elementlar kamida 0,05 % va kupi bilan 3,5 % miqdorda armaturalanadi. Mexanik xossalariga qarab armaturabop metall quyidagi sinflarga boʻlinadi: a) sterjen armaturalar: AI; AP; ASH; A1V; AV; AVI; b) sim armaturalar: BI; VP; Vr II; K7; K19. Atrof muhit temperaturasi — 40° dan 60° gacha oʻzgarganda beton bilan armaturaning asosiy fizikmexanik xossalari oʻzgarmaydi. Tra 60° dan oshganda betonning strukturasi buzila boshlaydi va mustahkamligi pasayadi, masalan, tra 200° ga yetganda betonning mustahkamligi 30—40 % pasayadi. Oddiy Temirbeton uchun 500°—600° issiklik kritik tra hisoblanadi. Shuning uchun oddiy Temirbetonni 200° dan past sharoitda ishlatish tavsiya etiladi. Yuqori (1700° gacha) trada ishlaydigan issiklik agregatlari uchun issiqbardosh Temirbetondan foydalaniladi. Har qanday qurilish materiallari singari, beton buyumlar ham o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Bundan sezilarli afzalliklar mavjud, ular orasida: Chidamlilik. Temir-beton konstruktsiyalar (beton buyumlar) yong'inga chidamli va bardoshli, atmosfera ta'siriga qarshi maxsus himoya choralarini talab qilmaydi; Yuqori kuch va stressga qarshilik. Vaqt o'tishi bilan betonning mustahkamligi ortadi va armatura korroziyaga uchramaydi, atrofdagi beton bilan himoyalangan. Temir-beton yuqori yuk ko'tarish qobiliyatiga ega, u statik va dinamik yuklarni yaxshi qabul qiladi Ishlab chiqarish qobiliyati, turli xil shakllar. Katta me'moriy ekspressivlikka erishadigan temir-betondan turli shakldagi konstruktsiyalar va konstruktsiyalarni yaratish nisbatan oson. Arzon. Temir-betonda asosiy hajmni hamma joyda mavjud bo'lgan materiallar - shag'al, shag'al, qum egallaydi. O'rnatish qulayligi, qurilishning tez sur'ati. Tayyor temir-beton buyumlar bino va inshootlarni qurishning yuqori sur'atlarini ta'minlaydi. Temir-beton buyumlarning muhim kamchiliklari - yuqori zichlik - asosan yengil beton (sun'iy va tabiiy gözenekli agregatlarda) va gazbeton yordamida yo'q qilinadi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling