Nazariy qism C++da funktsiyalar
Download 304.21 Kb.
|
Amaliy ish 2
Amaliy ishi №2 Mavzu: Funksional dasturlash Maqsad: Operatorlarni tanlash va ishlatish, funktsiyalardan foydalanish ko`nikmalarini xosil qilish. Nazariy qism C++da funktsiyalar. Dastur hajmining ko‘payishi bilan uning xoitrasida hamma detallarni saqlab turish imkoni qiyinlashadi. Dasturni soddalashtirish uchun, u qismlarga bo‘linadi. Si++ da masala funktsiyalar yordamida soddaroq masalachalarga bo‘linishi mumkin. SHuningdek masalaning funktsiyalarga bo‘linishi kodning ortiqchaliligini bartaraf etish imkonini ham beradi, chunki funktsiya bir marta yoziladi, ko‘p marta chaqiriladi. Tarkibida funktsiya bo‘lgan dasturni sozlash oson bo‘ladi. Ko‘pincha qo‘llanayotgan funktsiyalarni kutubxonalarga joylashtirish mumkin. Shunday qilib sozlashda va kuzatib borishda ancha sodda dasturlar yaratiladi. Funkstiyani e’lon qilish.Funkstiyani e’lon qilishning uch xil usuli mavjud: Funkstiya prototipi faylga yoziladi, keyin esa u #include ifodasi qo’llanilib kerakli dasturga qo’shib qo’yiladi. Funkstiya ishlatiladigan faylga uning prototiplari yoziladi. Funkstiya uni chaqiruvchi ixtiyoriy funkstiyadan oldin yoziladi va bu holda funkstiya e’lon qilinishi bilan bir vaqtda aniqlanadi. Funkstiyani prototipini tuzmasdan turib ham uni ishlatishdan oldin e’lon kilish mumkin. Lekin, dasturlashning bunday uslubi quyidagi uchta sababga ko’ra yaxshi hisoblanmaydi. Birinchidan, funkstiyani faylda ko’rsatilgan tartibda yozish, uni dastur ishlatilishida o’zgartirish jarayonini murakkablashtiradi. Ikkinchidan, quyidagi ko’p uchraydigan holatni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas. A() funkstiya V() funkstiyani chaqirsin. Xuddi shuningdek, dasturning biror bir qismida V() funkstiya A() funkstiyani chaqirsin. U holda biz A() funkstiyani V() funkstiya aniqlanmasdan turib ishlata olmaymiz. Bu holda hech bo’lmaganda bitta funkstiya oldindan e’lon qilinishi lozim. Uchinchidan, funkstiyaning prototiplari dasturni tekshirish jarayonida juda yaxshi ishlatiladi. Agarda funkstiya prototipi aniqlangan bo’lsa unga muvofiq funkstiya aniqlangan parametrini qabul qiladi yoki aniqlangan biror bir qiymat qaytaradi. Dasturda e’lon qilingan prototipga muvofiq bo’lmagan funkstiyani ishlatishga urinsak kompilyator bu xatolikni kompilyastiya jarayonini o’zidayoq aniqlaydi va dastur ishlashida turli noxush xatoliklarni ro’y berishining oldini oladi. Download 304.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling