Nazariy qism Signal qurilmalariga ta’minotni ulash


Download 213.12 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi213.12 Kb.
#1783895
Bog'liq
2-amaliy mashg`ulot


2 – AMALIY MASHG’ULOT


Avtoblokirovkaning peregondagi signal qurilmalarining elektr ta’minotini o‘rganish


Mashg‘ulotning maqsadi: Avtoblokirovkaning peregondagi signal qurilmalarining elektr ta’minotini ulashni o‘rganish


Nazariy qism
Signal qurilmalariga ta’minotni ulash
Peregondagi avtoblokirovkaning signal qurilmalari ta’minotni ikkita bir fazali OM-10/0,23 quvvati 0,63; 1,25 va 4 kV∙A, asosiy VL SSB va zaxiraviy VL PE liniyalariga ulanadigan moyli transformatorlardan oladi (2.1-rasm). OM transformatorlari nominal quvvatdan yuqori bo‘lgan o‘ta kuchlanishlarga imkon beradi: 30% 1 soat ichida; 60% 45 daqiqa davomida; 100% 10 daqiqa davomida; 200% 1,5 daqiqa davomida.
Asosiy va zaxiraviy ta’minotni liniya transformatorlarini bitta tayanchda joylashtirish man etiladi. Releli shkaflarning asosiy OPX-OOX va zaxiraviy RPX-ROX ta’minotlari bo‘lak transheyalarda yotqizilgan kabellardan uzatiladi. Signal qurilmalarini zaxiraviy ta’minoti uchun, liniya iste’molchilarini elektr energiya bilan ta’minlovchi transformatorlardan, yo‘l uskunalari uchun transformatorlardan tashqari, foydalaniladi.
Agar qo‘llaniladigan transformatorlarning neytrali zaminlangan bo‘lsa, avtoblokirovka qurilmalari uchun izolyatsiyalovchi transformator o‘rnatish kerak bo‘ladi. OM transformatorining α va x birlamchi chulg‘amlari 10 kV kuchlanishli yuqori kuchlanish simlariga PKN saqlagichlar orqali ulanadi (2.1-rasm).
O‘ta kuchlanishdan himoyalash uchun transformator o‘rnatilgan tayanchga tashqi razryadniklar RV5 o‘rnatiladi. Ular OM transformator ulangan yuqori kuchlanish liniya simlariga ulanadi. Shunday qilib, PKN saqlagichlarining kirish qisqichlari ventilli razryadnik RV5 orqali yuqori kuchlanishli zaminlovchi VVZga ulanadi.
Razryadniklarning zaminlovchi chiqishlari tayanchlar oldida joylashtirilgan transformator korpusi va VVZ zaminlovchi bilan ulanadi. Transformatorni (past kuchlanishli) ikkilamchi cho‘lg‘amining x chiqishi korpusga teshib o‘tuvchi saqlagich PP2 orqali ulanib, uning teshib o‘tish kuchlanishi 1,0....1,2 kV oshiq bo‘lmasligi lozim.
Kabelning zirxi va metall qobig‘i, releli shkaf va kabel qutisi korpuslarini ulovchi, alohida zaminlovchiga ulanadi. Ushbu zanjirlarga xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik shartlari bo‘yicha yuqori kuchlanishli zaminlovchi bilan ulanmasligi lozim.
Teshib o‘tuvchi saqlagich PP2 (2.1-rasm) releli shkafda ta’minot simlari PX va OX va yer bilan orasida joylashtirilgan past kuchlanishli razryadnik RVNSH-250 ni qaytaradi. U, OM chulg‘amlari orasidagi izolyasiya buzilganda, RSHga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar xavfsizligini oshiradi.
Bundan tashqari, PP2 OM chulg‘amlarini korpusga teshib o‘tishini oldini oladi va chulg‘amlararo momaqaldiroq urganda ventilli razrayadniklar RV5 ishlab ketgandan so‘ng va yuqori kuchlanishli zaminlovchilardan katta toklar oqib o‘tganda.
Teshib o‘tuvchi saqlagich PP2 ning ulanishi sxemaga aniq mos kelishi lozim. PP2 ning bitta elektrodi transformator korpusiga ulanadi, boshqasi-ikkilamchi chulg‘amning x1, x2, x3 kabel qutisiga ketuvchi OPX (RPX) simlariga ulanadi. Avtomatik o‘chirgich AVM yoki eriydigan saqlagich (kabel qutisida o‘rnatiladi) OOX (ROX) simlariga ulanishi lozim.
Ushbu simlar OM transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘ami a1 yoki a2 chiqishlariga ulanadi. Ushbu qoidalarga rioya qilish OM transformatorini birorta OOX yoki OPX simlarini, transformatordan releli shkafga o‘tuvchi, erga ulanishida sodir bo‘ladigan nosozliklardan ximoya qiladi.





2.1-rasm. Avtoblokirovkaning signal qurilmalariga
elektr ta’minotni ulash
Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish va talabalarni mustaqil ishlari uchun topshiriqlar



  1. Chiziqli transformatorlar va yuqori voltli tarmoqqa yuklamani aniqlashni usullarani va asosiy tushunchalarini o‘rganish.

  2. Signal qurilmasining alohida asboblarini manbalash uchun kerak bo‘ladigan quvvatni hisoblash uchun ifodalarni o‘rganish.

  3. Avtoblokirovka signal qurilmasini alohida asboblari iste’mol qiladigan quvvat haqidagi jadvalni o‘rganish.

  4. Amaliy mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha xulosalarni yozish.



Nazorat savollari



  1. OM turidagi chiziqli transformatorlarga signal qurilmasining qanday yuklamalari ulanadi?

  2. Signallashtirish, markazlashtirish va blokirovkalash (BL SSB) ning yuqori voltli tarmog‘iga yuklama quvvat orqali aniqlanadi?

  3. Signal qurilmasining alohida asboblarini manbalash uchun kerak bo‘ladigan quvvatnianiqlash uchun ifodalarni o‘rganishda qanday ifodalar qo‘llaniladi?

  4. Signal qurilmasining SSBning yuqori voltli tarmog‘idan iste’mol qila-digan quvvatlarini hisoblashda nimalarni ko‘zda tutish kerak bo‘ladi?

  5. O‘zgaruvchan tok elektor tortqili va kodli rels zanjirli uchastkalardagi chiziqli transformatorlarning turini tanlash qanday amalga oshiriladi?

Download 213.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling