Nazariy qism Yagona identifikatsiya tizimi bizga nima beradi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»


Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish


Download 470.5 Kb.
bet3/3
Sana27.12.2022
Hajmi470.5 Kb.
#1069201
1   2   3
Bog'liq
Yagona Identifikatsiya Tizimi One ID

Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish
Tashkilot (kompaniya) rahbari jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, o‘z kabinetida tashkilot qo‘shishi mumkin. Buning uchun, Yagona Identifikatsiya Tizimi shaxsiy kabinetida, tashkilot rahbari nomidan olingan Elektron Raqamli Imzo taqdim etilishi kerak. Yuridik shaxs qo‘shib tashkilot nomidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun boshqa foydalanuvchilarga (xodimlarga) o‘z vakolalarini topshirishi mumkin.


Identifikatsiyalashning yagona tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi:
- interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda foydalanuvchilarning haqiqiy identifikasiyalanishini ta’minlash;
- «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini ro‘yxatga olish, identifikasiyalash, autentifikasiyalash va avtorizasiyalashning yagona mexanizmini ta’minlash;
- idoralararo elektron hamkorlik qilishda davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb ataladi) axborot tizimlaridan ruxsat etilgan holda foydalanishni ta’minlash. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun identifikatsiyalashning yagona tizimi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
 foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash va avtorizatsiyalash;
 «Elektron hukumat» tizimi jismoniy va yuridik shaxslarining markaziy ma’lumotlar bazalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
 foydalanuvchilarning ishonchli shaxsiy ma’lumotlarini identifikasiyalashning yagona tizimiga ulangan vakolatli organlarning axborot tizimlariga ruxsat etilgan holda uzatish;
 davlat xizmatlari ko‘rsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda foydalanuvchilarning vakolatlarini saqlash va boshqarish.
Identifikatsiyalash yagona tizimining ishlashi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Vazirlik quyidagilarni ta’minlaydi:
 identifikatsiyalash yagona tizimining dasturiy-apparat kompleksini texnik qo‘llab-quvvatlash va yanada takomillashtirish;
 belgilangan tartibda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari saqlanishi va axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish;
 vakolatli organlar axborot tizimlarining identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuviga qo‘yiladigan texnik talablarni tasdiqlash;
 davlat organlari axborot tizimlarining identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuviga ko‘maklashish;
 talablar buzilgan taqdirda foydalanuvchilar va vakolatli organlar axborot tizimlarining identifikatsiyalash yagona tizimidan foydalanishini blokirovka qilish.
Download 470.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling