Nazariy savollar: 77. Kameral soliq tekshiruvi nima va uni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadni tahlil qiling
Download 330 Kb. Pdf ko'rish
|
3629-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) kameral soliq tekshiruvi;
- Korporativ obligatsiyalar
- Kazus: 32 32
- E’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan ikkinchi masala
1
77. Kameral soliq tekshiruvi nima va uni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadni tahlil qiling. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni hamda soliq to‘lovchilarni soliq qonunchiligiga rioya etayotganliklari, soliqlar va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab borayotganliklari soliq organlari tomonidan doim nazorat qilib boriladi. Ushbu nazorat shakllaridan bir bu soliq tekshiruvlaridir. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 137-moddasiga ko‘ra Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi: 1) kameral soliq tekshiruvi; 3) soliq auditi. Quyida kameral soliq tekshiruvlari haqida so‘z yuritamiz. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasida Kameral soliq tekshiruvi tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladi. Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchilar (soliq agentlari) tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o‘tkaziladi: soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, “Tahlika- tahlil” dasturiy maxsuloti natijasiga ko‘ra soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori yoki o‘rtacha bo‘lganda; soliq organiga jismoniy va yuridik shaxslarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi haqidagi murojaatlari kelib tushganda; 2 soliq hisobotidagi xato va (yoki) soliq hisobotidagi tafovutlar aniqlanganda 1 .
Soliq to‘lovchi tomonidan ilgari taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi kamaytirilgan yoki ko‘rilgan zarar summasi ko‘paytirilganligi sababli, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etish holatlari bo‘yicha ushbu soliq to‘lovchida kameral solik tekshiruvi o‘tkaziladi. Bunda, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan e’tiboran uch kun ichida boshlanadi. Kameral soliq tekshiruvi soliq to'lovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq to'lovchining faoliyati to'g'risida soliq organida mavjud bo'lgan boshqa hujjatlar hamda ma'lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o'tkaziladi. Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o'tkaziladi. Buyruqda soliq to'lovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, tekshiruvni o'tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlar va yig'imlarning turlari ko'rsatiladi. Kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq to'lovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaxsdan) hisobga olish hujjatlarini, taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarni, shuningdek soliq hamda yig'imlarni hisoblab chiqarish va to'lash bilan bog'liq boshqa so'rab olishi mumkin. Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi o'tkazilayotgan bo'lsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi o'tkazilmaydi. Mazkur qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qo'llanilmaydi. Kameral soliq tekshiruvi tugagunga qadar soliq to’lovchi tomonidan avval hisoblangan soliq summasi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o’zgartirilib, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan taqdirda,
1 O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasining 2020-yil 30-apreldagi 2020-14-son qaroriga ilova “Kameral soliq tekshnruvini o‘tkazish to‘grisidagi nizom” 3 kameral soliq tekshiruvi taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek kameral soliq tekshiruvi – soliq to‘lovchilar (soliq agentlari) tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Qimmatli qogʻozlar – oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va boshqalar). Qimmatli qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Korxonalarning aksiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari Qimmatli qogʻozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi. Qimmatli qogʻozlar oʻz egasiga daromad keltirgani uchun fond birjasida maʼlum kurs boʻyicha oldi- sotdi qilinadi. Soliq Kodeksining 49-moddasida Qimmatli qog'ozlar tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Qimmatli qog'ozlar mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o'rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to'lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o'tkazish imkoniyatini nazarda tutadigan hujjatlardir”. “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunda esa “Qimmatli qog'ozlar — hujjatlar bo'lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o'rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to'lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o'tkazish imkoniyatini nazarda tutadi” deya ta’rif berilgan. 4 Mazkur normada qimmatli qog'ozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar, depozit sertifikatlari, depozitar tilxatlar, optsionlar, fyuchers va forvard kontraktlari kiradi, shuningdek qonun hujjatlariga yoki chet davlatning qo'llanilishi mumkin bo'lgan qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog'ozlar deb e'tirof etiladigan boshqa qimmatli qog'ozlar kiradi deb belgilangan. Quyida qimmatli qog‘ozlarning har bir turini alohida ko‘rib chiqamiz.
dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo'lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog'oz;
saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qat'iy belgilangan foizni olishga bo'lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi;
to'lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to'lashga doir qat'iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog'oz;
Optsion — emissiyaviy qimmatli qog'oz bo'lib, u o'z emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qog'ozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qat'iy belgilangan narx bo'yicha sotib olishga bo'lgan huquqini tasdiqlaydi;
(sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog'oz
bo'lib, u taqdim etiladigan qimmatli qog'ozlarning muayyan soniga bo'lgan mulk 5 huquqini tasdiqlaydi va uning egasining ushbu qimmatli qog'oz emitentidan depozitar tilxat o'rniga taqdim etiladigan qimmatli qog'ozlarning tegishli sonini olishini hamda taqdim etiladigan qimmatli qog'ozlar bilan mustahkamlangan huquqlarning depozitar tilxat egasi tomonidan amalga oshirilishi bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatilishini talab qilish huquqini mustahkamlaydi; Fyuchers — qimmatli qog'oz bo'lib, u o'zida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qog'ozlarning muayyan sonini qat'iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi;
huquqiy shaklidan qat'i nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
va rekvizitlarga ega bo'lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo'ladigan qimmatli qog'ozlar 2 ; Qimmatli qog'ozlar chiqarilish shakliga ko'ra blankalar tarzida hujjatli va elektron shakldagi hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz bo'lishi mumkin. Aksiyalar, korporativ va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek depozitar tilxatlar hujjatsiz shaklda chiqariladi. Qimmatli qog'ozlarni O'zbekiston Respublikasi hududida joylashtirishga va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, ular davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin yo'l qo'yiladi. Qimmatli qog'ozlarning qiymati O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi. Soliq solish maqsadida qimmatli qog'ozlar quyidagi shartlarga bir vaqtning o'zida rioya etilgan taqdirda qimmatli qog'ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo'layotgan qimmatli qog'ozlar (muomaladagi qimmatli qog'ozlar) deb e'tirof etiladi: ular qimmatli qog'ozlar savdolarining hech bo'lmaganda bitta tashkilotchisi tomonidan muomalaga kiritilgan bo'lsa;
2 O ‘zbekiston Respublikasi qonuni – “Qimmatli qog ‘ozlar bozori to‘g‘risida” (yangi tahrir) 6 ularning narxlari (kotirovkalari) to'g'risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan har qanday manfaatdor shaxsga qimmatli qog'ozlarga doir operatsiyalar amalga oshirilgan sanadan e'tiboran uch yil ichida berilishi mumkin bo'lsa; soliq to'lovchi bu qimmatli qog'ozlarga doir bitimni tuzgan sanadan e'tiboran o'tgan ketma-ket uch oy ichida ular bo'yicha hech bo'lmaganda bir marta bozor kotirovkasi hisoblab chiqarilgan bo'lsa (bundan qimmatli qog'ozlarni birlamchi joylashtirish chog'idagi bozor kotirovkasining hisob-kitobi mustasno).
32. 2019-yil 8-yanvarda «Akhmedov and partners» advokatlik firmasi Toshkent Adliya boshqarmasida davlat ro'yxatidan o'tdi va 2019-yil 19-yanvarda Chilonzor tumani DSIga soliq organida soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tish uchun ariza bilan murojaat qildi. Biroq, Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi soliq organida soliq to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tishdan bo'yin tovlaganligi uchun BHM ning yuz baravari miqdorida jarima soldi. 2019-yil 25-yanvar kuni advokatlik firmasiga Chilonzor tumani DSIdan 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarning aylanmalariga, shu jumladan advokatlik firmalariga qo'shilgan qiymat solig'i solinishi to'g'risida xabar keldi. Shuning uchun yuridik yordam xizmatlaridan QQS undirish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, davlat soliq idoralari ta'kidlashicha, “Akhmedov and partners” firmasi “Baker and Makkenzi” advokatlik firmasiga (AQSH) unga o'quv seminari o'tkazganligi uchun to'langan summadan 23 million miqdorida daromad va QQS soliqlarini ushlab qolishi va to'lashi kerakligini bildirdi. «Akhmedov and partners» advokatlik firmasining menejeri Odil Ahmedov norezidentlar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarga QQS to'lanmaydi deb hisobladi hamda soliqni to'lashdan bosh tortdi.
7 Mazkur vaziyatda Akhmedov and partners” firmasi soliq to'lovchi sifatida davalat ro'yxatidan o'tganda keyin SK 477-moddasiga muofiq notijorat tashkilot sifatida o‘z faoliyatining advokatlar tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq qismi bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinadi, ammo bundan quyidagilar mustasno: bojxona to‘lovlari; ijtimoiy soliq; avtotransport yig‘imi; to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar. Agarda Akhmedov and partners” firmasi tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgansa (yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) soliqlar va yig‘imlarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun SK nazarda tutilgan tartibda to‘lashu lozim. Mazkur holatda Akhmedov and partners” firmasi QQS solig’ini to’lamaydi. Faqatgina, advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun olinadigan gonorarlar summasidan belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to’laydi. E’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan ikkinchi masala bu Akhmedov and partners” firmasi “Baker and Makkenzi” advokatlik firmasiga (AQSH) unga o'quv seminari o'tkazganligi uchun to'langan summadan 23 million miqdorida daromad va QQS soliqlarini ushlab qolishi va to'lashi kerakligini bildirgani hamda . «Akhmedov and partners» advokatlik firmasining norezidentlar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarga QQS to'lanmaydi deb hisoblab soliqni to'lashdan bosh tortishi. Ushbu holatda “Baker and Makkenzi” advokatlik firmasi tomonidan soliq to’lanihi lozim. Soliq Kodeksining 237-moddasi 3-qismida O'zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O'zbekiston Respublikasi e'tirof etilsa soliq to’lashlari lozimligi belgilab qo’yilgan. Yuqoridagi holatda “Baker and Makkenzi” advokatlik firmasi o'quv seminari o'tkazib xizmat ko‘rsatganligi aytib o‘tilgan. Demak ushbu vaziyatda “Baker and Makkenzi”
8 advokatlik firmasi o’z xizmatlarini O‘zbekiston hududida realizatsiya qilyapti. Realizatsiya qilish tushunchasi SK 46-moddasida keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra tovarlarga bo'lgan mulk huquqini haq olish asosida o'tkazish yoki haq evaziga xizmatlar ko'rsatish, shu jumladan qarzdor garov bilan ta'minlangan majburiyatlarini bajarmaganda garovga qo'yilgan tovarlarni ayirboshlash va o'tkazish tovarlarni yoki xizmatlarni realizatsiya qilish deb e'tirof etiladi. Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling