Nazariy qism Yagona identifikatsiya tizimi bizga nima beradi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»


Download 470.5 Kb.
bet1/3
Sana27.12.2022
Hajmi470.5 Kb.
#1069201
  1   2   3
Bog'liq
Yagona Identifikatsiya Tizimi One ID


Amaliy ishi mavzu: OneID-identifikatsiyatizimida ishlash
Ishdan maqsad: OneID tizimi bilan ishlash, undagi ko’p uchraydigan muammolar haqida ma’lumot berish.

Nazariy qism
Yagona identifikatsiya tizimi bizga nima beradi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 oktyabr «Aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni tasdiqlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (679-son) qarorlarida Elektron hukumatni rivojlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Endilikda barcha tarmoqlarni tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan boyituvchi Elektron hukumat rivojlanish pog‘onalaridan tezroq va ishonch bilan ko‘tarila boshladi.
Yagona identifikatsiya tizimi 2016 yildayoq ishga tushirilgan va u foydalanuvchilarga id.gov.uz sayti orqali yaxshi tanish. Xabaringiz bor-yo‘qmi, Elektron hukumatga 100 dan ortiq axborot tizimlari ulangan. Ya’ni barcha vazirliklar, davlat tashkilotlarining axborot tizimiga yagona identifikatsiya tizimi: bitta login, bitta parol yoki elektron raqamli imzo orqali kirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, tizimda foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari ham tasdiqlangan. Masalan, foydalanuvchi oddiy, noma’lum shaxs emas, u haqidagi hamma ma’lumotlar ushbu tizimda mavjud: ism-sharifi, jinsi, yashash manzili va hokazolar. Biz uni avtomatik ravishda tashqi axborot tizimiga jo‘natamiz. Xullas, Yagona identifikatsion tizimimiz barcha davlat axborot tizimlariga ushbu imkoniyatni beradi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tmoqchi edimki, agar foydalanuvchi bitta axborot tizimiga boshqa-yu, keyingisiga yana bir yangi login bilan kirgan bo‘lsa, unda integratsiyalash qiyin kechadi. Hozirgi holatda bitta axborot tizimi avtomatik ravishda boshqasidan ma’lumot olishi mumkin. Masalan, bizning identifikatsion raqam orqali mehnat to‘g‘risida ma’lumot olsa bo‘ladi.

Download 470.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling