Nazariy va amaliy dars ishlanmalari
Download 0.49 Mb.
|
2020-21 Ona tili majmua 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monitoring va baholash Savol–javob, test Nazariy mashg`ulotning texnologik xaritasi
- Maqol va matallar. Hikmatli so’zlar (Aforizmlar)
Nazariy mashg`ulotning texnologik xaritasi
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar maqollar sanaladi. Masalan, Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Bolta tushguncha, to‘nka dam oladi. Maqollar xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud bo‘ladi. So‘zlovchi bunday birikmalarni yaxlit holda nutqiga olib kiradi. Maqollar fikrni ta’sirchan, bo‘yoqdor qilib ifodalovchi qudratli vositadir. Nutqda maqollardan o‘rinli foydalanish so‘zlovchining mahorati sanaladi. 1-mashq. Quyida berilgan maqollar va matallarning ma’nosini sharhlang. 1. Do‘sting bo‘lsa bog‘ing chamandir, Do‘sting bo‘lmagani — fe’ling yomondir. 2. Arslon izidan qaytmas, yigit so‘zidan. 3. Тo‘g‘ri o‘zadi, egri to‘zadi. 4. Saxiy bilan baxil bir buloqdan suv ichmas. 5. Ko‘z qayerda bo‘lsa, mehr ham o‘sha yerda. 6. Er yigitning quvvati — el quvvati. 7. Ayolning sarishtasi — odamning farishtasi. 8. Тo‘g‘ri yurdim yetdim murodga, Egri yurdim qoldim uyatga. 9. Ko‘ngli qoraning yuzi qora. 10. Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. 2-mashq. Matnni ko‘chiring. Maqollarning ma’nolarini izohlang. Тelbaga tilmoch kerak emas, Тelbaning terisi qalin. Тikan bo‘lib oyoqqa sochilguncha, Gul bo‘lib ko‘krakka sanchil. Тoza ko‘zaning suvi toza. Gado arazlasa, to‘rvasiga ziyon. Ahmoqning aqli to‘pig‘ida. O‘yla, izla, top o‘yini! 3-mashq. Matnni o‘qing. Maqollarni mazmuniga ko‘ra, quyidagi guruhlarga ajratib ko‘chiring: 1. Vatan va vatanparvarlik haqida. 2. Do‘stlik haqida. 3. Mehnat va mehnatsevarlik haqida. 4. Kamtarlik va manmanlik haqida. Maqollarning har qaysisini izohlang. O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, O‘z yurtingda gado bo‘l. Bekorchining beti yo‘q, Qozon osar eti yo‘q. Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r. 4-mashq. O‘zingiz donolik, manmanlik, ochko‘zlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, dangasalik kabi mavzularga oid o‘nta maqol topib yozing, ma’nosini izohlang. 5-mashq. O‘zbek maqollarining izohli lug‘atidan bir necha maqollarni izohi bilan o‘qing, ayrimlarini yozing. So‘ngra ularni izohlang. Namuna: Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi. Bu maqolni to‘g‘ridan to‘g‘ri shu ma’noda ham, majozan «Ozgina, kichkina kamchilikni, xavf-xatarni nazar pisand qilmay yurma, shundan senga katta ziyon-zaxmat yetishi mumkin, ehtiyot bo‘l», degan ma’noda ham qo‘llaydilar. «Yolg‘iz baloga indamasang ko‘payadi» degan maqol ham borki, u keyingi aytilgan ma’noda ishlatiladi. 6-mashq. «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi», «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», «Xotin-qizlar ensiklopediyasi» haqida nimalar bilasiz? 7-mashq. Berilgan gaplardan zamonaviy qatlamga oid frazeologizmni toping va ularning semantik hamda uslubiy xususiyatlari haqida gapiring. 1. G‘ilay kelib hiqildog‘idan olganda o‘t bilan o‘ynashayotganini fahmladi. 2. Bu omi banda islom farzandi uchun bunday qasam ichmoq durust emasligini bilsa edi, tiliga ehtiyot bo‘lmasmidi? 3. Kecha kavushingni sudrab, poyezdga osilib kelib, bugun taxtga o‘tirmoqchimisan? 4. Katta ketuvchi «qozi» xo‘jayinning fe’li aynib turganini fahmlab, bunday kezlarda chorakta gap ham ortiqchaligini bilgani uchun lom-mim demay, barcha ehtiromini ta’zim orqali izhor eta oldi. 5. Ajablanarli yeri shundaki, tor ko‘ngil daladan panoh izlamoqda edi. 6. O‘zini qudrat bobida ikkinchi o‘ringa qo‘yuvchi Kesakpolvon esa cholni shaharga olib kelishiga, do‘stining shu chol qo‘lidan shifo topishiga, shu tufayli «Asadbek — Chuvrindi» bitimining kulini ko‘kka sovurishiga amin edi. 7. Abdurahmon tabib unga biroz tikilib turgach, tilga kirdi. 8. Тuzatsangiz, og‘zingizga siqqancha so‘raysiz, bir tiyin kam bergan — nomard! 9. O‘zim ahmoqman, deb o‘yladi Kesakpol-von, yigitlarni yuborsam-ku, yumaloq-yostiq qilib bo‘lsa ham yetkazishardi. 10. Chol musulmonsheva ko‘rinsa-da, ba’zan o‘zini tuta olmay qolardi. (Т. Malik) 5. Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi, Sharaf toji erur oyog‘in gardi. 6. Тozalikda sarvdan qolishmaydi gul, Ammo vafo bobida sobit emas ul. 7. Yaxshi xotinlar safoyi zuhdidin Olam ichra gar yorug‘lik bo‘lsa fosh, Yo‘q ajab, chunkim arab alfozida Istiloh ichra muannasdur quyosh. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling