Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 1.51 Mb.
bet23/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

a)


113- rasm. Sirtmoqli (a) va bog'lab (b) stroplash:
1 - temir-beton to'sin; 2 - teplofikatsiya kamerasining bloki;
3 - devor paneli; 4 - sokol paneli; 5 - zina maydonchasi;
6 - telefon quduq bloki; 7 - qo'shtavr to'sin; 8 - balkon plitalari.

kerak. Stroplarning barcha tolalari bir tekisda tortib taranglangan bo'lishi lozim. Bu narsa yukni yuk ko'tarish mexanizmining ilmog'iga ilish· nuqtasi yukning og'irlik markazidan o'tuvchi vertikal o'qda bo'lishi, stroplami yukka mahkamlanadigan joyi nuqtasiga nisbatan simmetrik joylashgan bo'lishi demakdir. Stroplar yukka mahkamlanganda ularning uzunligi bir xil bo'lishi kerak.


Yuklar taxlangan joyda yoki transport vositasida turg'un tayanib turganda stroplanadi va stroplardan bo'shatiladi. Stroplashjoylari yukning og'irlik markazlaridan tashqarida bo'lishi kerak. Bujoylar yuk osish moslamasi tolasining gorizontga nisbatan yo'l qo'yilgan og'ish burchaklariga qarab tanlanadi. Ko'p tarmoqli stroplarda bu burchak qanchalik kichik bo'lsa, stropda shunchalik katta kuch paydo bo'ladi. Bu burchak kattalashgan sari stroplardagi kuch kichrayib boradi, ammo ayni vaqtda yukni stroplash balandligi ortadi, buning oqibatida kran ilgagining foydali ko'tarilish balandligi yo'qoladi. Stropning gorizontga nisbatan 45° og'ish burchagi optimal hisoblanadi. Yukning massasi va gabaritlariga, yuk osish moslamasining yuk ko'taruvchanligiga qarab og'ish burchagini 15° kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin. Stroplarni 30° dan kichik yoki 60° dan katta burchak ostida joylashtirish yaramaydi.
Simmetrik yukning og'irlik markazi geometrik markazda bo'ladi. Agar yuk simmetrik bo'lmasa, og'irlik markazi hisoblash yoki stroplami yukning asosiy qisnuga yaqin joylashtirish, tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Simmetrik bo'lmagan yuk ko'tariladigan stroplarning ayrim tolalarining tarangligi ko'tariladigan yuk gorizontal holatida bo'lgan holdagina bir xil bo'ladi. Agar yuk bir tomonga og'ib ketsa, stroplashni to'g'rilash kerak, chunki stropning ilmoqqa osilgan joyi og'irlikmarkazidan o'tmagan bo'ladi.Ustun tipidagi apparatlar va machtalar og'irlik markazidan yuqoriroqda stroplanadi, aks holda ular ko'tarilganda to'ntarilib ketishi mumkin.
Yuk ilish organini bitta tarmog'iga to'g'ri keladigan kuch quyidagi formuladan aniqlanadi:

bunda: G - yuk massasi; L - tarmoq uzunligi; m - yuk ilish vositasidagi tarmoqlar soni; l - sirtmoqlar orasidagi masofa (4 - tarmoqli stropda diagonal bo'yichajoylashgan sirtmoqlar orasidagi masofa).
Har smenada ish boshlashdan oldin kran ilgagiga osilgan yuk osish moslamalarini muayyan tartibda, masalan, pastdan yuqoriga tomon ko'zdan kechirish, ya'ni tekshirishni yuk osish organlaridan boshlash, so'ngra boshqa qismlarga o'tish va halqada tugallash kerak. Ko'zdan kechirishdan maqsad moslamaning ishga shayligini aniqlash. Yuk osish moslamalarini maxsus ruxsatno­ masi bo'lgan zavodlargina ta'mirlashi mumkin.
Ko'tariladigan yuk muvozanati buzilganda stroplarni yuk bo'ylab sirpanib ketishdan ehtiyot qilish kerak. Buning uchun stropka qilinadigan joyning yuk konturi stropning sirpanishiga to'siqlik qiladigan tarzda tashlash kerak. Agar bunday joyni tanlash mumkin bo'lmasa, yuk og'ganda stroplarning chiqib ketishiga xalaqit beradigan to'sqichlarni yukka mahkamlash lozim. Masalan, apparatlarni soxta shtutserdan stroplashda, shtutserda gardishlar bo'lishi lozim. Gardishlar har qanday sharoitda stropning chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Buralgan, tugunlari bor bo'lgan arqonli stroplardan foydalanib bo'lmaydi.
Ishlangan yuzalardan stroplashga ruxsat etilmaydi; bu yuzalar ko'targanda shikastlanmasligi uchun ulami qoplamalar bilan ehtiyotlash kerak.


  1. b)


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling