Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


HIKMAТLI SO‘ZLAR (AFORIZMLAR)


Download 0.49 Mb.
bet107/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

HIKMAТLI SO‘ZLAR (AFORIZMLAR)
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalqning turmush tajribasiga tayanib ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa, obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so‘zlar (aforizmlar) deyiladi.
Masalan,
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. (A. Navoiy)
Hikmatli so‘zlar (aforizmlar) barqarorlik, mazmuniy yaxlitlik, takroriylik (ya’ni nutqda doimo bir xil tuzilishda quyma holda takrorlanish) belgilariga ko‘ra boshqa barqaror birliklar bilan umumiylik kasb etsa ham, aniq muallifining borligi bilan ulardan farq qiladi.
Hikmatli so‘zlarni o‘rganib, xotirada saqlab, nutqda o‘rinli qo‘llay bilish kishining so‘z san’atkori, donishmand bo‘lishini ta’minlaydi.
11-mashq. Alisher Navoiyning qanday hikmatli so‘zlarini bilasiz? Ulardan o‘ntasini ko‘chirib yozing. Ma’nosini sharhlab bering.

VAТANGA OID HIKMAТLI SO‘ZLAR


1. Vatan — onaning ko‘ksidan boshlanadi.
2. Vatan tuyg‘usining manzillari beshikdan qabrgachadir.
3. Vatanni sevish hissi — bu shunchaki tug‘ma mayl emas, u sarbaland va muqaddas tuyg‘udir.
4. Vatan tuprog‘i oyoqdan emas, balki qadoq bog‘lagan qo‘llardan bo‘sa olgisi keladi.
5. Belingiz Vatan yukidan bukchaysin.
6. Vatan yuki zalvorli bo‘lsa-da, maloli yo‘q.
7. Quyoshga juftlik yarashmaganidek, Vatanning ham sherigi yo‘q.
8. Vatan sadaqaga berilmagan, uni bizga taqdir ato etgan.
9. Vatan — eng katta taqdir.
10. Sen Vatanni madh etgan minbar — mehrobdir.
11. Iymon — vijdonning qiblasi. Vatan ham bamisoli qiblagohdir.
12. Vatan nechog‘li ulkan bo‘lmasin, u qalbga ham, ko‘z qorachig‘iga ham jo bo‘la oladi.
13. Vatan ishqi oshiq sevgisidek qalbning tub-tubidan joy olgan bo‘ladi.
14. Vatan xokini to‘tiyoga aylantirish uchun al-kimyogar bo‘lish shart emas.
15. Vatanfurush o‘z oltin beshigini pullaydi.
16. Vatan tuyg‘usi ustuvor yurtda vatanfurushning bozori kasoddir.(Murod Xidir)

Yuqoridagi fikrlarni yozing va mag‘zini chaqing. Siz ham Vatan haqidagi hikmatli fikrlarni davom ettiring. Ot so‘z turkumining ishlatilishiga e’tibor bering.


12-mashq. Ilm haqidagi hikmatlarni yod oling.


1. Ilmsiz inson — mevasiz daraxt.
2. Nodonga ilm o‘rgatmoq umrni zoye o‘tkazmoqdir.
3. Ilm bir xazina bo‘lsa, bu xazinaning kaliti savoddir.
4. Ilm kelinchakka o‘xshaydi, u hikmat va pinhonlikni yoqtiradi.
5. Ilm — inson ziynati.
6. Qog‘ozga tushirilmagan ilm unutilib ketadi.
7. Kimki ilm bilan aqlini oshirishga urinsa, mol-u davlat o‘zi kelaveradi.
8. Ilm bo‘lmasa odamning hayvondan farqi bo‘lmas edi.
9. Molni ishlatganing sari ozayadi, ilm esa ko‘payadi.
10. Har kimki erur ulamo mohir, Bo‘lg‘ay anga so‘zning husni zohir.
(Shavqiy Kattaqo‘rg‘oniy)

13-mashq. Amir Тemur tomonidan aytilgan o‘gitlarni daftaringizga yozib oling va ular haqida bahs tashkil qiling.


Ulamolar suhbatida bo‘l, pok, sof niyatli kishilarga talpin. Kechira olishlik mardlik, kechira bilmaslik nomardlik. Ahli ehson bilan jahon gulshani obod bo‘lar. Bir kalima shirin so‘z qilichni qinga kiritadi. Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir. Ilm va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Dushmanning kulgani — siringni bilgani. Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal. Kuch — adolatdadir.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling