-
-
-
To'plam 2:
Jami savollari soni: 30
Tekstli savollar: 27
Rasmli savollar: 3
Savol - 1
U boshqalarga bu xaqda ma’lumot beradi, uning o‘zida esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10 ga, eng ko‘pi bilan 40
ga teng
Diqqat savol: U nima va u boshqalarga nima xaqida ma’lumot beradi
Savol - 2
Bundan 300 yil avval Janubiy Amerika konlarida ispanlar oltin yuvishga xalal bergan og‘ir metallarni jaxllari chiqib bazo‘r
uloqtirib tashlashar edi. Ular kelajakda bu metall oltindan xam qadrliroq bo‘lishini xayollariga keltirmagan xolda uni o‘z
tillarida «kumush» deb atashgan
Diqqat savol: Bu qaysi metall?
Savol - 3
Ma'lumki, dunyoga mashhur boshqaruv tizimi hisoblangan Google ma'lum bir kunda sizning logotipingiz bilan bog'lanadi. Bu
narsalar doodle deb hisoblanadi. Siz fotosuratda mana shu beva ayollardan biriga qarayapsiz. Ushbu logotip sayt bilan 2012-yil
4-sentabrda shaxsning tug‘ilgan kuni munosabati bilan bog‘langan. Google sahifasida ushbu dudl haqida juda ko'p ma'lumotlar
mavjud. Yuqoridagi ma'lumotlarda "Hudud" mamlakatlar ro'yxati ham mavjud. Men ushbu mamlakatlarni o'rganaman:
Bahrayn, Afg'oniston,
Saudiya Arabistoni, Jazoir, Liviya, BAA, Misr, Falastin, Livan, Qatar, Marokash,
Iordaniya, Tunis,
Ummon, Iroq, Quvayt
Diqqat savol: Bu doodle kimning tug'ilgan kuniga bag'ishlangan?
Savol - 4
1890 yilda Xosyu tomonidan chizilgan gravyurada bog‘ o‘rindig‘ida bir inson o‘tiribdi. U boshiga shlyapa kiygan,
egnida qora
smoking va bo‘ynida kapalaknusxa bo‘yinbog‘i bor. Bu insonning tepasida «U - yangi fanning genial va kamtarin asoschisi»
degan yozuv turibdi
Diqqat savol: Agar siz ushbu gravyurada kim tasvirlanganini topgan bo‘lsangiz, u o‘tirgan o‘rindiqning oldida qanday daraxt
o‘sib
turganini ayting
Savol - 5
Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o’tagan
Diqqat savol: U nima?
Savol - 6
Yunonchada bu sohaning nomi «kema xaydash mahorati» degan ma’noni bildiradi. Hozirda bu soha bilan bog‘liq kishilar ham
kema xaydashadi, ammo ularning
kemalarining na yelkani bor, na bug‘li dvigateli
Rasm 3 - savol uchun
www.zakovat-savollari.com - Eng sara savollar to'plamlari