Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


-MAVZU: Filologik, imlo va etimologik lug’atlar


Download 0.49 Mb.
bet113/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

15-MAVZU: Filologik, imlo va etimologik lug’atlar.
Amaliy dars mashg`ulot rejasi

Mashg`ulot sanasi:

Talabalar soni: nafar

Vaqti: 2 soat

O`quv mashg`ulotining shakli

Amaliy mashg`ulot.

Amaliy mashg`ulotining rejasi



1. Filologik, imlo va etimologik lug’atlar haqida qisqacha ma’lumot berish.
2. Maktabda ona tili fanidan o`tilganlar bo`yicha takrorlash.

O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilarga ”Ona tili” fani haqida haqida ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar:
- ”Ona tili” fani haqida qisqacha ma’lumot berish;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlar bo`yicha takrorlash o`tkazish.

O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- ”Ona tili” fani haqida ma’lumotga ega bo`ladilar;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlarni takrorlab oladilar.

O`qitish usul va texnikalari

Amaliy, aqliy hujum

O`qitish vositalari

Ma’ruzalar matni testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test

Amaliy mashg`ulotining texnologik xaritasi



Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1. Fonetikada nima o`rganiladi?
2. Morfologiyaning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. Yangi “Filologik, imlo va etimologik lug’atlar
” mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 1-2-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

Filologik lug‘atlar ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga oladi. So‘zlar muayyan bir tartibda (yo alifbo asosida, yo mazmuniy guruhlar asosida) joylashtiriladi.
Filologik lug‘atlarning o‘zi, eng avvalo, izohli va tarjima lug‘atlariga bo‘linadi.
Тildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug‘atlar esa tarjima lug‘at sanaladi.
1981-yili Moskvadagi «Русский язык» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2006—2008-yillarda O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2001-yili Тoshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «O‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati» yoki o‘zbekcha—ruscha, inglizcha—ruscha—o‘zbekcha lug‘atlar bunga misol bo‘la oladi.
Izohli lug‘atlar so‘zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Тilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)
Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi.

1-mashq. Quyidagi berilgan izohli lug‘atlarning nomini va nashr ma’lumotlarini daftaringizga yozib oling. Ularni topib, mazkur lug‘atlar bilan ishlashni o‘rganing.


«Navoiy asarlari lug‘ati» — Тoshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1972, 784 bet.
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati» — Moskva, «Русский язык» nashriyoti, 1981, 1-jild—632 bet; 2-jild—715 bet.
«Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati» — Тoshkent, «Fan» nash­riyoti, 1983, 1-jild — 656 bet; 1983, 2-jild — 644 bet; 1984, 3-jild — 622 bet; 1984, 4-jild — 634 bet.
«Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati» — Тoshkent, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1998, 318 bet.
«O‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati» — Тoshkent, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 2001.

2-mashq. «Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati» (Тoshkent, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1998 yil, 318 bet)dan olingan.


Alternativa (13-bet), birja (22—23-betlar), investitsiya (68—69-betlar), mafkura (106—107-betlar), ombudsman (179—180-betlar), xalqaro tillar (231— 232-betlar) kabi atamalardan biriga berilgan izohni daftaringizga ko‘chirib yozing va shu haqda fikr yuriting.

3-mashq. «O‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati» (Тoshkent, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 2001)dan vatan, yurt, o‘lka, diyor, maskan so‘zlariga berilgan izohlarni o‘qing, so‘ng ular haqida bahs uyushtiring.


4-mashq. «Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati»dan olingan quyidagi parchani o‘qing.


Davlat tuzilishi va uning shakllari. Davlat o‘z tuzilishi jihatidan uch turda: federativ, konfederativ va unitar tarzda bo‘lishi mumkin. Bunday holat davlatning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi, qismlarning markaziy hokimiyat bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek, har bir hududiy qismning huquqiy mavqeyi turlicha mohiyat kasb etishidan kelib chiqadi.
Unitar (yaxlit) davlatlar, federatsiyadan farqli o‘laroq, viloyat, o‘lka, tuman, guberna, grafliklar singari ma’muriy-hududiy qism­lardan tashkil topgan tuzumdir.
Federativ (murakkab) davlatlar esa davlatchilikning avtonom (muxtor) shtatlar, hududiy yer birliklari kabi qismlardan tuzilgan bo‘ladi. (Masalan, AQSHda shtatlar, GFRda hududiy yer birliklari federatsiyaning tarkibiy qismlaridir).
Konfederatsiya davlat tuzilishining shunday bir shakliki, unga ko‘ra konfederatsiyani tashkil etuvchi davlatlar o‘z mustaqilliklarini to‘la saqlab qolgan holda muayyan bir maqsad (harbiy, xo‘jalik, muhim ichki va tashqi siyosat masalalari)da o‘z kuchlarini uyg‘unlashtirib, ish ko‘radilar.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling