Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 1.51 Mb.
bet36/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

Payvand zanjirlar. Oddiy yuk ko'taruvchi va yuk ilish organlarida takelaj moslamalari sifatida St3S, St2 va St3 va DAST 1050-60 bo'yicha St10 markali po'latlardan tayyorlangan zanjirlar ishlatiladi. St3S markali po'latdan tayyorlangan zanjirlarning zvenosi temirchilik usulida payvandlab yoki kontaktli payvandlash usulida, boshqa materiallardan yasaladigan zanjirlar esa kontaktlab elektr payvandlash usulida tayyorlanadi.
Zanjirlar aniq tayyorlanishi bo'yicha kalibralangan (109- a rasm) va kalibralanmagan (oddiy) (109- b rasip) turga bo'linadi. Ikkala zanjir ham diametri 2 mm dan 26 mm gacha bo'lgan po'lat simdan qadami 12 mm dan 72 mm gacha va kengligi 9 mm dan 84 mm gacha qilib tayyorlanadi. Zanjirlarni uzuvchi kuch 25x 103 dan 50 · 104 N gacha o'zgaradi. Ular yuklarni bog'lash va ulami ko'tarish mexanizmlarining ilgagiga mahkam­ lash uchun, shuningdek, montaj mexanizmlarida, tallar va kranlarda qo'llaniladi.



baraban


  1. Q

108- rasm. Polispast sxemasi.
Payvand zanjirlami hisoblash xuddi po'lat arqonlar singari quyidagi formula bo'yicha bajariladi.
bunda, Smax - eng katta ishchi kuch, N; n3 - uzuvchi kuchga nisbatan mustahkamlik ehtiyot koeffitsiyenti bo'lib, Davlat texnika nazorati talablari bo'yicha 4.3- jadvaldan qabul qilinadi; Suz -payvand zanjirini uzuvchi kuch bo'lib, DAST 2319-70 bo'yicha qabul qilinadi.
Zanjirlar aylanib o'tadigan baraban, blok va yulduzchalar diametri zanjir tayyorlangan sim diametridan 20 marta katta bo'lishi kerak, mashina yuritmali zanjirda bu nisbat 30 martagacha oshiriladi. Payvandlangan zanjirlar mustahkamligining ehtiyot koeffitsiyenti quyidagicha qabul qilinadi: dastaki yuritmali kranda 3, mashina yuritmali kranda 6...8.
Sudrashda ishlatiladigan zanjirlar uchun (yuritma qanday bo'lishidan qat'yi nazar) yuklami ilgakka osish va yukni o'rab bog'lashda mustahkamlik ehtiyot koeffitsiyenti 5 ga teng qilib qabul qilinadi.
Stroplarni tayyorlashda ishlatiladigan zanjirlarda Davlat standartlariga mos kelgan tayyorlovchining ikki tomonlama tajriba o'tkazishga sertifikati bo'lishi zarur. Sertifikati bo'lmagan zanjirlar tajriba o'tkazish yo'li bilan ularni uzuvchi kuchi va o'lchamlarining Davlat standartlariga mos bo'lishi aniqlanadi. Zanjirlar ulangandan so'ng 10 daqiqa davomida 1,25 barobar hisobiy tortuvchi kuchdan ortiq holda tajriba o'tkaziladi. Payvand zanjirlarni hisoblash va ulami tanlash zanjirli stropning hisobida keltirilgan.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling