So’zga chiqdi: L.Ermatov: Fikrimcha, A.Davlatovning intizomli va tarbiyali ekanligini alohida ta’kidlash o’rinlidir. Dastlabki darslardayoq u ilmga chanqoq ekanligini ko’rsatdi. Fakultet jamoat ishlarida faol ishtirok etmoqda. Tashkilotchilik qobiliyatini namoyish etdi. Shuning uchun A.Davlatovni yetakchi etib saylash taklifini ma’qullash va qo’llab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir.
Qaror qilindi:
1. 1-kurs 1-guruhga Alisher Davlatov yetakchi etib saylansin.
2. Eshitildi: Guruh rahbari A.Zokirov axboroti – har oyning oxirgi haftasida bir marta guruh yig’ilishi rejalashtiriladi. Guruhning har bir yig’ilishida davomat va mashg’ulotlarda qatnashish natijalari muhokama qilib boriladi. O’quv-tarbiyaviy ishlar, siyosiy-tarbiyaviy ishlar, madaniy-ma’rifiy ishlar, talabalar ilmiy tadqiqot ishlarining bajarilishi, jamoat ishlariga qatnashish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Barcha masalalarda ilg’orlikni qo’ldan bermaslik, faollik ko’rsatib borish lozim.
Qaror qilindi:
1. Guruh rahbari A.Zokirov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Talabalarning darsga qatnashishini nazorat qilib borish guruh yetakchisi Alisher Davlatov zimmasiga yuklatilsin.
Rais (imzo) A.Ergashev
Kotib (imzo) F.A’zamova
1-mashq. Nuqtalar o’rniga tegishli so’zlardan mosini qo’yib ko’chiring.
Prezidium..., yig’ilish haqida..., guruh yetakchisi etib..., guruh yetakchiligiga, mas’ullikni...
So’zlar: saylash, axborot berish, o’z zimmasiga, tavsiya etish, tayinlash.
2-mashq. Quyidagi so’zlarni daftaringizga yozib oling, qaror qismiga oid so’zlar ishtirokida bayonnoma qarorini tayyorlang.
Eshitildi, so’zga chiqdi, qaror qilindi, topshirilsin, tasdiqlansin, yuklatilsin, bajarilsin, bo’shatilsin (ozod qilinsin), muhokama qilinsin, tayinlansin, saylansin, jonlantirilsin, ogohlantirilsin.
18-MAVZU: Hisobot, dalolatnoma matni.
Amaliy dars mashg`ulot rejasi
Do'stlaringiz bilan baham: |