Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Download 0.49 Mb.
bet127/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

TUSHUNTIRISH XATI
Tushuntirish xati - xizmatga oid vazifalar bajarilmaganligi, mehnat intizomi yoki o’qish jarayoni, muassasa ichki tartib qoidalari va boshqa holatlar buzilganligi sababining bayoni bo’lib, muassasa rahbari talabi bilan yoziladigan rasmiy hujjat hisoblanadi. U keyinchalik xodim (talaba) haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli ma’muriy jazo chorasi qo’llash yoki uzrli holda jazo qo’llamaslik uchun asos vazifasini o’tashi mumkin.
Tushuntirish xatlari, asosan, ishchi, xizmatchi, talaba tomonidan muassasa, tashkilot, xo’jalik rahbari nomiga yoziladi Tushuntirish xatida ish (o’qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklar, xatti-harakatlar va ularning uzrli- uzrsiz sabablari izohlab beriladi.
Tushuntirish xati oddiy varaqqa xodim (talaba)ning o’z dastxatida yoziladi.
Tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlar asosida yoziladi:
1. Hujjat yo’llanayotgan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi jo’nalish kelishigida beriladi.
2. Hujjatni yozgan shaxsning lavozimi, ismi, otasi ismining bosh harflari va familiyasi chiqish yoki qaratqich kelishigida beriladi.
3. Hujjat nomi (Tushuntirish xati).
4. Asosiy matn (zarur holatda tushuntirish xatiga hujjatlar ilova qilinishi mumkin).
5. Hujjat yozilgan sana.
6. Imzo.
7. Hujjatni yozgan shaxsning ism-familiyasi.


Namuna
Toshkent tibbiyot kolleji Hamshiralik bo’limi boshlig’i dots. K.Umarovaga I kurs talabasi Zarina Nizomovadan
Tushuntirish xati

Betob bo’lib qolganligim tufayli 18-fevraldan 23-fevralgacha mashg’ulotlarga qatnasha olmadim. Betobligim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma ilova etildi.


23.02.2016-yil imzo Z. Nizomova



1. O’zingizning betobligingiz tufayli shanbalikka kela olmadingiz. Fakultet dekani nomiga tushuntirish xati yozing.
2. Besh kun darsga kela olmaganligingiz sababi to’g’risida tushuntirish xati yozing.

1-mashq. Quyidagi tushuntirish xatida tushirib qoldirilgan qo’shimchalarni to’g’ri qo’yib, daftaringizga yozing.


«Paxtakor» agrofirma boshqaruvi raisi V.D.Nuriddinov... agronom H.Rahimov...



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling