Nazariy qism C++da funktsiyalar
Funkstiyaning aniqlanishi
Download 304.21 Kb.
|
Amaliy ish 2
Funkstiyaning aniqlanishi.Funkstiyaning aniqlanishi ikki qismdan – uning sarlavhasi va tanasidan iboratdir. Funkstiyaning sarlavhasi uning prototipiga o’xshash aniqlanadi, faqatgina bu holda parametrlar nomlangan bo’lishi shart va sarlavha oxirida nuqtali vergul qo’yilmaydi. Funkstiya tanasi figurali qavsga olingan ifodalar to’plamidan iborat. Funkstiyaning sarlavhasi va tanasi 5.3 - rasmda ko’rsatilgan. qaytaradigan tipi nomi parametrlari int Yuza (int uzunlik,int kenglik) { - ochiluvchi figurali kavs. // funktsiya tanasi return (uzunlik*kenglik); } - yopiluvchi figurali kavs. Qaytarilayotgan turning qiymati, massiv va funktsiyadan tashqari, har qanday bo‘lishi mumkin, ammo massiv yoki funktsiyaga ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Formal parametrlar ro‘yxati - bu funktsiyaga uzatilishi lozim bo‘lgan qiymatlar. Ro‘yxat elementlari vergullar bilan ajratiladi. Har bir parametr uchun tur va nom ko‘rsatiladi. E’londa nomlarni ko‘rsatmasa ham bo‘ladi. Funktsiya tanasida yozilgan operatorlar bajarilishi uchun, funktsiyani chaqirib olish lozim. Chaqirishda funktsiyaning nomi va faktik parametrlari ko‘rsatiladi. Funktsiya tanasi operatorlarini bajarishda faktik parametrlar formal parametrlarning o‘rnini egallaydi. Faktik va formal parametrlar miqdori va turiga to‘ra bir-biriga mos kelishi kerak. Kompilyator chaqirilishning to‘g‘riligini tekshirish imkoniga ega bo‘lishi uchun, funktsiyani e’lon qilish funktsiya chaqirilishdan oldin matnda bo‘lmog‘i lozim. Agar funktsiya void bo‘lmagan turga ega bo‘lsa, u holda uning chaqirilishi ifodaning operatsiya bajarilayotgan elementi bo‘lishi mumkin. Misol: Aytaylik, uchburchak tomonlarining koordinatalari berilgan. Agar shunday uchburchak mavjud bo‘lsa, uning maydoni topilsin. Download 304.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling