Nazariy qism Texnologik qism. 1 Ratsional tarkib – 18


Konverterlash jarayoni amaliyoti


Download 394.61 Kb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi394.61 Kb.
#1561975
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
issiqlik kurs ishi Abdulaziz

Konverterlash jarayoni amaliyoti
Sulfidli eritmalarni konverterlash gorizontal konverterlarda olib boriladi.
Gorizontal konverter ishlashi va uskunalari
Gorizontal konverter o’zida slindrik idishni tashkil qiladi, bandaj yordamida rolikka tayanuvchi, shteyn quyish, flyus yuklash, sovuq materiallarni yuklash, eritmani to’kish va gazlar chiqishi uchun idish yuqori qismida gorlovinalardan iborat. Konverter aylanishi gorizontal o’q bo’yicha elektrodivigatel orqali amalga oshiriladi. Asosiy aylantirgichdan tashqari avariya holatlari uchun ham mo’ljallangan aylantirgich bo’ladi – akkumlyator batareyalaridan quvvatlanuvchi, u purkash bosimi kamaysa ishga tushadi va furmalar eritma bilan to’lishini oldini oladi.
Eritmaga havo furmalar ya’ni havo purkovchi mashinadan quvurlar orqali jo’natiladi. Konverter o’lchamiga qarab furma soni va diametri belgilanadi. Furmaga havo kelishida gidravlik qarshilikni kamaytirish uchun kollektor furmalar bilan konstruktiv birlashtirilgan.
Konverter bochkasi po’lat listdan iborat bo’lib, ichki qismidan olovbardosh g’isht bilan futerovkalangan. Futerovka qalinligi 230 – 380 mm, furma bog’i zonasida 450 – 800 mm. Futerovka va gishtlar orasidagi bo’shliqlar magnezit kukun bilan to’ldirilgan.Ko’p miqdorda xromagnezit, periklazoshpinel, magnezitdan foydalaniladi. Temperaturani kompensatsiyalash qoplamidagi temperature boylamlari va kompersirlovchi prujinalar bilan amalga oshgiriladi. Eritmaga sovuq havo yuborish furma o’sishiga olib keladi, shuning uchun ularni tozalash kerak.
Konverter purkash vaqtida gorlovina ustidan napilnik bilan yopiladi.gazlar chiqish uchun.Napilnik bug’latuvchi sovitishga ega.konverter gazlari changdan dag’al va nozik tozalashdan o’tadi, so’ng sulfat kislota ishlab chiqarishga yuboriladi. Tayyorlangan flyuslar bunkerlarda saqlanadi. Gorlavina orqali konverterlar yuklanadi.Eritmalar konverterdan kovshda tashiladi. Konverterlar asosiy xossalari 1.2 - jadvalda berilgan.

Gorizontal konverterning asosiy xossalari


1.2 - jadval

Ko’rsatkichlar



O’lcham: diametr * uzunlik

3.95 * 9.2

3.66*6.7

3.69*6.1

2.26*3.3

Hajm, t
Dvigatel ishchi quvvati, kVt
Avarinniy dvigatel quvvati, kVt
Furmalar soni
Furmalar diametri, mm
Havo bo’yicha o’tkazish qobiliyati, m3/min
Gorlovina yuzi, m2

80
60
32
52
51
700

6


50
50
30
46
47
360

4.5


40
30
21
32
41
300

3


20
16

17
38


170

2.5


Purkashda havo bilan birga kislorod qo’llaniladi(91 – 96 %). Purkalayotgan havo miqdori ortiqcha olinadi, chunki quvurlarda yo’qotishlar hisobga olinadi.Umumiy havo yo’qolishi 30 – 35 %.Jarayon uchun esa 65 – 70 % havo ishlatiladi.


Purlayotgan havo miqdori ushbu hisobdan topiladi, 0.9 – 1 m3/min havo 1 sm2 furma kesimi yuziga.Konverterga yuklanayotgan shteyn 1100 0C atrofida haroratga ega.Purkash davomiyligi 40 – 45 min. bu vaqtda harorat 1200 – 1240 0C ortadi.Amaliyotda o’rnatilgan 1 minut purkash haroratini 3 0C ga oshiradi. Eritmada temir sulfidi kamayishi bu ko’rsatkichni 0.9 – 3.0 0C gacha kamaytiradi. 40 – 45 minut purkashdan so’ng to’plangan shlak jarayon sekinlashtiradi, harorat oshishi esa futerovka yemirilishiga olib keladi. Shuning uchun purkash to’xtatiladi, shlak tindiriladi va to’kiladi. So’ng yangi porsiya shteyn , sovuq materiallar, flyus yuklab purkash yoqiladi. Shlak to;kish va yangi mahsulot yuklash 10 – 25 minut davom etadi.
Bunda eritma harorati konverterda minutiga 1 – 4 0C ga pasayadi. Yangi mahsulot yuklanishi ham haroratni pasaytiradi va purkash vaqtiga harorat 1120 – 1150 0C bo’ladi. Jarayon oq mat olinguncha davom etadi. Oq mat olingandan so’ng shlak yaxshilab to’kib olinadi va purkash to’xtovsiz qora mis olinguncha davom etadi. Chunki shlak hosil bo’lmaydi, vanna o’ta qizishi kuzatilmaydi, futerovkalar yemirilish xavfi kuzatilmaydi.
Konverterlash jarayonida yoqilg’i ishlatilmaydi, temir sulfid va oltingugurt hisobiga. Konveterlash uchun normal harorat 1150 – 1200 0C atrofida bo’ladi.Past haroratda shlak hosil bo’lmaydi, yuqori haroratda qoplam yemirilishi mumkin.
Konverterlash jarayonida hosil bo’lgan issiq gazlar gorlivina orqali napalnikga, so’ng gazohodga, changtutgichga va so’ng sulfat kislota sexiga yuboriladi. Konverter gazlari gorlovinadan chiqishda 15 % SO2 ga ega.
Jadvalda konverterlash jarayoni texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari berilgan.
Nikel va nikel shteynlarini konverterlash mis shteynlarini konverterlashda deyarli farq qilmaydi. Shaxtali eritishda kambag’al shteyn olingani uchun (<8 %) kata bo’lmagan hajmli konverterdan foydalaniladi.(20 – 30 t).Nikel shteynlarini konverterlashda yuqori harorat ularning ish muddatini 7 – 12 kungacha kamaytiradi.Konverterlashda temir oksidlanib SO2 hosil bo’lmagani uchun gazni qayta ishlashda ham qiyinchilik tug’diradi.Magnetit miqdori kam bo’lgan kambag’al shlak olish uchun yuqori harorat kerak.Lekin futerovka tez yemirilgani uchun buni iloji yo’q.Yetarli darajada qoidalarga amal qilganda hamfuterovkaning chidamligi 1.5 – 3oy tashkil qiladi.Bu muddat tugashi bilan qoplam almashtitlishi kerak hech bo’lmasa futerovka aylanasi.
Asosiy qizdirish konverterlarning yon tomonidan gazlar, chiqishi va gorlovina toliq yopilishi kuzatiladi. Ular qo’llanilishi havo padsoslari ishlatilmaydi, atrofga gaz ajralishi kamayadi.Bunday konverter gazlari 12 – 14 % gacha SO2 saqlaydi.Bunday konverterlar uchuvchi komponent saqlovchi shteynlar uchun foydasiz, masalan rux uchun.Chunki П – simon gazahod vazgonlar bilan tiqiladi.
Konverterni apparat bilan jihozlashning kamchiligi jarayonning davomiyligi.Bunda konverter yuklash va bo’shatishga ko’p vaqt ketadi. Konverter normal texnalogik kesimga chiqishiga ham ko’p vaqt ketadi.
Keying vaqtlarda qiziqish uzluksiz ishlovchi konverterlarga ortmoqda, u statsionar apparatga o’tishga imkon beradi, gazohod tizimini germetiklashga imkon beradi va SO2 boy gaz olish imkonini beradi. Ekzotermik reaksiya natijasida ajralgan yuqori harorat ma’lum miqdor sulfidli konsentrat eritish imkonini ham beradi. Bu konsentratni yallig’ qaytaruvchi yoki elektr eritishda yoqilg’i va elektr tejamiga olib keladi. Lekin bu konsentratni tayyorlash va yuklash masalasini keltirib chiqaradi. Agar kvarsli flyus maydalangan holda purkash bilan birga berilsa konverterlash jarayoni ketishi o’zgaradi.Bunda konverter aktiv zonasida hamma kimyoviy reagentlar bo’ladi.Agar bir vaqtda temir sulfidi, kislorod va kvarsli flyus bo’lsa magnetit hosil bo’lishi kamayadi. Shlak tarkibida magnetit kamayishi ular xossalarini yaxshilaydi.Bunda vaqt birligida ishlab chiqarish ham atadi.Bunda asosiy qiyinchilik kvarsitni maydalash, quritish, uning donalarining abrazivligi.Furma bog’lamini qoplami chidamligini oshirish uchun sovituvchi element qo’yish yoki gisht o’rni bilan almashtirish.Lekin buni amaliyotda qo’llash mumkin emas.

Download 394.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling