Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet128/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

TUSHUNTIRISH XATI
Topshirig’ingiz... muvofiq shu yil 15-mart... Navoiy... Kimyo zavodi biz... ajratgan fosfat o’g’iti... olib kelish uchun ketgan edim. Biroq mashina... nosozligi tufayli yarim yo’ldan yuksiz qaytib kelish... majbur bo’l...
2008-yil 15-mart (imzo) H.Rahimov


BILDIRISHNOMA
Bildirishnoma – idora rahbarlariga xizmat faoliyati bilan aloqador masalalarning ahvoli to’g’risida axborot beruvchi rasmiy hujjat.
Bildirishnoma quyidagi zaruriy qismlar asosida yoziladi:
1. Bildirishnoma yo’llangan muassasa nomi va rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi.
2. Bildirishnoma tayyorlagan muallifning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda chiqish kelishigidagi familiyasi.
3. Hujjat nomi (Bildirishnoma).
4. Matn sarlavhasi.
5. Bildirishnoma matni.
6. Zaruriyat tug’ilsa, ilovalar ro’yxati.
7. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, imzosi (agar bildirishnoma bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo’lsa, ularning lavozimi, imzosi, familiyasi) va familiyasi.
8. Bildirishnoma yozilgan sana.


Namuna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori prof.B.Botirovga Boshqaruv fakultetining dekani dots. S.Mamatqulovdan


Bildirishnoma
Talabalar uyining
ahvoli haqida

Sizning ko’rsatmangizga binoan iqtisodiy masalalar bo’yicha rektor o’rinbosari N.Rahimov bilan birgalikda shu yil 5-7-yanvar kunlari «Boshqaruv» fakulteti talabalari yashaydigan 3-talabalar uyini tekshirib chiqdik.


Barcha xonalar, umuman olganda, talab darajasida. Lekin qish kunlari bo’lsa-da, isitish tarmoqlarining yaxshi ishlamayotganligini alohida ta’kidlayman. Birinchi qavatda deraza oynalarini o’rnatish, buzilgan eshiklarni sozlash zarur deb hisoblayman.
Mazkur kamchiliklarni tuzatishda yordam berishingizni so’rayman

«Boshqaruv»


fakultetining dekani: (imzo) dots. S. Mamatqulov



1-mashq. Qavs ichidagi so’zlarga tegishli kelishik qo’shimchalarini qo’yib ko’chiring.
(O’z vaqti) bajarildi, (qiyinchiliklar) duch kelmoqdamiz, (ushbu masala) o’rganib chiqdim, (talabalar uyi) tekshirdik, muhokama (qilinishi) so’raymiz.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling