Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


Download 1.51 Mb.
bet67/79
Sana09.06.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1472590
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
Bog'liq
Markaz Domla7777

Oʻlchov asboblari — belgilangan diapazonda oʻlchangan fizik miqdorning qiymatlarini olish uchun moʻljallangan oʻlchov vositasi. Koʻpincha oʻlchash moslamasi operatorning toʻgʻridan-toʻgʻri idrok etishi mumkin boʻlgan shaklda oʻlchash maʼlumotlarining signalini yaratish uchun oʻlchov vositasidir.
Oʻlchov vositasi — normallashtirilgan metrologik xususiyatlarga ega boʻlgan, oʻlchami maʼlum vaqt oraligʻida oʻzgarmagan holda (belgilangan xatolik doirasida) olinadigan fizik miqdor birligini takrorlaydigan va (yoki) saqlaydigan oʻlchovlar uchun moʻljallangan texnik vosita.
Toʻgʻridan-toʻgʻri (bevosita) ishlaydigan va taqqoslash (bilvosita) oʻlchov asboblari oʻrtasida ham farq mavjud.
Toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan oʻlchash moslamasida oʻlchov natijasi toʻgʻridan-toʻgʻri uning displey qurilmasidan olinadi. Bunday qurilmalarga ampermetr, manometr, simob-shisha termometrni misol qilib keltirish mumkin. Toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir oʻlchash asboblari toʻgʻridan-toʻgʻri baholash usuli bilan oʻlchash uchun moʻljallangan.
Bundan farqli oʻlaroq, oʻlchov bilan taqqoslash orqali oʻlchash solishtirish uchun oʻlchov asboblari yordamida amalga oshiriladi, ular ham taqqoslagichlar deb ataladi.
Taqqoslash oʻlchash moslamasi — oʻlchangan miqdorni qiymati maʼlum boʻlgan miqdor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taqqoslash uchun moʻljallangan oʻlchash moslamasi. Taqqoslagichlarga misollar: ikki pallali tarozi, interferentsiya uzunligi komparatori, elektr qarshilik koʻprigi, elektr oʻlchash potansiyometri, fotometrli fotometrik dastgoh. Taqqoslovchilar oʻz vazifalarini bajarish uchun oʻlchov birligini saqlamasligi mumkin. Bunday taqqoslashlarni, qatʼiy aytganda, oʻlchov vositalari deb hisoblash mumkin emas, ammo ular bir qator muhim metrologik xususiyatlarga ega boʻlishi kerak, birinchi navbatda, kichik tasodifiy xato va yuqori oʻlchov sezgirligini taʼminlaydi.
Kesuvchi asboblar – texnologik mashina va jihozlarni ishlab chiqarishda ishlab chiqarishning asosiy visitasi bo‘lib, zagotovkalarga dastgohlarda mexanik ishlov berish vaqtida dastgohni zagotovka bilan birikishda bo‘lishini ta‘minlaydigan va bog‘laydigan tashkil etuvchi qismi hisoblanadi.
Kesuvchi asboblarni vazifasi – ishchi chizmaning texnik talablari asosida qo‘yimni kesib olish hisobiga detalni yuzalari va o‘lchamlarini shakllantirishdir.
Kesuvchi asboblarning konstruktsiyalari va qo‘llash sohalarining turli tumanligiga qaramay, ularning umumiy konstruktiv, geometrik va boshqa elementlari hamda dastgohga mahkamlash usullari o‘xshashdir.
Har qanday kesuvchi asbob ishchi (kesuvchi) va mahkamlovchi qismlardan tashkil topgan. Kesuvchi qismning asosi pona bo‘lib, qirindini zagotovka yuzasidan kesib olishga mo‘ljallangan.
Mahkamlovchi qism, korpus yoki quyruq ko‘rinishida bo‘lib, kesuvchi asbobni dastgohning shpindeliga o‘rnatish, bazalash va mahkamlash uchun xizmat qiladi.
Kesuvchi pona ikkita yuzalar bilan chegaralangan: oldingi yuza qirindi kesadi va kesish yuzasiga bog‘langan orqa yuza; agar ushbu yuzalar yassi ko‘rinishida bo‘lsa, ularni qirralar deb ataladi va ular o‘zaro kesishganida kesuvchi tig‘ni hosil qiladi.
Kesuvchi tig‘, asosiy va yordamchi kesuvchi tig‘larga bo‘linadi. Asosiy kesuvchi tig‘ qo‘yimning asosiy qismini kesishga mo‘ljallangan, yordamchi tig‘esa ushbu jarayonda qisman ishtirok etadi va ishlov berilgan yuzani yakuniy shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ba‘zi bir kesuvchi asboblarda, masalan, rezba kesuvchi asboblarda yordamchi kesuvchi tig‘lar bo‘lmaydi. Ko‘p tig‘li kesuvchi asboblarni ishlash qobiliyatini ta‘minlash maqsadida tig‘lar orasidagi bo‘shliq kesiluvchi qirindini erkin harakatlanishi uchun xajmi bo‘yicha yetarli darajada bo‘lishi keraka. Shu maqsadda oldingi yuzalarda qirindini hosil bo‘lishi va maydalanishi uchun chuqurcha, ustuplar va boshqa turdagi elementlar yaratiladi. Kesilayotgan qatlamni kengligi katta bo‘lsa, kesilayotgan qirindini kengligi bo‘yicha ajratib olish va tig‘lar orasida yuklanishni maqbul taqsimlanishi uchun kanavkalar yaratiladi.
Ko‘pchilik kesuvchi (parma, zenker, razvyortka, sidirgich va boshq.) asboblarda ishchi qism kesuvchi va kalibrlovchi qismlarga bo‘linadi.
Kesuvchi qism asosiy qo‘yimni kesib olishga, kalibrlovchi qism esa ishlov berilgan yuzani yakuniy shakllantirishga (ba‘zi holatlarda kesuvchi asbobni yo‘naltirishga va uzatishga, masalan, rezba kesuvchi asboblar) mo‘ljallangan.
Teshikka ishlov beruvchi kesuvchi asboblarda kalibrlovchi qism yordamchi kesuvchi qirralar joylashgan lenta ko‘rinishida tayyorlanadi. Lentalar, kesuvchi asbobni teshik ichida yo‘naltirish va bazalash uchun, yordamchi tig‘lar - teshikni ishlov berilgan yuzasini yakuniy shakllantirish uchun xizmat qiladi. Kesuvchi asbobning teshik ichida tiqilib qolishini oldini olish va lentaga ishqalanish kuchini kamaytirish maqsadida, kalibrlovchi qismda uncha katta bo‘lmagan teskari konuslik, ya‘ni kesuvchi asbobning tashqi diametrini quyruq qismi yo‘nalishi bo‘yicha kichraytirilib hosil qilinadi.
Kesuvchi asbobni vazifasi va detal yuzasining shakliga ko‘ra kesuvchi tig‘lar to‘g‘ri chiziqli, vintsimon va shakldor ko‘rinishda bo‘ladi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling