Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


O`quv mashg`ulotining maqsadi


Download 0.49 Mb.
bet100/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

O`quv mashg`ulotining maqsadi: O`quvchilarga ”Ona tili” fani haqida haqida ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar:
- ”Ona tili” fani haqida qisqacha ma’lumot berish;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlar bo`yicha takrorlash o`tkazish.

O`quv faoliyatining natijalari:
Talabalar:
- ”Ona tili” fani haqida ma’lumotga ega bo`ladilar;
- Maktabda ona tili fanidan o`tilganlarni takrorlab oladilar.

O`qitish usul va texnikalari

Ma’ruza, aqliy hujum

O`qitish vositalari

Ma’ruzalar matni testlar, doska, bo`r.

O`qitish shakllari

Ommaviy

O`qitish sharoitlari

Ona tiliga ixtisoslashgan maxsus xona.

Monitoring va baholash

Savol–javob, test

Nazariy mashg`ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar,
vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi



Talaba


1-bosqich.
Kirish
(15 min.)



1.1. Davomatni oladi, talabalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
1.2. O`quv mashg`ulotining mavzusi, maqsadi, ko`zlanayotgan natijalar va uni o`tkazish rejasini ma’lum qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish uchun oldingi mavzu bo`yicha diqqatni jalb qiluvchi savollar beradi:
1. Fonetikada nima o`rganiladi?
2. Morfologiyaning tekshirish obyekti nima?
3Gapning qanday turlarini bilasiz?

Diqqat bilan tinglaydilar, yozib oladilar va javob beradilar.



2-bosqich.
Asosiy
(65 min.)

2.1. Yangi “Barqaror birikmalar tasnifi” mavzusini oldingi mavzu bilan bog`lagan holda tushuntirib beradi.
2.2. Ma’ruza mazmunini jamoa bo`lib muhokama qilish jarayonini tashkil etadi:
- talabalarga o`z fikrlarini bildirishlarini, qo`shimcha savollar berishni taklif qiladi;
- talabalarning savollariga javob beradi;
- o`zi savollar beradi;
2.3. 1-2-masqlar bajariladi;

Talabalar ma’ruza bo`yicha o`z tushunchalarini bayon qiladilar.
Savollar beradilar. Munozalarda ishtirok etadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Darsga yakun yasaydi. Faol ishtirokchilarni rag`batlantiradi. Baholar e’lon qilinadi, sharhlab beriladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Mashqlarni yechish.
Mashqlar bo`yicha tushuncha beradi.

Yangi vazifa bo`yicha tushunmaganlarini so`rab oladilar.

1-topishriq. Boshi osmonga yetdi va quvondi o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni ayting


2-topshiriq. Vatanni sevish haqida uchta maqol keltiring va ularning o‘ziga xos tomonlarini tushuntiring.
Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon qilish uchun so‘zlar yordami­dagina emas, balki bir necha so‘zlarning barqaror bog‘lanishidan hosil bo‘lgan birikmalardan ham foydalanamiz.
Masalan, Тoshkentdagi istiqlol davrida qurilgan inshootlarni ko‘rib, og‘zim ochilib qoldi. Bu gapda og‘zim ochilib qoldi birikmasi so‘zlovchi tomonidan nutqqa tayyor holda olib kirilgan.
Og‘iz ochilib qolmoq birikmasi nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir leksema hayron bo‘lmoq leksemasi ifodalagan ma’noga teng keladi. Yoki yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda, deydi xalqimiz, jumlasida deydi xalqimiz birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘lsa, undan oldingi so‘zlar so‘zlovchining nutqiga qadar xalqimiz tomonidan yaratilgan, tilimizda tayyor holda so‘zlarning xuddi shunday tarkibini doimiy saqlagan holda mavjuddir.
Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror muno­sabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi.
Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar:
1. Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik.
2. Ma’no butunligi.
3. Тuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi.
Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi pare­miologiya (lot. parema — barqaror, logos — ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini tuzish muammolarini o‘rganuvchi bo‘lim esa paremiografiya (lot. parema — barqaror, grofho — yozmoq) sanaladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling