Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet112/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test



Nazariy mashg`ulotning texnologik xaritasi

Bosqichlar,
Vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1.Qo`shma gap nima ?
2.Sintaksisning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. ” Ensiklopedik ( qomusiy) lug`atlar” mavzusi bo`yicha savol javob qiladilar
2.2. Amaliy dars mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 114-117-mashqlar bajariladi;

Talabalar amaliy dars bo`yicha o`z tushunchalarini mashqlar yordamida mustahkamlaydilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi.
Qomusiy lug‘atlarni yaratish uzoq davom etadigan, mashaqqatli ish sanaladi. Unga kiritiladigan maqolalar tushunarli, ravon tilda berilishi, ular turli-tuman kartalar, sxemalar, rangli va oq-qora rasmlar, atoqli shaxslarning portretlari bilan bezatilishi lozim.
Misol uchun 14 jildli O‘zSEning 1-jildini tayyorlash ishida 14 akademik, 13 akademiyaning muxbir a’zosi, 88 fan doktori, professor, 539 fan nomzodi va boshqa ko‘plab mutaxassislar qatnashgan. Unda 3350 ta maqola mavjud. Mazkur jild ustida 1965— 1971-yillar mobaynida tayyorlov ishlari olib borilgan.
1971—1980-yillar oralig‘ida O‘zSEning 14 jildi nashrdan chiqqan. O‘sha davr uchun bu juda katta voqea edi, lekin ushbu qomusiy lug‘atdagi ko‘plab maqolalar bugungi kun talabiga javob bermaydi, eskirdi. Ularni qayta ishlash, mustaqillik mafkurasi nuqtayi nazaridan yoritish lozim bo‘lib qoldi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi»ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000—2006-yillarda 12 jildli «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» yaratildi.
Тoshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan alohida muassasa — O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda.

1-mashq. «U kim? Bu nima?» («Bolalar ensiklopediyasi», 1987—1988-yillar, 3 jildli) kitobidan olingan quyidagi matnni o‘qing. So‘ng istagan harfingizni ochib, o‘zingizga ma’qul bo‘lgan so‘zning izohini daftaringizga ko‘chirib oling, izohlang.


Kitobdagi barcha maqolalar alfavit tartibida joylashgan. Birinchi kitob A—Y harflari bilan, ikkinchi kitob K—R harflari bilan, uchinchi kitob S—H harflari bilan boshlanadigan maqolalarni o‘z ichiga oladi.
Masalan, sizni «Buxoro» maqolasi qiziqtiradi. 1-jildning 99-betidagi B harfi mundarijasiga qarang. U yerda kitobdagi B harfi bilan boshlanadigan hamma maqolalar ko‘rsatib qo‘yilgan. «Buxoro»ni topdingiz-mi? Kitobning qaysi betida shu haqda hikoya qilingan? 150-betida. Mana, maqolaning o‘zi. Unda Ko‘hna Buxoro haqida, uning tarixi, ajoyib yodgorliklari to‘g‘risida hikoya qilinadi. Shu jilddan jiyda, zilzila, Ibn Sino, yo‘lbars kabi boshqa maqolalarni ham topishingiz mumkin.

2-mashq. «Salomatlik» ensiklopediyasidan afoniya (30-bet), nutq (296-bet), oliy nerv faoliyati (314-bet) so‘zlariga berilgan izohlarni o‘qing. Ular haqida fikr yuriting.


N a m u n a:
Afoniya (yunoncha a — inkor qo‘shimcha va phoni — ovoz) — shivirlab gapirish qobiliyati saqlangan holda ovoz chiqmay qolishi. A. turli kasalliklar: hiqildoq, nerv sistemasi, shuningdek, organizmning umumiy kasalliklari belgisi bo‘lishi mumkin. Chin, paralitik, funksional va spastik A. farq qilinadi.
Ovoz boylamlarining yetarli yumilmasligi va tebranmasligi bilan bog‘liq kasalliklarida (yallig‘lanish, rak va h.k.) chin A. ro‘y beradi. Hiqildoq nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi, nerv kasalliklari paralitik A. ga sababchi bo‘lishi mumkin.
Odatda, miya yarimsharlarida ovoz boylamlarini harakatlan­tiruvchi nerv mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qo‘rqish va B. natijasida funksional A. yuzaga keladi.
Halqum va hiqildoq shilliq qavatiga o‘yuvchi kimyoviy modda­larning ta’sir etishi spastik A. ga sabab bo‘ladi (30-bet).

3-mashq. «Uy-ro‘zg‘or ensiklopediya»sidan ism qo‘yish (206—208-bet­lar), kutubxona (248—249-betlar), elektr asbob (500-bet) so‘zlarini namu­nadagidek ko‘chirib yozing. Bu haqda fikr yuriting.


N a m u n a:
Dessert — dasturxonga issiq ovqatdan so‘ng tortiladigan shirin taomlar (kisel, kompot, krem va boshqalar), ho‘l mevalar, konditer mahsulotlari. Dessert uchun maxsus idishlardan foydalaniladi (dessert likop, dessert qoshiq, pichoq va shu kabilar) (167-bet).

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling