Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


BARQAROR BIRIKMALAR ТASNIFI


Download 0.49 Mb.
bet101/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

BARQAROR BIRIKMALAR ТASNIFI
Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko‘ra barqaror birikmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Frazeologizmlar.
2. Maqol va matallar.
3. Aforizmlar.
Barqaror birikmalarning bir guruhi tarkibidagi so‘zlar ma’no jihatdan uyg‘unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko‘pincha mazmunan bir leksemaga teng keladi va ko‘chma ma’noda ishlatiladi.
Masalan, qulog‘i ding bo‘lmoq — hushyor bo‘lmoq, qovog‘i osilmoq — xafa bo‘lmoq, og‘zining tanobi qochdi — quvonmoq kabi.
Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko‘chma ma’nodagi barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi.
Frazeologizmlar gap tarkibida uning bir bo‘lagi vazifasida keladi. Frazeologizmni tashkil etgan so‘zlar frazeologizmning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapning boshqa bo‘laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi.
Masalan, Rais daladagi hosilni ko‘rib boshi osmonga yetdi. Bu gapda boshi osmonga yetdi qismi butun holda kesim vazifasida keladi.

1-mashq. Quyida berilgan frazeologizmlarning har biri ishtirokida alohida-alohida gap tuzing. Ularning gap mazmunini yuzaga chiqarishdagi o‘rnini belgilang.


Hafsalasi pir bo‘lmoq, ko‘zi ochilmoq, qulog‘i tom bitmoq, o‘pkasini cho‘pga ilgan, oyog‘ini qo‘lga olmoq, boshi osmonga yetmoq, ko‘zi uchib turgani yo‘q.
Quyida berilgan gaplardagi frazeologik birikmalarni topib, ma’nosini sharhlang.
1. Arava bo‘lsa almisoqdan qolgan, yana sinibdi.
2. Aravani quruq olib qochish evi bilan-da, avval burningni artsang-chi... (S. Abdulla.)
3. Ishqilib baraka topsin, shu doktorlar boshing yostiqqa tekkanda joningga aro kirishadi.
4. Yo‘qlab kelibsan, boshim osmonga yetdi.
5. Qizlar har zamonda ishdan bosh ko‘tarib, bir-biriga gap otishadi. (S. Ahmad)
6. Qorasochning dili siyoh bo‘lib, birdan xo‘rligi keldi. (S. Azimov)
7. ...Amalda ishni izdan chiqarib yuboribsiz.
8. Kavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak: qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi. (Asqad Muxtor)
9. Hoji xola ko‘zi ilinib, endi xurrak ota boshlagan edi.
10. ...Uning ko‘zlari qinidan chiqayozdi. (Oybek)

2-mashq. Matnni o‘qing, Sh. Rahmatullayevning o‘zbek lug‘atshunosligini boyitish yo‘lidagi xizmatlarini belgilang.


3-mashq. Quyida berilgan barqaror birikmalardan foydalanib, gaplar tuzing. Birikmalar ma’nolarini izohlang.


Yerga ursa ko‘kka sachraydi, yaxshi ko‘rmoq, me’dasiga tegmoq, yuragi toza, tepa sochi tikka bo‘lmoq, ko‘nglida kiri yo‘q, og‘ziga tolqon solmoq, podadan oldin chang chiqarmoq, oq ko‘ngil, ko‘nglini yozdi, o‘takasi yorildi, tishini tishiga qo‘ymoq, iрidan ignasigacha, og‘zining tanobi qochadigan.

4-mashq. Quyidagi iboralarni yozing. Ular yordamida gaplar tuzing.


Ishtahasi karnay, qo‘ling dard ko‘rmasin, og‘zi ochilib qoldi, gullab qo‘ydi, ko‘kragini yerga bermoq, loy bo‘lmoq, misi chiqmoq, tuyog‘ini shiqillatmoq, aravani tortmoq, og‘zi qulog‘iga yetmoq, tegirmonga tushsa butun chiqmoq, boshi osmonga yetmoq, arpasini xom o‘rmoq, taqdirga tan bermoq, quloq solmoq, misi chiqdi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling