Nazariy qism]


Elektrodlarga nisbatan talablar


Download 0.69 Mb.
bet6/23
Sana14.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1268121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
DSP nazariy

Elektrodlarga nisbatan talablar

Elektrodlarga bo’lgan talablar quyidagilar:



  1. Yuqori elektroo’tkazuvchanlik;

  2. Kam issiqo’tkazuchanlik;

  3. Oksidlanish paytida yuqori harorat;

  4. Tarkibida azot va asosan oltingugurt miqdorini kam bo’lishi;

  5. Yetarlicha mexanik turg’unlik va ishlov beruvchanlik;

  6. Narxining arzonligi.

Yuqori elektroo’tkazuvchanlik va kam issiqlik o’tkazuvchanlik talablarini bajarish orqali elektrodlarning elektr va issiqliklar yo’qotilishi ancha kamayadi. Bu talablarni grafitli elektrodlar yuqori harorat yordamida bajariladi.
Elektrod materiallarining elektroo’tkazuvchanligini oshirish natijasida tok ko’ndalang kechimidagi zichligi oshadi, elektrod zonasida materiallarning tarqalib sochilib ketishi kamayadi, shu bilan birga elektrodning umumiy sarfi kamayadi.
Odatda grafitlangan elektrodlar solishtirma qarshiligi 0oC da (8-10) 10-4 Om*sm, ko’mirni elektrodlari esa (40-60) Om*sm.
Hozirgi vaqtda solishtirma elektr qarshiligi kam (7*8) 10-4 Om*sm bo’lgan grafitli elektrodlar ishlab chiqarilayapti. Elektrodlarga beriladigan tok zichligi 500-600 mm diametrli elektrodlarda 25-35 A/sm2 o’rniga 12-15 A/sm2 berilmoqda.
Grafitlangan elektrodlar oksidlanish boshlanishida yuqori harorat hosil qiladi, ya’ni (630-660oC). Agarda ko’mirli elektrodlar bilan taqqoslanganda bu harorat anchaga farq qiladi, ya’ni (400-450oC). Bu hol quyidagicha tushuniladi: ularning zichligi yuqori va kristal strukturasining tartibli joylashganligiga bog’liq. Ular tarkibida azotlarning (0,1-0,5%) va oltingugurt (0,1% ko’p emas) miqdorlari ancha kam bo’ladi, ko’mirli elektrodlarga nisbatan.
Grafitlangan elektrodlar mexanik ishlov berishga ancha tayin. Grafitli elektrodlar narxi uglerodli elektrodlarga nisbatan 3,0-3,5 qimmatroq. Bu shu bilan tushuntiriladiki ya’ni ularni sarflashda qimmat xomashyolardan foydalanish oqibatida yuzaga keladi. Bu narxlar orasidagi katta farq uglerodli elektrodlarga nisbatan 2,5-2 barobar kam sarflanishi va boshqa afzalliklari bilan qoplab ketadi.
Grafitli va ko’mirli elektrodlar quyidagi standart diametrli shakllarda tayyorlanadi. 75, 100, 150, 200, 250, 300, 350, 400, 450, 500 va 555 ko’mirli elektrodlar ham xuddi shu diametrli bo’ladi (faqat 75 va 555 m dan tashqari va qo’shimcha diametrli 600, 650 va 750m).



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling