Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Download 1.51 Mb.
|
Markaz Domla7777
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim oluvchi
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
26-MAVZU: Stroplarga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va moylash. Reja: 1. Stroplarga texnik xizmat ko’rsatish. 2. Texnik xizmat ko’rsatishdagi ishlar. Po'lat simli arqonlar og'ir yuklar (qismlar, elementlar)ni ko'tarishda ishlatiladi. Po'lat arqonlar ko'p montaj mexanizmlari va moslamalarining ajralmas qismidir. Po'lat simli arqonlarning diametri 3,7-65 mm bo'lib, uzunligi 250, 500 va 1000 m qilib ishlab chiqariladi. Po'lat simli arqonning xizmat muddati uning tuzilishiga, shuningdek, diametrining u qamraydigan mexanizm barabani yoki bloki (polistpast)ning diametriga bog'liq bo'ladi. Baraban yoki blokning diametri arqonning diametridan 16 va undan ortiq marta katta bo'lishi tavsiya etiladi. Po'lat simli arqonlar bir, qo'sh yoki uch eshimli bo'ladi. Bir eshimli po'lat argonlar bevosita simlardan eshiladi. Qo'sh eshimli arqonlar qo'sh eshimli bir necha arqondan eshiladi. Bundan tashqari toladagi simlarning eshimi va argondagi tolalarning eshimi bir yo'nalishda bo'lgan, bir tomonlama hamda toladagi simlarning eshimi arqondagi arqonlardan iborat bo'ladi. Montaj ishlarida ayqash eshimli arqonlardan foydalangan ma'qul, chunki ular yuklama ta'sirida cho'zilganda bo'shalib ketmaydi. Po'lat simli argonlarga gayishgoglik va elastiklik berish uchun kanop o'zakli gilib eshiladi. Bu o'zak argon moyini saglab turish uchun ham zarur. Biroq argonning gayishqoqligi argon simlarining diametri kamayishi bilan ortadi. Ko'p marta cho'zilib, so'ngra termik va kimyoviy ishlov berilgan yaltirog yoki ruxlangan po'lat simlar (2) (diametri)dan 3 mm eshilgan argonga po'lat simli argon deyiladi. Bu argonlarning mustahkamlik chegarasi 1600....2600 MPa bo'ladi. .Po'lat simli argonlarning har biri po'lat simlar (2) dan tarkib topgan o'rimlar (1) dan to'gilgan. O'rimlar kanop o'zak (3) atrofiga yoki o'rimlarning o'zidan yumshoqroq po'lat simdan tayyorlangan o'zak atrofiga o'raladi. Yuk ko'taruvchi mashinalarda ko'pincha go'sh o'rimli arqonlar ishlatiladi: avval po'lat simlar markaziy sim atrofida eshiladi, so'ngra o'rim o'zak atrofida eshilib, po'lat simli argon hosil qilinadi. Arqondagi po'lat simlar va o'rimlar soni har xil bo'ladi. Ammo yuk ko'taruvchi mashinalarda, asosan, olti o'rimli argonlar ishlatiladi. Ulardagi o'rimlar ichidagi po'lat simlar soni 19 va 37 ta bo'ladi. Sakkiz o'rimlar ichidagi po'lat argonlar kranlarda va ko'targichlarda kichik diametrli barabanlar va shkivlar ishlatilganda go'llaniladi. Ko'p gavat argon o'raladigan barabanlarda ular ishlatilmaydi. Po'lat arqonlar simining mexanik xossalariga qarab: yuqori markali-10, birinchi markali-1, ikkinchi markali-11 bo'ladi. Po'lat arqonning mustahkamligini oshirish uchun ular turli diametrdagi simlardan eshiladi. Kabel krani va boshqa kranlarning yuk aravachalari siljiydigan arqonlar silliq sirtli bo'ladi. Zavodda tayyorlangan arqonni yuk ko'tarish mexanizmlariga o'tkazish, ilish moslamalari tayyorlash uchun ko'pincha ma'lum uzunlikdagi bo'laklarga bo'lishga to'g'ri keladi. Arqon shu bo'lingan joydan chuvalab ketmasligi uchun arqon diametrining 1-2 uzunligigacha joyiga yumshoq sim o'rab qo'yiladi, shundan keyingina qirqiladi. Barcha po'lat arqonlar chuvalayotganda buralib halqa yoki sirtmoq hosil bo'lib qolmasligi zarur, aks holda simlar uzilishi mumkin. Po'lat simli arqonlar ishqalanib yoyilib ketmasligi uchun yuk ko'tarish mexanizmiga ularni to'g'ri bog'lash, vaqti-vaqti bilan ko'zdan kechirib turish zarur. Agar simlar uzilgan bo'lsa, arqon o'ramining har qadamiga nechta uziq sim to'g'ri kelishini bilish lozim, o'ram qadami quyidagicha aniqlanadi: sim arqondagi simlar tutamining bittasiga bo'r yoki bo'yoq bilan belgi qo'yiladi. Shu tutamdan boshlab arqon o'qi yo'nalishida sanab arqonning nechta tutamdan iboratligi bilib olinadi va shundan keyingi o'ramga ikkinchi belgi qo'yiladi. Belgilar orasidagi masofa o'ram qadami bo'ladi. Uzilgan simlar soni me'yordan ortsa, arqon brakka chiqariladi. Po'lat simli arqonlar yuklama ostida yotganda, unda qo'shimcha ichki kuchlar, ya'ni egilish, cho'zilish, kontakt bosim va hokazolar hosil bo'ladi. Po'lat simli arqonlaming yeyilishiga asosiy sabab yuklama ostida egilishga va buralishga ishqalanishi qo'shni ko'ndalang kesimda simning sirpanishi oqibatida elastik defor matsiyadan hosil bo'lgan ichki kuchlanishlardir. Bu ichki kuchlanishlar arqonning uzilishiga olib keladi. Shuningdek, po'lat simli arqonlaming yeyilishiga atrof-muhitning abroziv changlari va arqonning o'z vaqtida moylanmasligi sabab bo'ladi. Po'lat simli arqonlar 6 oydan keyin har 6 oyda moylab turiladi. Ular texnik vazelin, solidol va 10-15% III navli bitumdan iborat arqon moyi bilan moylanadi. Arqonlarni moylashdan oldin ular metall cho'tka bilan loy va eski moydan tozalanadi. So'ngra ular (1-2 m/min tezlikda), ya'ni sekin vannadagi uchta rolikdan o'tkaziladi. Roliklardan biri 50-60°C gacha isitilgan moy ichida bo'ladi. Ochiq havoda ishlaydigan ko'chma kranlarda o'xshash mexanizmlardagi arqonlar kamida bir oyda bir marta moylanadi. Boltli birikma bilan tugishda arqonning ikkala tarmog'i qistirma orasiga joylashtiriladi va gayka bilan tortiladi. Diametri 10 mm dan 34 mm gacha bo'lgan arqonlarda qistinnalar soni uchtadan yettitagacha bo'ladi, ular orasidagi masofa esa tegishlicha 80 mm dan - 230 mm gacha bo'lishi kerak. Argon uchini boltli qistirgichlar bilan tugish ponali qistirmalar bilan tugishga nisbatan ancha sermehnat. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling