17-MAVZU: Tavsifnoma, bayonnoma matni.
Amaliy dars mashg`ulot rejasi
Mashg`ulot sanasi:
|
Talabalar soni: nafar
|
Vaqti: 2 soat
|
O`quv mashg`ulotining shakli
|
Amaliy mashg`ulot.
|
Amaliy mashg`ulotining rejasi
|
1. Tavsifnoma, bayonnoma matni haqida qisqacha ma’lumot berish.
2. Maktabda ona tili fanidan o`tilganlar bo`yicha takrorlash.
|
O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilarga ”Ona tili” fani haqida haqida ma’lumot berish.
|
Pedagogik vazifalar:
- ”Ona tili” fani haqida qisqacha ma’lumot berish;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlar bo`yicha takrorlash o`tkazish.
|
O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- ”Ona tili” fani haqida ma’lumotga ega bo`ladilar;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlarni takrorlab oladilar.
|
O`qitish usul va texnikalari
|
Amaliy ish, aqliy hujum
|
O`qitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni testlar, doska, bo`r.
|
O`qitish shakllari
|
Ommaviy
|
O`qitish sharoitlari
|
Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.
|
Monitoring va baholash
|
Savol–javob, test
|
Amaliy mashg`ulotining texnologik xaritasi
Bosqichlar,
vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O`qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich.
Kirish
(15 min.)
|
1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1. Fonetikada nima o`rganiladi?
2. Morfologiyaning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?
|
Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)
|
2.1. Yangi “Tavsifnoma, bayonnoma matni ” mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 1-2-mashqlar bajariladi;
|
Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.
|
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi
17-ixtisoslashtirilgan maktabning
7-sinf o‘quvchisi, 2002-yilda tug‘ilgan,
millati o‘zbek Sohibova Azizaga
TAVSIFNOMA
Sohibova Aziza Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 17-ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinfida o‘qiydi.
Maktabda o‘qish davomida u intizomli, ziyrak, zukko va tirishqoq o‘quvchi sifatida o‘zini ko‘rsatdi.Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qildi. Ingliz tili, ona tili va adabiyot, tarixfanlariga alohida qiziqdi.U 2016-yilning mart oyida «Bilimlar sinovi»ning respublika bosqichida qatnashib, faxrli o‘rinni egalladi.
A.Sohibova maktabning jamoat ishlarida faol qatnashadi,«Yosh tilshunos» devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi.
U kamtarinligi, to`g`riso`zligi va do`stlariga mehribonligi sababli sinfdoshlari va murabbiylari hurmatiga sazovor bo`lgan.
Tavsifnoma Yunusobod tumani hokimligiga taqdim qilish uchun berildi.
Maktab direktori: (imzo) G.Yorboboyeva
Sinf rahbari (imzo) U. Saidvaliyeva
(sana) (muhr)
Do'stlaringiz bilan baham: |