Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet120/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

BAYONNOMA
Bayonnoma – turli yig’ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishi, qatnashchilarning fikr-mulohazalari va muhokama etilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd etuvchi rasmiy hujjat.
Bayonnomada masalalarni muhokama qilish jarayonida barcha aytilgan fikr-mulohazalar, qarashlar, aytib o’tilgan tanqid, shikoyat va kamchiliklar o’z ifodasini topmog’i lozim. Bayonnomada o’z ifodasini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun mas’uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi, shuning uchun ham bayonnomaning oxiriga rais va kotib o’z imzolarini qo’yadilar.
Bayonnomalarda yig’ilishda aytilgan barcha fikr- mulohazalarning mazmuni o’zining to’liq aksini topadi. Bayonnoma yig’ilishda olib borilgan masalalar yuzasidan tashkilot, xo’jalik yoki muassasa faoliyati to’g’risida tasavvur hosil qilishga, tegishli xulosa chiqarishga imkon beradi.


Bayonnoma quyidagi zaruriy qismlar asosida yoziladi:
1. Yig’ilish o’tkazuvchi muassasa, tashkilot yoki xo’jalik nomi.
2. Yig’ilishning shartli raqami.
3. Hujjat nomi (Bayonnoma).
4. Yig’ilish sanasi.
5. Yig’ilish joyi (shahar, qishloq).
6. Yig’ilish raisi va kotibining familiyasi.
7. Matn:
a) qatnashuvchilar ro’yxati yoki soni;
b) kun tartibi (ma’ruzachi yoki axborotchining familiyasi qayd etilishi mumkin);
d) eshitildi;
e) so’zga chiqdilar;
f) qaror qilindi.
8. Rais va kotib imzolari.


Bayonnoma namunasi
2-huquq fakulteti 1-kurs 1-guruh talabalari yig’ilishining
2 - Bayonnomasi
2007.15.09. Toshkent shahri

Rais – A.Ergashev


Kotib – F.A’zamova
Qatnashdilar: guruh talabalari va guruh rahbari.


Kun tartibi:
1. Guruh yetakchisini saylash.
2. Guruh talabalarining yangi o’quv yilidagi vazifalari (guruh rahbari A.Zokirov axboroti).
1. Eshitildi: Guruh talabasi Erkin Sattorov Alisher Davlatovni guruh yetakchisi etib saylash taklifini kiritdi. Alisher Davlatov harbiy xizmatni o’tagan, o’rta maktabni a’lo baholarga tamomlagan. Yaxshi sportchi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling