Nazariy o`quvmashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi 1-Mavzu: Buldozerlar haqida umumiy ma`lumot


Download 2.37 Mb.
bet10/64
Sana26.10.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1724291
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Bog'liq
buldozer

Ish sikli. Buldozerning ish sikli gruntni qirqish(qazish), ish yo’li, orqaga yurish uchun xarakatni almashish maqsadida to’xtash, qirqishni davom ettirish uchun dastlabki xolatga qaytish (salt yurish) va oldinga yurish uchun xarakatni almashlab quyish uchun to’xtashdan iborat. Ba’zan ish sikliga, agar navbatdagi ish yulini boshqa joydan boshlash talab etilganda, zarur bo’ladigan manyovr qilish xam kiradi.
Ish yo’li ish siklining eng murakkab elementi xisoblanadi. Ish siklida otvalni gruntga botirish, otval oldidagi gruntni(grunt prizmasini surib) to’plash, grunt o’rnini to’ldirish uchun gruntni uzluksiz qirqish bilan otvalni ma’lum masofaga surib borish, gruntni zarur joylarga taqsimlash va joylashtirish ishlari bajariladi.
Otvalni gruntga botirish va uni surish (3-rasm) grunt turiga, yuzaning tekisligi va nishabligi xamda boshqa ekspluatatsiya sharoitlariga qarab turlicha bajariladi. Bu operatsiyani bajarishning keng tarkalgan uchta sxemasi mavjud.

3-rasm. Otvalni gruntga asta bostirib (a), bosqichli botirib (b)
va bir xil chuqurlikda qirkib(v) surish.
Tekis yuzada otval imkoni boricha chuqur, keskin botiriladi va u surilayotgan grunt ko’payib borishiga qarab otval ko’tara boriladi(3-rasm,a).
Mashina massasi gruntni qirkishga yordam beradigan juda katta nishablikda ishlayotganda otvalni gruntga botirish va uni surish deyarli uzluksiz chukur qirqish bilan amalga oshiriladi (3-rasm, v).
Amalda bajariladigan buldozer ishlari yuzaning notekisligi, gusenitsalar yoki gildirakli traktorlar osmasidagi mavjud elastik zvenolarga boglik bo’lgan otvalning anik boshqarilmasligi sababli otvalni gruntga botirish va uni surish otvalning qisman botishi va qayta botishi bilan birga bosqichli sxema buyicha (3-rasm, b) olib boriladi.
Tik qiyaliklarda terrasa va polkalar buldozerni nishablikda pastga qaratib burgan xolda gruntni bo’ylama surib ishlanadi. Ish boshlashdan avval bastlabki polkani buldozer ishonchli ishlay oladigan qilib ishlash kerak.
Bunday polka ko’pincha buldozerning o’zi bilan ishlanadi. Buning uchun qiyalikda yuqoriga qarab xarakatlanayotganda otval gruntga tushiriladi va mashina 900 ga burilayotganda bir uchi bilan kichik polkani qirqadi. Bu operatsiyani qaytarish bilan bo’ylama o’tib ishlashga etadigan maydoncha xosil qilinishi mumkin. Burilishlarda mashinaga ortiqcha nagruzka tushmasligi uchun otval chuqurroq botirib boriladi.
Otvalni buriladigan qiya o’rnatilgan yoki otvali gidravlik qiyalatiladigan buldozerlar bu operatsiyani otvali burilmaydigan oddiy buldozerlarga nisbatan samaraliroq va tezroq bajaradi. Pioner polka, agar kiyalik juda xam tik bulmasa, yukoridan pasiga karab utish bilan ishlanishi xam mumkin. Pioner polka ishlangach, terrasa gruntni polka kirrasiga surish uchun mashinani kiyalik tomonga burish bilan buylama utib ishlanadi.
Bunday burilishlarni otvali burilmaydigan buldozerlar xar 1 – 3 m utgandan sung bajaradi. Otvali buriladigan buldozerlarda grunt uzluksiz yon tomonga tushish uchun plandagi burchak etarli emas, shuning uchun xam bu tipdagi mashinalar uchun bunday burilishlar zarur.
Terrasalarni buylama utib ishlash buldozerlar uchun ancha kiyin va xavfli ish xisoblanadi. Barcha xollarda xam polkani yon bagir tomonga kiya xolatda saklash kerak, aks xolda buldozer qiyalik buylab surilib tushib ketitshi mumkin.
Nazorat savollari:

  1. Buldozerlar tuzilishi va tavsifnomasi.

  2. Buldozerlarning asosiy ish jixozlari.

  3. Otvalni tuproqqa botirish usullari.

  4. Buldozerlarda bajariladigan ishlar texnologiyasi.

  5. Buldozerlarning asosiy parametrlari

6. Buldozerlarlarni ish unumdorligini xisoblash

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling