Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling


Download 0.49 Mb.
bet118/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling:
– hujjat jo’natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot nomini, mansabdor shaxs ismi, otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga to’la muvofiq holda yozish;
– hujjat matniga aniq sarlavha qo’yib, sarlavhani bosh harflar bilan yozish; masalan: XIZMAT SAFARI HAQIDA;
– hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini o’rniga muvofiq joylashtirish, tartibi, harflar hajmini to’g’ri belgilash;
– gap qurilishida so’zlar tartibiga qat’iy rioya qilish;
– matnda ko’chma ma’noli so’z va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni, mavhum ma’noli so’zlarni qo’llamaslik;
– murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-hayajon mazmunidagi gaplardan foydalanmaslik;
– norasmiy va asoslanmagan ma’lumot yoki dalillarni kiritmaslik;
– muayyan andazaga solingan, qoliplangan, soha atamasi sifatida qabul qilingan birikmalarni qo’llash;
– qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo’llamaslik;
– so’zlar va gaplarda imlo me’yorlariga amal qilish, tinish belgilarni o’z o’rniga to’g’ri qo’yish, tuzatish yoki o’chirishlarga yo’l qo’ymaslik;
– matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi, familiyasini aniq ko’rsatish. Masalan, 2017-yil 18-yanvar, «Chaqar» shirkati raisi Olimjon Safarov kabi.
Hujjat tayyorlash va ish yuritishda imlo me’yorlariga hamda tinish belgilarining to’g’ri qo’yilishiga qat’iy amal qilish lozim. Hujjat matnida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire nisbatan faol ishlatiladi.
Unutmang! Hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin nuqta qo’yilmaydi.
1-mashq. Tarjimayi holga xos so’z va so’z birikmalarini daftaringizga ko’chiring, ularning ma’nolarini bilib oling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Xizmatchi oilasida tug’ildim, ishchi oilasida tug’ildim, dehqon oilasida tug’ildim, bo’lib ishlaydilar, maktabni tamomladim, o’qishga kirdim, lavozimida ishladim, taqdirlandim, qatnashaman, a’zosiman, bo’ydoqman, uylanganman, turmush o’rtog’im, saylanganman, jamoat ishi.

2-mashq. Ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy ahvoli ifodalarining ma’nolarini tushuntirib bering. Ijtimoiy kelib chiqishingiz va ijtimoiy ahvolingiz haqida daftaringizga yozing.


3-mashq. Aniqlik nisbatini majhullik nisbati bilan almashtiring. Daftaringizga yozing.


1. Meni «Adolat» partiyasiga qabul qildi. 2. 2012-yilda akamni harbiy xizmatga chaqirdi. 3. Meni harbiy xizmatga chaqirdi. 4. Anvarni Turkiyaga xizmat safariga yubordi. 5. O’rta maktab bitiruvchilarini o’qishga jo’natdilar. 6. Fakultet qisqarganligi tufayli o’qishimni Toshkentga ko’chirdim.

4-mashq. Qavs ichidagi so’zlarga tegishli kelishik qo’shimchalarini qo’shing va daftaringizga yozing.


1. Men 1997-(yil) 10-martida tug’ilganman. 2004-(yil)... 2006-yil... Toshkent shahridagi 7-o’rta (maktab) o’qidim. 2. Ukam 5-(sinf) o’qiydi. 3. 2015-(yil) (Toshkent davlat yuridik universiteti) (o’qish) kirdim. 4. Xizmatchi (oilasi) tug’ildim. 5. Jamoat (ishlari) ham qatnashaman. 6. 2016-(yil) harbiy xizmatga chaqirildim.

5-mashq. Gaplarni to’liq yozing.


Namuna: Otam institutda ishlaydi.
1. Men ... tug’ilganman. 2. Otam ... ishlaydi. 3. Akam ... o’qiydi. 4. ... o’rta maktabni tamomladim. 5. ...o’qishga kirdim. 6. ... a’zosiman. 7. Hozirgi vaqtda ... 8. Onam ... ishlaydi. 9. ... taqdirlandim (mukofotlandim).



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling